5-mavzu: Sodda va murakkab masalalarni yechishda axborot texnologiyalaridan foydalanish.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.
Reja :
Matematik masalalar o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirish
Masala haqida tushincha
Shart va savol haiqda tushuncha
Tayanch sо‘z va iboralar: sodda masalalar, murakkab masallar, axborot texnologiyalari, masalarni taqdim qilish, grafik modellar.
Hozirgi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanilmoqda. Bu imkoniyatlardan matematika darslarida matnli berilgan masalalarni еchishda ham foydalanish mumkin. Bunda rangli, tasvirli harakatlar hamda ovoz yordamida izohlanishi, masalani еchish jarayoni tasvirlanib borilishi o’quvchilar tasavvurlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Matematik masalaning sharti, ya‘ni matni ekranda beriladi va shunga mos ravishda tasvirlar paydo bo’ladi. Shartning qo’yilishi orqali matematik model tuziladi. Masalaning berilishiga bog’liq holda hamda tuzilgan matematik model asosida noma ‘lum belgilanib, uning еchilishi, shunga mos holda harakatlar ham namoyon bo’lib boradi va еchim topiladi.
Boshlang’ich sinf о‘quvchilari maktabga borgan kunlarining ilk matematika darslaridan boshlab matematik masalalar bilan uchrashadilar. Birinchi sinf o’quvchilari bilan qilinadigan dastlabki suhbatlarning birida o’qituvchi o’quvchi qanday hayotiy tajriba va bilimga ega ekanini aniqlash maqsadida eng sodda masalaga murojaat qiladi.
Matematik masalalar o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirish
Matematik masalalar o’quvchilarga matematik tushunchalarni to’g’ri shakllantirishga, uni o’rab turgan muhitning o’zaro aloqadorligining turli tomonlarini chuqurroq aniqlashga yordam beradi, o’rganilayotgan nazariy qoidalarni qo’llash, kuzatilayotgan hodisalarda har xil sonli bo g’lanishlarni o’rnatish imkonini beradi. Shu bilan birga masalalar еchish bola tafakkurining rivojlanishiga yordam beradi.
Masala - (arabcha –so’roq, savol, muommo, iltimos) ma‘lum sonlar va tegishli munosabatlar asosida noma ‘lum sonlarni topish haqidagi matematik masala.
Masala tushunchasini tor ma‘noda qarab, unda quyidagi tarkibiy elementlarni ajratish mumkin:
a) masalaning sharti
b) masalaning savoli
Shunday qilib, har qanday arifmetik masalada noma‘lum (izlanayotgan) son (yoki bir nechta izlanayotgan son) va berilgan sonlar (ular ikkitadan kam bo’lmasligi kerak) dan iborat elementlar albatta bo’lishi kerak ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |