Informatsion sistemalar taraqqiyoti bosqichlari
Axborot inson hayotida modda, energiya kabi muhim o'rin tutar ekan undan oqilona foydalanishni taqazo etadi. Kerakli axborotsiz biror vazifani bajarish mushkul. Bundan tash-qari zarur axborotga o'z vaqtida ega bo'lish ham muhimdir. Zamonaviy ishlab chiqarish dunyoning turli chekkalaridan xilma xil axborotlarni tez va kerakli ko'rinishda qabul qilish yoki uzatishni talab etadi. Bugungi kunda axborotni uzatish va qabul qilish vositasi sifatida telefondan keng foydalaniladi. Ammo zamonaviy ish yuritishda bu yetarli emas. Hozirda kom-pyuter tarmoqlarisiz ish yuritishni tasavvur qilish mushkul. Oddiy aviachiptalardan tortib, kosmosni tadqiq qilishgacha bo'lgan jarayonlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalaniladi. Hozirda Internet, IASNET kabi yuzlab xalqaro va biror davlat doirasidagi informatsion siste-malar mavjud va ular inson faoliyati uchun xizmat qilmoqda. Informatsion sistemalar - bu katta hajmdagi axborotlarni qabul qilish, uzatish, saqlash va talab qilingan axborotni tez izlash kabi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan sistemalardir Informatsion sistemalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim omillar: ortiqcha axborot hajmini qisqartirish, ishonchli axborot yo'qotilishining oldini olish, axborotdan foydalanish darajasini oshirish, termin va tushunchalarni standartlashtirish, infor-matsion jarayonlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish. Iqtisodiyotning turli sohalarida qayta ishlanadigan axborot hajmining oshib borayotganligi mazkur jarayonga zamonaviy vositalarni ilmiy asoslangan holda qo'llashni talab etadi. Informatsion sistemalar o'z taraqqiyotida quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
1- bosqich (1960 yillar boshlari). Bu davrda informatsion sistemalar birinchi va ikkinchi avlod mashinalari asosida o'z informatsion massiviga ega bo'lgan alohida amaliy das-turlar majmui shaklida tashkil etilgan. Bu ham mashina xotirasida ma'lumotlarning bir necha bor takror ifodalanishiga olib keldi. Mazkur sistemalardagi amaliy dasturlarda ma'lumotlar har safar qayta tavsiflanib, ularni izlash va tartiblash usullari oddiy amallar ketma-ketligi shaklida ifodalanar edi. EHM xotirasida ma'lumotlarning o'zgartirilgan shaklidan tashqari ularning av-valgi ko'rinishlari ham saqlanar edi. Bu hol foydalanuvchi uchun yaratilgan dasturdagi ko'rsatmalarda har safar o'zgartirishlar kiritilishini talab etar edi. Bularning barchasi informatsion sistemalardan foydalanish samarasini pasaytirib, ularni yaratish uchun haddan tashqari ko'p mehnatni talab etar, bir xil ma'lumotlarning takrorlanishi ham mashina xotirasining samarasiz ishlatilishiga olib kelar edi.
2 - bosqich (1970 yillar o'rtalari). Bu davrda yaratilgan informatsion sistemalarda ma'lumotlar shunday jamlanar ediki, ulardan turli masalalarni hal qilishda foydalanish imkoni yaratildi. Bir guruhga mansub masalalar uchun umumiy bo'lgan funksiyalar ishlab chiqildiki, ular yordamida ma'lumotlarni izlash, tartiblash va masalada foydalanish uchun kerakli shaklga o'tkazish imkoniyati yaratildi. Ammo ko'p hollarda ma'lumotlar majmuilarini birlashtirish kerakli samarani bermadi, chunki bunda kerakli ma'lumotni izlash murakkablashib ketdi. Mazkur sistemalarning asosiy kamchiliklaridan biri shundaki, unda ham ma'lumotlarning tak-rorlanishi mavjud bo'lib, bu EHM ning tashqi va ichki xususiyatlariga katta talablar qo'ydi. Bundan tashqari ma'lumotlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik o'ta murakkab informatsion siste-malarni yaratishni talab etar edi.
3 - bosqich (1970 yillar oxiri - 1980 yillar boshlari). Bu davrda yaratilgan informat-sion sistemalar uchinchi avlod mashinalarining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq, chunki bu mashinalardagi xotira ma'lumotga bevosita murojaat qilish, ma'lumotlarni integrallashgan (mujassamlashgan) usulda yig'ish va saqlash xususiyatiga ega edi. Mazkur bosqichda yaratilgan informatsion sistemalarning muhim xususiyati shundaki, bir paytda bir necha foydalanu-vchi sistemadagi ma'lumotlarni o'z masalasi uchun qo'llashi mumkin edi. Bunga EHM opera-sion sistemasini rivojlantirish hisobiga erishildi. Endi amaliy dasturlar shakliga ma'lumotlarning xotirada qay ko'rinishda joylashganligi ta'sir ko'rsatmaydigan bo'ldi.
4 - bosqich (1980 yillardan keyingi davr). Bu davrda yaratilgan informatsion sistemalarning asosiy xususiyatlari shundaki, turli amaliy masalalarni hal qilishda ularni ma'lumotlar bilan ta'minlashni avtomatlashtirishdan iborat. EHM ning bir necha prosessorli, axborotlarni turli shaklda saqlash imkoniyatiga ega bo'lgan rusumlari hamda katta imkoniyatli aloqa vositalari yaratilganligi informatsion sistemalarni sifat jihatdan yangi shaklda yaratil-ishini ta'minlamoqda. Yuqorida sanab o'tilgan muammolar ma'lumotlar jamg'armasini yaratish bilan o'z yechimini topmoqda. Bunda saqlanayotgan informasiyaga birvarakay bir necha foydalanuvchi murojaat qilishini tashkil etish avvalgiday bevosita emas, balki axborotlar omborini boshqarish sistemalari (AOBS) orqali amalga oshirilmoqda. Hozirgi paytdagi aksariyat informatsion sistemalarni ishlatishda foydalanuvchi o'z amaliy dasturida ishlatiladigan ma'lumotlarni tavsiflay, tartiblay olishi hamda biror dasturlash tilini bilishi talab qilinadi. Kelajakda informatsion sistemalar uchun yaratiladigan ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalar foydalanuvchining amaliy dasturida ma'lumotlarning shakli va xotirada jismoniy, mantiqiy joylashuvidan hamda biror dasturlash tilidagi ko'rsatmalar grammatikasidan bog'liq bo'lmaydi. Bunday ma'lumotlar omborini boshqarish sistemalari yaratishda ma'lumotlarning nafaqat jismoniy ko'rinishi, balki ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik informatsion munosabatlar orqali ifodalanishi talab etiladi. Aloqa vositalari, dasturli ta'minotning, kompyuter texnikasining yangi pog'onalarga ko'tarilisi informatsion sistemalarning yanada mukammallashgan shakillari yaratilishiga olib kelmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan informatsion sistemalar avvalgi avlodlaridan ham texnik, ham dasturli, ham katta miqdordagi axborotlarni qayta ishlay olishi bilan tubdan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |