Ma’lumki, qaysi davlatda kadrlar tayyorlash siyosati to‘g‘ri
va omilkorlik bilan tashkil etilsa, o‘sha davlatda har doim
taraqqiyot bo‘ladi.
Ta’lim har bir jamiyatning ajralmas qismi, madaniyati va
rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichidir. Har qanday mamlakat
istiqbolli rejalar tuzar ekan, avvalo ta’limga e ’tibomi kuchaytiradi.
Shu m a’noda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlaboq,
davlatimiz rahbarining «Kelajak bugundan boshlanadi», «Hozir
tarbiya masalasiga e ’tibor qilinmasa, kelajak boy beriladi»,
«Tarbiyadan hech narsani ayamaymiz» degan da’vatlari ostida
ta’lim tizimmi isloh qilishga kirishildi.
Mamlakatimiz
xalq
xo‘jaligini
yanada
yuksaltirish,
respublikaning aql zakovat salohiyatini o ‘stirish, davlatimiz
qudratini oshirish, uning mustaqilligini mustahkamlash uchun
xizmat
qiladigan
0 ‘zbekiston
Respublikasining
«Ta’lim
to‘g‘risidagi qonuni» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ishlab
chiqildi. Ta’lim tizimining moliyaviy va moddiy ta’minoti qonuniy
yo‘l bilan ijobiy hal etildi.
Faqat o'tish davrining o'zida mazkur dastur uchun 65 mlrd.
so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. 1999-yilda bu maqsadlar uchun 34
mlrd.
so‘mdan
ortiq mablag‘
sarflandi.
Hozirgi
vaqtda
mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning
8-10
foizga teng qismi
m a’rifat, ta’lim va tarbiyaga ajratilmoqda - bu katta miqdordagi
mablag‘dir. Masalan, respublikamizda «Kadrlar tayyorlsh milliy
dasturi» doirasidagi ta’lim xarajatlari 1999-yili 159, 2 mlrd. so‘m,
2000-yili 248, 8 mlrd. so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2001-yili 336, 1
mlrd. so‘m sarflangan.
1997-yilda tashkil topgan «Umid» va boshqa jamg‘armalarning
ko‘magida iqtidorli yoshlar rivojlangan davlatlardagi nufuzli o ‘quv
markazlarida tahsil olmoqdalar. Yoshlar xorij hayotini ko‘rib,
xalqaro hayotiy tajriba orttirib, chet tillarini mukammal egallab,
127
zamonaviy bakalavrlik va magistrlik darajasiga respublikamizning
turli bosqichdagi kadrlar xorijiy ta’lim markazlarida tajriba va
malaka
orttirib
kelmoqdalar.
Bunday
yondashuvlar
ham
0 ‘zbekiston ta’lim tizimining yorqin istiqboliga va uning
mavqyeini oshirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda kelajagi buyuk davlatni qurish tafakkuri,
dunyoqarashi
zamon
talablariga
mos
ravishda
o‘zgargan
mutaxassislarimizga
ko‘p
jihatdan
bog‘liqdir.
Yangicha
fikrlaydigan, yangi bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo‘jalik
yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislami
tayyorlash davr talabi va haqiqat taqozosidir.
Kasb ta’limi muassasalarida axloqiy tarbiya muammosini
amalga oshirish uchun qator muammolami hal etishga e’tiborni
qaratish kerak. Ular:
1.0 ‘qitish jarayonini ilg‘or pedagogik texnologiya va axborot
texnologiyasi asosida uyushtirish;
2. Talaba va ustoz o ‘rtasidagi axloqiy hamda aqliy saviyani
oshirishga erishish;
3. Ta’lim-tarbiya masalalarining qat’iy reja asosida olib
borilishi;
4. 0 ‘quv muassasasida ijobiy emotsional sharoit yaratish;
5. Ta’lim oluvchilaming o ‘quv muassasasining umumiy tartib,
hayot tizimiga rioya qilishiga erishishni ta ’minlash.
Shunday qilib, yagona ta’lim-tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya
ishini amalga oshirishda suhbat, munozara, m a’ruza kabi
metodlardan, axloqiy odatlami esa mashq, turli faoliyatni
uyushtirish orqali amalga oshirish mumkin.
“Avvalam bor oliy ta’lim haqida juda ko‘p bahslar bo‘lgan.
Ba’zi akademiklar o‘z akademiklik mavqelari uchun kasbiy
tayyorgarlikni xo‘rlashdek deb bilar edilar. Lekin, kasbiy amaliyot
va ta’lim olayotganlar uchun katta mas’uliyatdir.
Shu nuqtai nazarda ta’limdagi ilg‘or tajriba ko‘p yillik mehnat
samarasidir. Bu ta’lim jarayonini yutuqlarini belgilash va
kamchiliklarini aniqlash maqsadida olib boriladigan doimiy
nazoratga bog‘liq. Ko‘p yillar davomida AQSHda ta’limni
baholash uslublari o‘zgargan, chunki talabalar anketa so‘rovlari
umumiy tarzda edi.
128
Lekin Buyukbritaniya va Avstraliya universitetlarida baholash
shakllantirish va rivojlantirishdan ustun turadi (sifat oshadi), va
diqqat markazida komanda treninglari, va lektorlar turadi. Shuning
uchun ko‘p sohalarda turli bacholash sifatini amalga oshirish
maqsadida 1980-yillardan boshlab ko‘p urinishlar amalga oshirilib
kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |