Individual zaxiralar. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyiha- ning xodimlari ham ma’lum bir ma’noda individual zaxira hisoblanadi. Bunga jalb etilgan har bir shaxs ma’lum darajadagi texnik tajribalarga ega bo‘lishi zarur. Masalan, ishlab chiqarishni, uning xususiyatlarini, tarixini, tuzilishini va imkoniyatlarini tushunadigan shaxs loyihaning muvaffaqiyati uchun katta imkoniyat hosil qiladi va bu bilan u indi- vidual zaxira sifatida xizmat qiladi.
Quyidagizaxiralar maqsadga muvofiqhisoblanadi: Loyiha tomonidan aniqlaniladigan talabga javob berishi;
Mahalliy sharoitlarda topilishi mumkinligi;
Narxi iloji boricha past va sifati yaxshi bo‘lishi;
Texnologik jihatdan mahalliy sharoitlarga mosligi;
Madaniy jihatdan mahalliy sharoitlarda ishlatish mumkinligi;
Ekologik ko‘rsatkichlar jihatidan mahalliy sharoitlarga mos kelishi.
Zaxiralarningloyihatomonidananiqlaniladigantalabgajavob berishi deganda, ularning samarali ravishda va loyiha bilan bog‘- liq masalalarni yechishda ishlatila olinishi mumkinligi tushuniladi.
Mavjud zaxiralar iloji boricha samarali ishlatilayaptimi yoki yo‘qmi?
Yangi zaxiralarga erishish loyihani kuchaytira oladimi? Qanday
qilib?
Yangi zaxiralar olish uchun qilingan harakatlar va xarajatlar
ularni ishlatishdan kelib chiqadigan samara bilan monandmi yoki yo‘qmi?
Axborottizimizaxiralariningmahalliysharoitlardatopilishi
Bu holat zaxiralarni iloji boricha to‘la ishlatishda katta ahami- yatga ega. Haqiqatan ham loyihalar insonlar uchun bajariladi va u biror- bir tashkilot yoki jamoa doirasida amalga oshiriladi. Shuning uchun mahalliy zaxiralarni qo‘llash aholining loyiha ishiga qiziqishini ortti- rishga, ularda manfaatdorlik hislarini uyg‘otishga, mahalliy shaxslarning tashabbus va takliflar bilan chiqishlariga, loyiha tufayli erishilayogan muvaffaqiyatlarga sherik bo‘lishiga xizmat qiladi va bunga imkon ya- ratadi. Undan tashqari, ushbu hol mahalliy aholining loyiha maqsadlarini o‘z hayotiy maqsadlari sifatida qabul qilishlariga, uning davomiyligini ta’minlashga va muammolardan nariroq bo‘lishga olib keladi. Iloji bo- richa ko‘proq mahalliy zaxiralarni ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Bunday zaxiralarni tanlash va topishda quyidagilar yordam be- rishi mumkin:
Chetdan zaxiralar olish loyihaning muvaffaqiyatiga ta’sir qila- dimi va qanday qilib?
Bunday xildagi zaxiralarini olish mumkinmi va ular qachon ke- rak bo‘ladi?
Bunday zaxiralarni olish ehtimolligi qay miqdorda va ulardan qancha miqdorda kerak?