Axborot texnologiyalaridan foydalanib maktabgacha yoshdagi bolalarda son-sanoq haqidagi tasavvurlarni shakllantirish


Mashg’ulotlar metodikasi va mashg’ulotlarni tashkil qilish



Download 1,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana29.12.2021
Hajmi1,42 Mb.
#77240
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
axborot texnologiyalaridan foydalanib maktabgacha yoshdagi bolalarda son-sanoq haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

Mashg’ulotlar metodikasi va mashg’ulotlarni tashkil qilish 

Olti-yetti  yoshlilar  bilan  ishlashda  asosiy  talab  mashg`ulotda  bolalarning 

faoliyatlarini,  eng  avvalo  aqliy  faoliyatlarini  maksimal  darajada  rivojlantirishdan 

iborat.  Mashg`ulotda  bunday  bolalarga  ko‟proq  erkinlik  berishga  yo‟l  qo‟yiladi. 

Undan  tashqari  bolalarning  mashg`ulotga  bo‟lgan  qiziqishlarini  orttirnsh  uchun 

mashg`ulotdagi ishni shunday tashkil qilish kerakki, unda har bir bola faol ishtirok 

etsin,  mashg`ulotda  ko‟proq  bola  chaqirilsin.  Masalan,  o‟qituvchi  sanoqni 

o‟rgatishda  Qodir,  Sattor,  Anvar,  Oydin,  Nodirani  doskaga  chaqiradi  va  o‟tirgan 

bolalardan  so‟raydi:  «Men  nechta  bolani  chaqirdim?  Tekshiramiz:  Qodir,  mening 

oldimga  kel.  Sen  birinchi  bo‟lasan,  undan  keyin  Sattor  turadi.  Sen  sanoqda 

nechanchi  bo‟lasan?...  Hammamiz  burilamiz.  Kim  birinchi  bo‟lib  qoldi?  Kim 

ikkinchi? Va hokazo. Ohirgisi beshinchi bo‟ldi, hammasi qancha bo‟ldi? Beshinchi 

Qodir,  o‟tir.  Qancha  qoldi?  Endi  kim  baland  ekanini  qaraymiz:  Valimi  yoki 

Sattormi, Ilhommi yoki Vohidmi, Nigorami yoki Lolami» va hokazo. 

Mashg`ulotda  matematika  mashg‟ulotlariga  qiziqish  uyg‟otuvchi  musobaqa 

elementlarini o‟z ichiga olgan didaktik o‟yinlarga ko‟proq o‟rin berish kerak. Bular 

boshlangich  maktabda  matematika  o‟qitish  tajribasidan  ma‟lum  bo‟lgan  didaktik 

o‟yinlar  («Jim»,  «Zina-  poya»,  «Estafeta»)  bo‟lishi  mumkin,  bu  o‟yinlarni 

o‟ynashda  sinf  jamoasi  odatda  ikkita  komandaga  bo‟linadi  yoki  ikki  bola 

tomonidan  o‟ynaladi.  Bunday  o‟yinlarni  shunday  tashkil  qilish  muhimki,  bolalar 

ba‟zan  (o‟qituvchi»  rolida  bo‟lib  qolishsin,  ya‟ni  to‟g‟ri  bajarilganlikni 

tekshiradigan  bo‟lishsin  yoki  o‟zlari  topshiriqlar  berishsin  (bolalar  o‟yin  paytida 

rollari bilan almashinib tursin). 

Uyinlarda  «yutib  chiqish»  usulidan  foydalanish  muhimdir.  Masalan, 

«Javobida  8  chiqadigan  ikki  sonni  qo‟shishga  doir  misol  tuzing»  ifodasi  o‟rniga 

bolalar  topshiriqni  qiziqish  bilan  qabul  qilishlari  uchun  «□  +  □  yozuvda  qaysi 

kartochkalar aylantirib qo‟yilganini toping» deyish mumkin. Uquvchilarni ko‟proq 

aktivlashtirishga,  butun  e‟tiborni  safarbar  qilishga  ko‟pchilik  o‟qituvchilar 

foydalanadigan  usul  bolalar  sevadigan  ertak  qahramonlarini  «jalb  qilish»  usuli 




31 

 

katta  ahamiyatga  egadir.  Masalan:  «Bu-  ratino  misollar  yechayotgan  edi,  u  bitta 



misolni  yecha  olmadi...  U  sizlardan  yordam  so‟rab  keldi.  Unga  yordam  bering... 

Bilmasvoy  har  doimgidek  hamma  narsani  chalkashtirib  yubordi.  U  uchga  ikkini 

qo‟shib, 4 chiqardi. Uning hatosini tuzating» va shu singarilar. 

Bolalar  o‟z  mohiyatiga  ko‟ra  qiziqarli  bo‟lgan  mahsus  tanlangan  mantiqiy 

mashqlarni katta qiziqish bilan tahlil qila oladilar. Mashg`ulotlik (kursning har hil 

temalariga bag‟ishlangan) sahifalarida ham shu mashqlarga bag‟ishlangan mahsus 

ikki tutash ichki betlarda (razvorotlarda) bu hildagi bir qator mashqlar berilgan. 

Mantiqiy  mashqlar,  o‟yinlar,  didaktik  material  bilan  amaliy  ishlar,  bosma 

asosli  daftar  bilan  amaliy  ishlar  mashg`ulotda  nisbatan  katta  o‟rin  olishi  kerak, 

ammo bular bilan bir qatorda o‟qitishning oddiy metodlaridan ham foydalaniladi, 

bu metodlar ham qaralayotgan holda ma‟lum hususiyatga ega. Masalan, 6 yoshlilar 

bilan  ishlashda  uzoq  tushuntirishlar  bo‟lmasligi  kerak.  Tushuntirish  ko‟pincha 

tayyorlovchi suhbat formasida olib boriladi. Kitob bilan ishlash, odatda, o‟qituvchi 

rahbarligida  o‟tadi,  ammo  yil  ohirigacha  bolalarni  kitob  bo‟yicha  ba‟zi 

topshiriqlarni mustaqil bajarishga o‟rgatish kerak (misollarni yechish, uncha qiyin 

bo‟lmagan kichik tekstli masalalarni yechish). 

Bolalar  bilan  mashg‟ulotlarni  tashkil  qilishning  muhim  talablaridan  biri 

shunday sharoit yaratishdan iboratki, bu sharoitda bolalar faoliyatlarining turi o‟z 

vaqtida  almashtirilishi  va  bajarilayotgan  topshiriqlarning  hilma-hil  bo‟lishi 

ta‟minlanishi  kerak  (kuzatishlar,  didaktik  materiallar  bilan  amaliy  ishlar,  rasm 

solish,  suhbatda  qatnashish,  daftarda  mustaqil  ish  bajarish,  kitob  bilan  ishlash, 

sinfning  og‟zaki  frontal  ishida  qatnashish,  mashg`ulotning  borishida  o‟yinli  dam 

olish va shu singarilar). 

YAngi  materialni  kiritishda  mashg`ulotni  shunday  tashkil  qilish  kerakki, 

unda ish doska oldida o‟qituvchi yoki chaqirilgan bola tomonidan bajariladigan har 

hil  demonstratsiyalardan,  har  hil  predmetlar  bilan  amaliy  ishlar  bajarishdan 

boshlanadi (masalan, bolalar navbat bilan doska oldiga chiqishadi, tokchada turgan 



32 

 

o‟yinchoqlardan  olib  juftlar  hosil  qilishadi),  shundan  keyin  partada  individual 



sanoq  materiallari  bilan  ish  bajariladi,  bunda  o‟yinning  borishida  o‟qituvchi 

yordamga  muhtoj  bolalarga  yordam  beradi.  Bunday  ish  odatda  kollektiv  ravishda 

natijani  tekshirish  bilan  tugaydi  (masalan,  kerak  bo‟lib  qolganda  topshiriqni 

bajarish usulini tushuntirish bilan). 

Shundan keyin kitob bilan ishlash o‟qituvchi rahbarligida boshlanadi, undan 

keyin  esa  boshqa  sanoq  materiallari  bilan  yana  amaliy  ishlar  bajarishga  o‟tiladi 

(masalan,  masalalar  tuzish  uchun  ko‟rsatmali  rasmlardan  foydalaniladi).  Bundan 

keyin  esa  o‟qituvchi  doskada  tushuntirgani  bo‟yicha  daftarda  mustaqil  ish 

bajariladi. 

Mashg`ulotning  borishida,  o‟qituvchining  hohishiga  qarab,  bolalarda 

charchash  alomatlari  sezilishi  bilanoq,  jismoniy  tarbiya  o‟tkazish  foydalidir, 

mashg`ulotga  bolalarning  kayfiyatini  ko‟taruvchi,  masalan,  hazil  masalalar, 

qiziqarli,  yorqin,  g‟alati  rasmlar,  jadvallar  va  shu  singari  qiziqarli  elementlarni 

kiritish  foydalidir.  Shu  hildagi  ba‟zi  materiallar  mashg`ulotlik  sahifalarida 

berilgan. 

Ta‟limning  o‟quv,  tarbiyaviy  rivojlantirish  vazifalarini  hal  qilishga 

mashgulotlarning  butun  sistemasi  bilan,  ya‟ni  kuzatishlar,  har  hil  didaktik 

materiallardan  foydalanib  amaliy  ishlar  o‟tkazish,  mashg`ulotlik,  bosma  asosli 

daftar  bilan  ishlash  va  shu  singarilar  bilan  erishiladi.  Bunda  asosiy  qo‟llanma 

mashg`ulotlik hisoblanadi. Mashg`ulotlik bilan ishlash mashg`ulotda ozgina vaqtni 

olsada, ammo aynan shu kurs sistemasining izchilligini aniqlaydi, dastur talablarini 

ochadi va aniqlashtiradi, kursning har bir masalasi qaysi darajada qaralayotganyni 

ko‟rsatadi, ular qanday ketma-ketlikda o‟rganilishini ko‟rsatadi. 

Mashg`ulotlikni  yahshi  bilish  o‟qituvchiga  kureni  rivojlantirish  mantiqini 

(mazmunni,  ishni  planlashtirishni,  ba‟zan  esa  uni  tashkil  qilishni,  shu  bosqichda 

foydalanilishi  maqsadga  muvofiq  bo‟lgan  ko‟rsatmalilik  turlarini)  tasavvur  qila 

olishga yordam beradi. 



33 

 


Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish