Bugungi kunda korxona faoliyatini kompleks avtomatlashtirish masalasini hal qilishga ikki xil yondashish mavjud: • korporativ tizimni o'z kuchlari bilan bosqichma-bosqich ishlab chiqish (jumladan, tashqaridagi firmalar va tashkilotlarning alohida ish joylarini yoki ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradigan tayyor yoki buyurtma dasturiy mahsulotlaridan foydalanish) • korporativ darajadagi tayyor axborot tizimini joriy etish. Birinchi yondashuvning afzalligi shundaki, o'z kuchlari bilan yaratilayotgan tizimda muayyan korxona ishining o'ziga xos xususiyatlari va ehtiyojlarini yuqori darajada hisobga olish mumkin bo’lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |