Shart va savol — masalaning asosiy elementlaridir. Sonli (yoki harfiy) ma‘lumotlar masala shartida beriladi. Izlanayotgan miqdor har doim masala savoliga kirgan bo’ladi. Ammo ba‘zi hollarda masala shunday ifodalangan bo’lishi mumkinki, unda savol shartning bir qismini oladi yoki butun masala savol shaklida bayon qilinadi.
Masalalarni turli usullarda taqdim etish o’quvchilarning masalar ustida ishlash ko’nikmalarini rivojlantirib boradi. Bunda masala turli ko’rinishlarda axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan kelib chiqib taqdim etilishi o’quvchilar tassavvur va tushunchalarini rivojlantiradi.
1. Masalan, matnli masalalarning asosiy xususiyati shundaki masalani еchish har doim uning sharti va unga qo’yilgan savol bilan tanishishdan boshlanadi.
Bolalar еtarlicha tez o’qishni o’rganib olgunlariga qadar masala sharti va unga qo’yilgan savolni o’qituvchi gapirib beradi yoki o’qib beradi. Yoki ovozli videoilovalar, audioilovalar yoki animatsion roliklar orqali namoyish qilish mumkin. Ammo bolalar tez o’qish malakasini egallab olganlaridan keyin masalani o’quvchilar o’zlari o’qiydilar. Masalan:
―Birinchi bino qurilishi uchun 160 kg, ikkinchi bino qurilishi uchun undan 40 kg kam mix jo’natildi. Dastlab omborda 300 kg mix bo’lgan bo’lsa, qurilishga jo’natilganidan so’ng necha kilogramm mix qoldi?‖
2. Ma‘lumki darsliklarda qisqa ko’rinishdagi masalan nisbatan kam beriladi.
Masala qisqa yozuv ko’rinishida slaytlar yordamida o’quvchilarning masala sharti va unig qisqa ko’rinishi o’rtasidagi bo’g’lanishni anglab еtishlariga yordam beradi.
Masalan:
Qisqa yozuv bo’yicha masala tuzing va еching: Bor edi — 80 ta muzqaymoq.
Tushgacha sotildi — ?, choragi.
Tushdan keyin sotildi — ?, yarmi.
Jami sotildi — ? ta.
Ma‘lumki tasvirlar o’quvchilarga masala mazmunini tez anglab еtishga va xotirada yaxshi saqlab qolishiga yordam beradi. Shuning uchun rasm, jadval, chizma, diagramma va hakozolar ko’rinishida masalarni axborot texnologiyari imkoniyatlari yordamida dars va darsdan tashqari mashg’ulotlar uchun berib borish zarur. Masalan:
3. Rasm asosida masala tuzing va еching:
4. Jadval asosida masala tuzing:
5. Chizma asosida masala tuzing va еching:
6. Diagramma asosida masala tuzing:
Qaysi og’ir – ? 32 ta karammi, 11 ta tarvuzmi yoki 8 ta qovoqmi?
Grafik modellardan sodda masalalarni еchishda ham, murakkab masalalarni еchishda ham qo’llanish mumkin. Syujetli masalalarni videoilovalar yordamida taqdim etilishi jarayyonning borishi haqida o’quchilarda tushunchani hosil qilishga yordam beradi.