Hozirgi davrda turli maqsadlarga mo’ljallangan turli axborot tizimlari muvaffaqiyatli ishlab turibdi. Misol: Aeroport va temir yo’l transportida joylarni oldindan band qilishning avtomatlashtirilgan tizimi ana shunday axborot-ma’lumot tizimiga misol bo’ladi. Bu tizimlar opertiv tizimlarning tipik misoli ham bo’la oladi. Chunki bu tizimga har bir murojat qilish axborot fondining joriy holati o’zgarishiga olib keladi. Axborot- ma’lumot tizimi so’rovga muvofiq ravishda uning axborot fondida saqlanayotgan ma’lumotlar ichidan zarur axborotlarni qidirish ishlarini amalga oshiradi. Qidirish bunday tizimlarda asosiy operatsiyalardan biri hisoblanadi, shuning uchun ular axborot qidiruv tizimlari hamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |