AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING ARXEOLOGIYADAGI O’RNI.
Ma’murov Diyorbek Saydullo oʻgʻli
FarDu 2-kurs
Xozirgi kunda ilm fanni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Axborot texnologiyalari shu qadar rivojlanib bormoqdaki ular yordamida tarixni qayta jonlantirish mumkin.
Insoniyat tarixini oʻrganuvchi fan boʻlmish arxeologiya fani ham hozirgi kunda ahbotot texnolpgiyalari koʻmagiga muhtoj. Chunki bilamizki arxeologiya fani inson sivilizatsiyasini qay yoʻsinda shakllanganini oʻrganuvchi fan xisoblanadi. Xozirgi kundagi axborot texnologiyalari bilan ming yil oldin vayron boʻlgan shaharlar, saroylar, ibodatxonalar va boshqa koʻplab insoniyat yaratgan inshootlarning koʻrinishini tiklashga erishilmoqda. Arxeologiya fanini hozirgi kunda rivojlanib borayotgan IT texnologiyalari bilan birlashtirish zarur. Chunki bilamizki IT texnologiyalari juda ham keng imkoniyatlarga ega. Bu sohadagi bir qancha dasturlar yordamida biz tarixni keng miqyosda tiklashga erisha olamiz. Shu yerda bir savol tugʻilishi mumkin. IT texnologiyalarning qaysi dasturlari yordamida arxeologiyani rivojlantirish mumkin? Biz bilamizki IT dasturlar orasida 3D Max va grafik dizayn kabi yoʻnalishlari mavjud.bu dasturlar yordamida vayrona holatidagi arxeologik obidalarni dastlabki koʻrinishini tiklashimiz mumkin. Tiklangan koʻrinish va vayron holatidagi arxeologik obidani bir biriga solishtirish orqali uning qay darajada vayron boʻlganini va qay omillar tufayli shunday vayron boʻlganini aniqlashimiz mumkin. Manashu yerda yana bir dasturdan foydalanishimiz mumkin. Bu dasturning nomi Google Earth dasturidir. Bu dastur yordamida arxeologik obyek joylashgan hudud kordinatasini, uning chegaralarini, relyefini va aholi tomonidan yetkazilgan zararlarni hisoblashimiz mumkin.
Agar biz IT texnologiyalarini arxeologiyada joriy eta olsak va manashu texnologiyalar yordamida tiklangan dastlabki koʻrinishdagi restavratsiya ishlarini oʻtkaza olsak har bir hududning arxeologik qiyofasini yanada yaxshiroq oʻrganishga erisha olamiz. Bu yoʻl orqali milliy turizm sohasini ham rivojlantirishga etishladi. Chunki har bir hududda oʻziga xos arxeologik qiyofa mavjud. Manashu koʻrinishni ochib berishda Xitoy metodlaridan ham foydalanishimiz mumkin. Bu yoʻllar orqali yurtimizda xam IT texnologiyalarini, ham arxeologiya fanini va turizm sohalarini rivojlantirishga erishamiz. Xitoy metodikasi shunday xarakterga ega. Xitoyda arxeologik obyekt aniqlansa avvalo uning hududi aniqlanadi. Va u yerda dastlabki arxeologik izlanishlar olib boriladi. Bundan soʻng esa arxeologik hududning kattaligiga qarab yopiq muzeyga aylantiriladi. Yuqorida aytib oʻtganimizday 3D Max va garfik dizayn yordamida dastlabki koʻrinishlari va maketlar tiklanadi. Shu koʻrinishlar asosida restavratsiya ishlari amalga oshiriladi. Shuning uchun Xitoy davlati ochiq osmon ostidagi muzeylar va arxeologik yodgorliklar soni boʻyicha butun dunyodagi yetakchi davlat hisoblanadi. Manashu omillar tufayli Xitoyda turizm sohasi ham juda ham rivojlangan. Xitoy jahonda eng koʻp tashrif buyuruvchi sayyohlar reytinggida kuchli 10ta davlat qatorida turadi. Biz ham manashu uslublarni O’zbekistonda ham joriy eta olsak turizm sohasi va arxeologiya oʻrtasida integratsiya jarayoni ancha chuqur tarzda rivojlanib boradi.
1-ilova
Anketa
Muallif va hammualliflarning to‘liq FISh
|
Ma’murov Diyorbek Saydullo oʻgʻli
|
Fakultet nomi, lavozimi, talaba uchun kursi, guruh №
|
Tarix fakulteti, 2-kurs, 20.85-gurux.
|
Ta’lim muassasasining to‘liq nomi pochta manzili, telefon, faks, sayt
|
Fargʻona davlat universiteti
E-mail: fardu_info@umail.uz
Rasmiy sayt: www.fdu.uz
Tel: (+99873) 244-44-09
Faks: (+99873) 244-44-93
|
Tezis nomi
|
AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING ARXEOLOGIYADAGI O’RNI.
|
Sho’ba nomi
|
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlanishida axborot texnologiyalarining o’rni
|
Ishtirok etish shakli:
|
tezis
|
Muallif bilan bilan bog‘lanish mumkin bo‘lgan telefon raqami, pochta manzili yoki telegram raqami
|
+998990039453.
Diyorbekmamurov892@gmail.com
|
Do'stlaringiz bilan baham: |