II bob. Fizika darslarida tarmoq imkoniyatlaridan foydalanish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2004—2009 yillarda Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risida» 2004 yil 21 maydagi PF-3431-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda umumiy o’rta ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, eng yuksak, zamonaviy talablarga javob beradigan o’quv-moddiy bazasini va ta’lim standartlarini shakllantirish, qishloq va shahar maktablarining moddiy bazasi hamda jihozlanishidagi tafovutlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish asosida bolalarni o’qitish uchun teng shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2004 yil 9 iyulda o’zining 321-sonli qarorini chiqardi. Unda 2004-2009-yillarda maktablarni rivojlantirish umummilliy dasturi quyidagi 5 ta yo’nalishida amalga oshirilishi nazarda tutildi:
umumta’lim maktablari binolarini va muhandislik-kommunikastiya infratuzilmasini tubdan yangilash va kapital rekonstrukstiya qilish;
maktablarni zamonaviy o’quv va o’quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv-uslubiy materiallar bilan jihozlash;
ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish;
umumta’lim maktablarini malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, ular mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish;
umumta’lim maktablari sport bazasini mustahkamlash va ularda sportni rivojlantirish.
Mazkur yo’nalishlar doirasida zarur ishlarni amalga oshirish borasida ulkan ishlar olib borildi. Natijada, Respublikamizning deyarli barcha maktablari joriy, kapital ta’mirdan chiqarildi, rekonstrukstiya qilindi. Yangi maktablar qurildi. Maktablar zamonaviy o’quv va o’quv-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o’quv-uslubiy materiallar bilan jihozlandi.
Maktabda sinf kompyuterlari o’rnatildi. Kompyuterlarning o’zaro turli ma’lumotlar, programmalar almashish maqsadida biriktirilishi kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Kompyuterlarning ana shunday tarzda foydalanishi juda ko’p afzalliklarga ega. Masalan, bunday tarmoq undan foydalanuvchilarni axborot almashuv vositasi va apparat, programma hamda axborot tarmog’i resurslaridan jamoa bo’lib foydalanishni ta’minlaydi, ya’ni kompterlarning tarmoqqa birlashishi qimmatbaho asbob-uskunalar, katta hajmli disk, printerlar, asosiy xotiradan birgalikda foydalanish, umumiy programmalash vositasiga va ma’lumotga ega bo’lish imkonini beradi. Demak, tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq resurslariga oddiy, qulay va ishonchli kirishini ta’minlash va ruxsat berilmagan kirishdan ishonchli himoyalangan holda ma’lumotlardan jamoa bo’lib foydalanishni tashkil etishdir. Bu esa o’z navbatida samarali tejamlarga olib keladi. Lekin kompyuterlarning fizik jihatdan birlashtirilishi(sim va boshqa yo’llar bilan) natijasida tarmoq hosil bo’lib u o’zidan-o’zi ishlayveradi, degani emas. Tarmoqdagi kompyuter tarmoq operastion sistemasi boshqaruvida ishlaydi. Xozir ko’p ishlatilayotgan
Do'stlaringiz bilan baham: |