Axborot tizimlari nazariy asoslari magistratura mutaxassisliklari uchun o



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/145
Sana02.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#310869
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145
Bog'liq
Axborot tizimlari nazariy asoslari (T.Maxarov)

Berilganlar bazasini yaratish
 
boshqa barcha hujjatlardan farq qiladi – 
ishning katta qismi kompyuterda emas, balki 
Access
ni ishga tushirishdan 
avval  bajariladi.  Berilganlar  bazasini  rejalashtirish  bir  necha  ketma-ket 
bosqichlardan tashkil topgan. 
Birinchi  bosqichda  (maydon  mazmunini  aniqlash) 
berilganlar 
bazasiga  qanday  axborotli  maydonlar  kiritilishi  aniqlanadi.  Bu 
bosqichda  rejaning  elektron  variantini  yaratish  va  boshqarish  uchun 
Worddan foydalanish mumkin. Bunda ishlashda kerak bo„ladigan barcha 
elementlarni  ko„rsatishga  harakat  qilish  zarur.  Masalan,  kitoblar  haqida 
ombor  yaratishda  kitob  nomi,  muallifi  va  mavzusi  kiritilishi  aniq. 
Ammo,  chiqarilgan  yili,  matbaa  nomi,  rasmlari  soni,  sahifalari  soni, 
narxi  (agar  zarur  bo„lsa  –  boshqa  davlatlardagi  narxi),  muqova  turi  va 
h.k.larni ham qo„shish mumkin. 
Ikkinchi bosqichda (maydonlardagi axborot turini aniqlash) 
har bir 
maydonda  saqlanuvchi  axborot  turi  aniqlanadi. 
Access 
bir  necha 
variantlarni taklif qilsa ham, odatda matn, son va vaqt orasida tanlashga 
to„g„ri keladi. 
So„ngra  berilganlar  bazasi 
tarkibi  rejalanadi
.  Ya‟ni,  berilganlar 
bazasida maydonlar qanday tashkillashtirilishi kerak? Maydonlar jadval 
bo„yicha qanday va qaysi tartibda joylashishi hal qilinadi. 
 
Agar  bir  qator  yozuvlarda  axborot  ayrim  maydonlarda  takrorlansa, 
bu  maydonlarni  alohida  jadvalga  joylash  va 
bog‘lanish o‘rnatish 
zarur. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
53 
 
Bu  omborning  hajmini  kamaytiradi  va  ma‟lumotlar  aniqligini  oshiradi. 
Masalan,  bir  matbaaga  tegishli  ko„plab  kitob  mavjud  bo„lsa,  axborotni 
takroriy  kiritish  o„rniga  Matbaa  deb  nomlanuvchi  jadval  yaratish 
maqsadga  muvofiq  va  har  bir  matbaaga  kod  belgilanadi.  So„ngra 
Kitoblar 
jadvalida kitob va matbaa o„rtasida bog„lanish o„rnatish uchun 
kodini kiritish kifoya. 
Maydonlarni  tashkillashtirish  va  ularni  bir  yoki  bir  necha 
jadvallarga  taqsimlash,  hamda  bog„lanishlar  yaratish 
normallashtirish 
deyiladi. 
Jadvalda  har  bir  yozuvni  aniqlovchi  bir  yoki  bir  necha  maydon 
birlamchi  kalit 
yoki 
indeks 
deb  nomlanadi.  Indeksning  mavjudligi 
yozuvlarni  tez  saralash  va  topishda 
Access
ga  yordam  beradi.  Birlamchi 
kalit sifatida foydalanuvchi maydon avtomatik ravishda tartiblanadi. 
Birlamchi  kalit  va  indekslar  rejalashtirishning  bir  qismi  bo„lishi 
zarur va ular odatda jadval yaratishda ko„rsatiladi. 
Access 
muhitida  berilganlar  bazasining  boshqa  obyektlari  bilan 
ishlashda  yangi  jadvalni  yaratishni  osonlashtirish  uchun  jadval 
masteridan  foydalanish  mumkin. Jadval masteri biror berilganlar bazasi 
shabloniga  asoslangan  yangi  jadval  yaratish  bosqichida ketma  –  ket  siz 
bilan  birga  bo„ladi.  Siz  ishlamoqchi  bo„lgan  ma‟lumot  turiga  mos 
jadvalni  topasiz  va  zarur  maydonlarni  tanlaysiz.  Jadval  masteri 
yordamida yangi jadval yaratish quyidagicha amalga oshiriladi. 
Berilganlar bazasi oynasida 
Таблицы (Tables) 
qo„yilmasiga o„tiladi 
va 
Создать  (New) 
tugmasi  bosiladi. 
Access  Новая  таблица  (New 
Table) 
muloqot oynasini ochadi. 
Новая  таблица 
muloqot  oynasi  ro„yxatidan 
Мастер  таблиц 
(Table  Wizard) 
tanlanadi  va 
OK
 
tugmasi  bosiladi. 
Access 
Jadval 
masterining birinchi muloqot oynasini ochadi. 
Образцы  таблиц 
ro„yxatini  varaqlab,  kerakli  bo„lgan  jadval 
tanlanadi. Bizning misolda 
Заказы (Orbers) 
jadvali tanlangan. 
Образцы  полей 
ro„yxatidagi  ma‟lumotlar  ko„rib  chiqiladi.  Yangi 
jadval uchun kerakli maydonlar tanlanib, 
Поля новой таблицы (Fields 
In My New Table) 
ro„yxatiga ko„chiriladi. 
Ro„yxatga  qo„shilgan  maydonlar  nomini  o„zgartirish  mumkin. 
Buning  uchun  u  tanlanadi  va 
Переименовать  поле  (Rename  Field) 
tugmasi  bosiladi. 
Access 
yangi  nom  kiritish  uchun  kichkina  muloqot 
oynasi ochadi. Yangi nom kiritilgandan so„ng 
OK
 
tugmasi bosiladi. 
Maydonlar  tanlab  bo„linganidan  so„ng, 
Далее  (Next) 
tugmasi 
bosiladi. Jadval  masterining ikkinchi muloqot  oynasi  ochiladi.  Jadvalga 
nom kiritilib, 
Далее 
tugmasi bosiladi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
54 
 
Agar  berilganlar  bazasi  bir  necha  jadvaldan  iborat  bo„lsa,  boshqa 
jadvallar bilan bog„lanish muloqot oynasi ochiladi. Bunda yaratilayotgan 
jadval  bilan  berilganlar  bazasida  mavjud  bo„lgan  ixtiyoriy  jadval  bilan 
aloqa  o„rnatish  mumkin.  Jadvaldan  aloqani  o„chirish  yoki  o„zgartirish, 
qo„shish  uchun  ro„yxatda  aloqa  tanlanadi  va 
Связи  (Relationships) 
tugmasi bosiladi. 
Jadval  masteri  so„nggi  oynasi  jadval  yaratilgandan  so„ng  qanday 
ishlar qilmoqchi ekanligingizni ko„rsatish imkonini beradi: 
 
jadval tarkibiga o„zgartirishlar kiritish; 
 
jadval rejimida ma‟lumotlar kiritish; 
 
ma‟lumotlar kiritish uchun Masterdan forma yaratishni talab 
qilish. 
Agar ma‟lumotlarni klaviaturadan kiritmoqchi bo„lsangiz, 
Access
ga 
forma yaratishni yuklang. Buning uchun kerakli ko„rsatkich tanlanadi va 
Готово (Finish) 
tugmasi bosiladi. Master jadval yaratishni tugallaydi. 
Jadvalning  har  bir  maydoni  o„z 
xossasiga 
ega.  Xossa  maydondagi 
ma‟lumotlarni  chiqarish,  ularga  ishlov  berish,  axborotning  saqlanish 
usullarini  aniqlaydi.  Ular  tarkibiga:  maydon  nomi,  ma‟lumot  turi,  va 
boshqa  bir  qator  parametrlar  (masalan,  maydon  o„lchami,  formati, 
inzosi)  kiradi.  Agar  kursor  matn  maydoni  xossasida  tursa, 
Access 
oynaning o„ng quyi burchagida berilgan xossa haqida axborot chiqaradi. 
F1  klavishini  bosish  bilan  ko„proq  axborot  olish  mumkin. 
Access 
jadvalida  har  bir  maydon  uchun  ma‟lumot  turi  tanlanishi  lozim. 
Ma‟lumot  turini  berish  yoki  o„zgartirish  uchun  zarur  maydonning  Тип 
данных  ustunida  sichqoncha  klavishi  bosiladi  va  ochiluvchi  ro„yxatda 
yangi tur tanlanadi. 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi


 
55 
 
Access 
maydonlari turlari 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish