Informatika yoki axborot texnologiyalariga oid fanlar
o‘rgatilayotgan darslar ikki akadem soatli, amaliy-laboratoriya
mashg4ulotlari esa to‘rt va olti soatli bo‘lishi mumkin. Darslar
o‘rtasida kamida 5 - 1 0 daqiqali tanaffus bo‘lishi maqsadga
muvofiqdir.
Informatika yoki axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan
nazariy kurslar m a’ruza o ‘qish bilan o ‘rgatilayotganda va bunda
qo‘yilgan maqsad yo‘nalishiga qarab kerakli (rejali) laboratoriya -
amaliy ishlari о ‘tkazilayotganda darslar shaklining to ‘rt turini aniq
ko‘rsatish mumkin:
1-turi - yangi materialni о‘rganib-o‘rgatish darsi;
2~turi
-
bilimlami
takrorlash,
mustahkamlash
va
umumlashtirish darsi;
3-turi - bilimlami, malaka va mahoratlami tekshi-rish darsi;
4-turi — aralash dars.
Har bir pedogogning nutq sifati va ovoz tembri har xil bo‘ladi.
Tegishlicha mashq qilib, ovozning yoqimli bo‘lishiga erishi
mumkin. Nutqning individual kamchiliklariga, masalan, dimog‘dan
so‘zlash, so‘zning ohirgi qismini «yutib yuborish» va shu kabi
kamchiliklarga barxam berish zarur. Nutqni parazit so‘zlardan
tozalash lozim.
O'qituvchi ovozining o‘zi bemalol gapira oladigan ohangini
aniqlab olishi juda foydali. Bu ohangdan chetga chiqish nutqni
jonlantiradi.
Nutqning
past
balandligi
muhim
ahamiyatga
ega.
О ‘qituvchining auditoriyani to‘ldirib, eng oxirgi qatorda o'tirgan
84
o‘quvchilar ham eshitadigan ovozi normal hisoblanadi. Biroq
haddan tashqari baland ovoz o ‘quvchilami charchatib qo‘yadi.
Nutqning tezlik va balandlik darajasini, shuningdek, ohangini
o‘quv materialining qiyinlik hamda muhimlik darajasiga qarab
o‘zgartirish zarur. Muhim qonun qoidalar, tariflami oddiyroq yoki
ikkinchi darajali materialga qaraganda balandroq ovoz bilan va
sekinroq bayon etgan ma’qul. hamma vaqt aniq va ravshan
gapirishga harakat qilish lozim. Yangi terminlami, ayniqsa, aniq
aytish zarur.
Tajribali o‘qituvchilar o‘quv materialini bayon etish jarayonida
ayrim jumlalar orasida va har bir muhim fikr yoki tarifdan keyin
bir oz to‘xtab-to‘xtab oladilar. Bu xol o‘quvchilar e ’tiborini
oshiradi va bayon etilayotgan materialni tushinib olishi uchun vaqt
beradi.
Nutq texnikasi o‘qituvchining kundaliq ishi natijasidir. Uni
doimo takomillashtirib borish uchun quyidagilar tavsiya etiladi:
Boshqalaming qanday gapirayotganini kuzatib borish, ishdagi
o‘rtoqlari, shuningdek, majlis, ma’ruza, konferensiyada gapirganlar
nutqining afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilish lozim;
Hamma vaqt o ‘z nutqini mashq qildirishga intilish kerak;
nutqni yuqori madaniyatli va texnikali qilishning eng yaxshi usuli
majlis, kengash, seminar, pedogogik o ‘qish!arda keng auditoriya
oldida nutq so‘zlashdir.
Maxsus texnika fanlarini o‘rganishda o‘zlashtirilgan nazariy
bilimlami ilmiy jihatdan qo‘llash usullaridan biri laboratoriya
mashg‘ulotlaridir.
Laboratoriya mashg'uiotlaririi o ‘tish jarayonida talabalar
o‘qituvchi rahbarligida mustaqil ishlaydilar, nazariy bilimlari
asosida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda uni ishlatish
amaliyotga
uskunalardan
tatbiq
etish
masalasini
yo‘llami
o ‘rganadilar, ayniqsa, o‘lchov asboblaridan tajriba jarayonida
foydalanish mahoratim egallaydilar.
Shuningdek asbob-uskunalami rostlash, so'zlash hamda ishlab
chiqarish intizomi, mashina, uskuna, asbob, kompyuter texnikasiga
nisbatan qanday munosabatda (to‘g ‘ri va tejamli) bo'lish ruhida
tarbiyalanadilar.
85
Laboratoriya ishlari o‘zlarining vazifalari va o‘quv jarayonida
tutgan o ‘miga ko‘ra bevosita ishlab chiqarishdagi ishlar xarakteriga
ega bo‘lmay, nazariy ta ’lim bilan ishlab chiqarish ta ’limi
o ‘rtasidagi oraliq vaziyatni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |