Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Download 7,95 Mb.
bet42/93
Sana31.12.2021
Hajmi7,95 Mb.
#277226
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Bog'liq
Maruza

Medianing amaliy dasturlari

Media – tizimlar hozirgi paytda ta’lim va kasbga tayyorlash sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kompyuterlashtirish uchun (reklama, mijozlarga xizmat kо’rsatish), axborot markazlarida (kutubxona, muzey) va hokazolarda muvaffaqiyatli qо’llanilmoqda.

Bilimlarni chuqirlashtirishda, о’qitish muddatini qisqartirishda va bir о’qituvchiga tinglovchilar sonini oshirishga imkon beruvchi kompyuterli dars beruvchi Media tizimlar alohida о’rin egallaydi.

Kompyuterli dars berish tizimlari axborot izchil ravishda taqdim etiladigan videokassetadagi kurslarga qiyoslaganda kuchli tarmoq imkoniyatlariga ega va tinglovchilarni qiziqtirgan mavzuga tо’g’ridan-tо’g’ri ulanishga imkon beradi.

Bundan tashqari, mazkur tizimlar bilimlarni о’zlashtirish va kо’nikmalarga ega bо’lish jarayonlarini baholash va nazorat qilishning samarali vositalari bilan jihozlangan.

Medialoglar media va mediatexnologiyalarni о’rganib chiqib, ularni shartli ravishda 5 turga bо’ldilar.

1. Dastlabki media - yozuv.

2. Bosma media - bosma nashrlar, litografiya, fotografiya.

3. Elektrik media - telegraf, telefon, ovozli yozuv.

4. Mass-media - kinematograf, televideniye.

5. Raqamli media - kompyuter, Internet.

Media uzluksiz ta’lim jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, darsning sifatli о’tilishi va о’quvchi-talabalar tomonidan о’zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu bilan birga, modem, foto, video kompyuter texnologiyalari, Internet bilan dо’stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini yaratadi.

О’zbekiston uzluksiz ta’lim tizimida esa mediata’limdan foydalanish samaradorligini oshirishga maktabgacha ta’lim muassasasi - maktab - litsey, kasb-hunar kolleji, shuningdek, oliy о’quv yurtlarida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Bunda biz qanday natijalarga erishishimiz mumkin.

1. Maktabgacha ta’lim muassasasida:

Bolaning yoshi va rivojlanishidan kelib chiqib, mediani turlarga ajratishga о’rgatish:

A) Verbal - kо’rish va kuzatish: turli multfilmlar, bolalar uchun dasturlar va kо’rsatuvlarning asl mohiyatini tushuntirish;

B) Noverbal - eshitayotgan axborotlari: ertak, afsona, hikoya va she’rlarining mazmunini sharhlash;

V) Audiovizual - radiodasturlar, ovozli yozib olingan disklardagi ma’lumotlarni bolalarga tushunarli tarzda, real hayot bilan bog’lab sharhlab berish.

Ushbu media turlariga mansub axborotlarni tarbiyaviy ahamiyatini tо’laligicha, soddalashtirilgan holda bola onggiga yetkazish, eng muhimi bolani real hayot va vizual olamning farqini anglashga о’rgatish zarur.

2. Boshlang’ich va о’rta (5-6) sinflarda:



  • media shakllari va vositalarini tanlay olish(masalan, fotografiya, rasmlar, jurnal illyustratsiyalarini tanlash va farqlash);

  • Vizual matn yoki qisqa syujet rejasini tuzish va aniqlash (fotografiya, video, komiks, ertak, kompyuter grafikasi va h.k)

  • О’z medialoyihasi taqdimotini tayyorlash va taqdim etish.

3. Maktabning yuqori sinflarida:

  • surat asosida turli syujetlar yaratish(surat shakli va elementlarini о’zgartirgan Mavjud mediashakllardan foydalanish yuzasidan qarorlar qabul qilish (fotografiya, video, matbuot va h.k), о’z qarorlarini muhokama qilish va asoslab berish;

  • О’z medialoyihasini bajarish va taqdim etish.

4. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida:

  • Maxsus matnlar va “xabarlar” jо’natish shakllari va texnologiyalaridan foydalanish asosida tajribalar о’tkazish;

  • Mediamatnlar tuzish va rejalashtirishda turli texnikadan foydalanish, natijani aniq va tanqidiy tahlil qilish;

  • Maxsus auditoriyaga mо’ljallangan mediamahsulotlarni о’sha auditoriya qanday qabul qilishini oldindan kо’ra olgan holda yarata olish;

  • О’z medialoyihasini bajarish va taqdim etish.

Bunday natijalarga erishgandan sо’ng oliy о’quv yurtlariga qadam qо’ygan sobiq о’quvchilar murakkab mediamahsulotlarni ajratish, ularning qay maqsadda va nima sababli tarqatilayotganini tо’g’ri anglash hamda axborotlarga oqilona yondashish kо’nikmalariga ega bо’ladilar. Mediamatn yarata olgan bola, о’quvchi unga tanqidiy qarash bilan muomala qila oladi. Eng asosiysi, ular mediamadaniy immunitetga ega bо’ladi. Ta’lim oluvchilarda tarkib topgan mediamadaniyat esa ma’naviyat kushandasi bо’lmish ma’naviy tahdidlar, axborot hurujlariga qarshi kurashishda milliy g’oyaning asosiy tayanchi bо’lishi shubhasiz.

Bilim olish manbasiga kо’ra: og’zaki (ma’ruza, hikoya, suhbat, tushuntirish, muhokama), kо’rgazmali (mediamatnlar illyustratsiyasi va demonstratsiyasi) va amaliy (mediamateriallar yuzasidan turli vazifalarni amaliy bajarish).

Tushunish darajasiga kо’ra: illyustrativ-tushuntirish orqali (о’qituvchi tomonidan media tо’g’risida axborotlar berilishi va auditoriya tomonidan mazkur axborotlarning qabul qilinishi va tushuntirilishi), reproduktiv(о’qituvchining media yuzasidan о’quvchilarga turli vazifalar berishi), muammoli(“tanqidiy fikrlash”ni rivojlantirish, qisman izlanish, tadqiqiy jihatdan mediamatnlarni muammoli tahlil qilish).

Bularning asosiylari quyidagilar:



  • О’quvchilar nashriy, vizual va elektron mediadan turli maqsadlarda foydalana olishlari;

  • Mediata’limga oid atamalarni bilishi;

  • Barcha medialar ma’lum bir “xabarlarni” yetkazishga mо’ljallanganligini anglashlari;

  • О’quvchilar mediamatnlarni tarixiy, ijtimoiy va madaniy nuqtai nazardan auditoriya va mediamatn о’rtasidagi munosabatni tushungan holda tanqidiy tahlil qila olishlari;

  • Olgan bilimlariga tayanib, turli xarakterdagi mediamatnlarni yarata olishlari va о’z medialoyihalari va boshqalarning mediamatnlarni muhokama qila olishlari kabilardir.

О’zbekiston uzluksiz ta’lim tizimida mediata’limdan foydalanish samaradorligini maktabgacha ta’lim muassasasi — maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejida, keyinchalik oliy о’quv yurtlarida о’qitish orqali amalga oshirish mumkin. Xususan:

1. Maktabgacha ta’lim bosqichida bolalar:



  • Mediadan axborot va dam olish uchun foydalanish;

  • Mediani eng sodda tadqiqot ishini bajarish uchun qо’llash;

  • Mediadan о’qish-о’rganishda foydalanish;

  • Mediani mediamatn tili hamda bir necha shakllarini baholash uchun qо’llash;

  • Mediauskunalarning eng muhim qismlari qanday nomlanishi(atamalari)ni bilish(kamera, proyektor, kompyuter, slayd va b.), ushbu uskunalar kо’magida asosiy operatsiyalarni amalga oshira olish;

  • Mediamatnning qismlarini ajrata olish;

  • Mediakasbning asosiy turlarini bilish;

  • Mediamatnda yetkazilayotgan xabarni qisman va tо’liq aniqlay olish;

  • Mediamatndagi syujet bog’lanishi va yechimini tushunish hamda tushuntirib berish;

  • Syujetdagi sо’zlar va ovozlarning rolini anglash;

  • Media shakllari va vositalarini tanlay olish;

  • Vizual matn yoki qisqa syujet rejasini tuzish va aniqlay olish;

  • О’z media loyihasi taqdimotini tayyorlash va taqdim etish kо’nikmalarini egallashi zarur.

2. Umumiy о’rta ta’lim bosqichida о’quvchilar:

  • Mediadan keng doirada axborot olish, kо’ngil ochish, aloqa bog’lash maqsadida foydalanish;

  • Mediaresurslardan savol va muammolarni aniqlash, tadqiq etish, taqdimot uchun foydalanish;

  • Mediadan biror loyihani amalga oshirishda birlamchi va ikkilamchi resurslarni izlab topish(mediateka, elektron kutubxonaga murojaat qilish)da foydalanish;

  • Mediadan mediamatnlar tili va bir necha shakllari, janrlari va toifalarini baholashda foydalanish;

  • Audiovizual matnlar, media tili bilan bog’liq savollarni identifikatsiyalash, muhokama qilish va ularni “о’qish” (masalan, rakurs, reja, rang, ovoz va h.k);

  • Mediamatnlarni yaratish va tarqatish bilan bog’liq holda, ularning asosiy funksiyalarini tasvirlab bera olish;

  • Syujet qurilishi usullarini aniqlash;

  • Bir necha syujetlarni tahlil qilish;

  • Mediamatnning asosiy g’oyalariga tegishli qismlari yuzasidan savollar berish va о’z fikrini bildirish (masalan, aniqlik, hissiylik va b.)

  • Mediamatnning qismlari qanday qilib ishning umumiy kо’rinishini yuzaga keltirishga yordam berishini tasvirlab bera olish;

  • Mediamatnning janri va turi spetsifikasini tushunish(masalan, reklama, teleshou, yangilik kabi);

  • Mediamatndagi syujet asosida qahramonlar xatti-harakatlarining sabablari, epizodlar, hodisalar iyerarxiyasi kabilarni tuzish;

  • Mediamatn muallifi ilgari surgan g’oyalar, u yoki bu tuyg’ularni tahlil qilish;

  • Mediamatnning asosiy g’oyasi turli element(qism)larning kombinatsiyasi orqali berilishini tushunish(masalan, ovoz, kadr, voqealar rivoji);

  • Gender, ijtimoiy kasbiy turli “madaniy maydonlar”ga asoslangan mediamatnlarni solishtirish;

  • Bir surat asosida turli syujetlarni yaratish(suratlarning shakli va elementlarini о’zgartirgan holda);

  • Mavjud media shakllardan foydalanish yuzasidan qarorlar qabul qilish (fotografiya, video, matbuot va hokazo), о’z qarorlarini muhokama qilish va asoslab berish;

  • о’z medialoyihasini asoslab berish;

  • о’z medialoyihasini bajarish, taqdim etish, kо’nikma va malakalarga ega bо’lishlari kerak

  1. О’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bosqichidagi о’quvchilar:

  • Mediamatnlarning katta spektrdagi shakllarini tanlash va о’z qarorlarining sabablarini asoslab berish;

  • Muammolar va savollarni aniqlash, tadqiq etish va taqdimot qilishda media resurslardan foydalanish;

  • Ma’lum bir loyihani yaratish va tatbiq etish uchun ma’lumotlar bazasi (mediateka, elektron kutubxona)ga kira olish, loyiha uchun ma’lumotlar topish va eng maqbulini tanlash;

  • Mediadan keng doiradagi mediamatnlar tili, shakllari, janr va toifalarini baholashda foydalanish;

  • “Montaj”, muharrir ishi kabi murakkab media tili bilan bog’liq bо’lgan masalalarni muhokama va identifikatsiya qilish, ularni “о’qish”;

  • Medianing marketing, press-maket, siyosiy kompaniyalar kabi yaratuvchilarining asosiy vazifalarini tasvirlab bera olish;

  • Maxsus matnlar va “xabarlar” jо’natish shakllari va texnologiyalaridan foydalanish asosida tajribalar о’tkazish;

  • Mediamatnlar tuzish va rejalashtirishda turli texnikalardan foydalanish, natijani e’tibor bilan aniq va tanqidiy tahlil etish;

  • Maxsus auditoriyaga mо’ljallangan mediamahsulotlarni о’sha auditoriya qanday qabul qilishini oldindan kо’ra bilgan holda yaratish;

  • О’z medialoyihasini bajarish va taqdim etish kо’nikma va malakalariga ega bо’lishi kerak.

  1. Oliy ta’limda bakalavr va magistrlar:

  • Kursning asosiy tushunchalari, zamonaviy texnik vositalari, ularning turlari xarakteristikasi, funksiyalari;

  • Mediakompetensiya(bilim olish qobiliyati) tо’g’risidagi asosiy tavsiflar va uni rivojlantirish metodlari;

  • Mediadan о’quv-tarbiya jarayonida samarali foydalanish;

  • Kelgusi о’quv, tadqiqot va kasbiy faoliyatda media, mediamahsulotlar va media resurslarni tо’g’ri qо’llay bilish;

  • Guruh salohiyati, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mediasavodxonlikni shakllantirishning usullari va shakllarini ishlab chiqish, kо’nikma va malakalariga ham ega bо’lishlari zarur.

  • Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida:

  • Tinglovchilarning zamonaviy ta’lim jarayonini axborotlashtirish tо’g’risidagi tasavvurlarni kengaytirish;

  • Ularda media tushunchasi, uning barcha turlari, ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatini anglatish;

  • Tinglovchilarga medianing didaktik, pedagogik-psixologik va metodologik jihatdan ta’lim va tarbiyaga ta’sirini bildirish;

  • Ularning turli mediavositalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qо’llash usullarini о’rganishlariga sharoit yaratish;

  • Tinglovchilarga mediasavodxonlik tushunchasining mohiyatini ochib berish;

  • Ta’limiy mediamahsulotlar va mediaresurslardan ta’lim-tarbiyaviy va tadqiqot masalalarini yechishda foydalanish;

  • zamonaviy media va uning turlari, funksiyalari, ulaning didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlari, pedagogik-psixologik jihatlari, ta’lim sohasidagi shakllari va usullarini bilish kabilardir.



Download 7,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish