Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida 2015 yil yakunlari bo’yich hisobot



Download 16.54 Kb.
Sana22.04.2017
Hajmi16.54 Kb.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida 2015 yil yakunlari bo’yich hisobot

2016 yilning 20 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2015 yildagi faoliyati sarhisobi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning borishi, istiqboldagi vazifa hamda loyihalarni belgilashga bag‘ishlangan Hay’at majlisi tashkil qilindi.

Yig‘ilishda Vazirlikning rahbar va mas’ul xodimlari, hududiy boshqarma boshliqlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi aksiyadorlik kompaniyalari, korxonalar va tashkilotlar va ularning hududiy rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek sohaning hududiy tashkilotlari xodimlari, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklari huzuridagi Komputerlashtirish markazlari mas’ullari yig’ilishni videokonferensiya shaklida kuzatib borishdi.

Hay’at yig‘ilishida ta’kidlanganidek, 2015 yilda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 15,4 % ga, jumladan, aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 24,7 % ga o'sgan, shuningdek, komputer dasturlari bilan bog‘liq xizmatlar 13,4%. ga oshgan.

Yuqori tezlikdagi internet tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida, mamlakatimiz hududlarida 1800 km.dan ziyod optik aloqa liniyalari yotqizildi. Toshkent va Buxoro bog‘lamalari o‘rtasida 100 Gbit/sga teng DWDM texnologiyasidagi aloqa kanali ishga tushirildi.

Magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanligini oshirish loyihasi natijasida ma’lumotlar almashish tezligi xalqaro yo‘nalishda 10 barobarga, har bir viloyat markazlarigacha 4 barobarga va har bir tuman markazlarigacha 10 barobarga kengaytirildi. Shuningdek, mazkur loyiha doirasida Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmog‘i o‘tkazuvchanligi 10 barobarga oshirildi.

Bu esa Internet tarmog‘ining milliy kontenti rivojiga, Internet, videotelefoniya, IP-TV, HDTV-kanallarini ko‘rish kabi keng polosali internet xizmatlari, interaktiv xizmatlarni ko‘rsatishga zamin yaratadi.

“O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha Davlat dasturi”da belgilab berilgan vazifalar amalga oshirilmoqda. 2015 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat hududining 68,8 foizi raqamli televideniye xizmatlari bilan to‘liq qamrab olingan bo‘lib, aholi 12 ta raqamli telekanallarni ko‘rish imkoniga ega.

Davlat organlari va aholi, tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning elektron platformaga ko‘chishi 2015 yilda 42 ming 800 ta tadbirkorlik sub’ekti elektron shaklda ro‘yxatga olinishiga xizmat qildi. Tadbirkorlar uchun soliq va statistik hisobotlarni to‘liq onlayn taqdim qilish, soliq to‘lovlarini va boshqa davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni onlayn to‘lash imkoniyatlari yaratildi.

Bojxona punktlarida elektron deklaratsiya tizimining joriy qilinishi mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xizmatlar uchun sarflanadigan vaqtni uch kundan bir kunga qisqartirdi.

Soliqlarni, majburiy va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn amalga oshirish imkoni natijasida Internet tranzaksiyalari hajmi 2,3 marotabaga, onlayn to‘lov foydalanuvchilari soni 2 martaga oshdi.

Shu bilan birga, ushbu davr oralig‘ida e-hukumatning muhim elementi hisoblangan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgani ham kuzatildi. Fuqarolar va tadbirkorlarga umumiy holatda 260 ziyod interaktiv xizmatlar ko‘rsatilyapti. 2015 yil boshiga nisbatan interaktiv xizmatlar ko’rsatish hajmi 4 marotaba oshib, 400 mingdan ortiq elektron xizmatlar ko‘rsatildi.

2015 yilda AKT yo‘nalishida tadbirkorlarga ham qator qulayliklar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatiga oid me’yoriy hujjatlar loyihalarini onlayn muhokama qilish tizimi ham ishga tushirildi. Bugungi kunga qadar 340 dan ziyod me’yoriy hujjatlar loyihasi muhokamaga qo‘yilgan. Shuningdek, Ochiq ma’lumotlar portal orqali aholiga davlat organlari faoliyatiga oid 200 mingdan ziyod ochiq ma’lumotlar taqdim qilindi.

Ayni kunda ro‘yxatdan o‘tgan davlat axborot resurslari soni 320 taga (o‘tgan yil shu davrga nisbatan o‘sish 123 foiz) va davlat axborot tizimlari soni 466 taga yetdi (o‘tgan yil shu davrga nisbatan o‘sish 155 foiz). Mazkur tizimlar davlat idoralariga interaktiv xizmat ko‘rsatishni avtomatlashtirishda muhim omil sanaladi.

“UZ” hududidagi domenlar soni 2016 yilning 1 yanvar holatida 25,2 mingdan oshgan. Mazkur ko‘rsatkich milliy internet hududi 2015 yilda 130 foizga oshganligidan darak beradi. Jumladan, ZiyoNET axborot ta’lim tarmog‘iga 109 mingdan ziyod yangi resurs joylashtirilgan (O‘sish 139%).

Hay’at majlisida foydalanuvchilarning, ayniqsa yosh avlodning intellektual ehtiyojini qondiradigan, internetdagi faoliyatlarini samarali tashkil etishlariga xizmat qiladigan resurslar sonini oshirish yuzasidan tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni qabul qilish yuzasidan vazifalar berildi.

2015 yilda mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi qonunchiligida muhim hodisa bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Hay’atda Qonunning mazmun-mohiyatini amalga tatbiq etish, uning elektron munosabat tizimi davlat xizmatlarini ko‘rsatishda funksiya va vazifalarni samarali amalga oshirishiga erishi yuzasidan vazifalarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Soha ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan bandligini ta’minlash ham kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘ldi. Vazirlik tizimidagi korxonalar hamda o‘quv muassasalari o‘rtasidagi ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligini kuchaytirish yuzasidan topshiriqlar yuklatildi.

Hay’atda Vazirlik tizimidagi korxona va tashkilotlarning ijro intizomiga rioya qilish holati, davlat dasturlarining, hukumat va rahbariyat qaror hamda vazifalarining bajaralishiga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, fuqaro murojaatlarga bo‘lgan munosabat atroflicha muhokama qilindi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalari faoliyatini tanqidiy o‘rganib chiqilishi natijasida Andijon, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida AKT yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar qoniqarsiz deb topilgan. Shu munosabat bilan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga mazkur va boshqa hududlarda AKTning joriy etilish darajasini oshirish yuzasidan tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi yuklatildi.

2015 yilda aholidan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi tashkilotlar faoliyatiga oid 4 432 ta murojaat kelib tushgan. Shulardan

3 544 tasi shikoyat tariqasida bo‘lib, ular o‘rganib chiqilganida 355 ta holatda tizimdagi korxonalar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchilik aniqlangan. Shikoyatlar 2014 yilga nisbatan 19,5%ga kamaygan. Yig‘ilishda korxona va tashkilot rahbarlariga yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan yaqindan ishlash, pochta aloqasi, telekommunikatsiya va boshqa aloqa xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan topshiriqlar yuklatildi.

Hay’atda 2016 yilda soha oldida turgan muhim vazifalarga urg‘u qaratildi. Jumladan, quyidagilar:

- Jismoniy va yuridik shaxslar ma’lumotlari bazalari, ma’lumotnomalar va klassifikatorlar, idoralararo integratsion platforma, yagona identifikatsiya tizimi, “Litsenziya” axborot tizimlari komleksi kabi elektron hukumatning infratuzilmasi bo‘lgan asosiy loyihalarini amalga oshirish;

- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini texnik jihatdan takomillashtirish hamda qo‘shimcha 30 dan ortiq talab yuqori bo‘lgan interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish;

- Elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatilishini baholash bo‘yicha metodikani ishlab chiqish va tasdiqlashga kiritish.

- optik tolali aloqa liniyalarini kengaytirish orqali Internet tarmog‘idan keng polosali foydalanish imkoniyatini oshirish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini (data-sentr) ishga tushirish, ma’lumotning himoyalanishi va axborot xavfsizligini ta’minlash;

- internet tarmog‘ining milliy segmentida aholining, ayniqsa yoshlarning intellektual talablarini qondirish bo‘yicha ilmiy-ta’limiy, ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi veb resurslarni yaratuvchilarni rag‘batlantirish loyihasini amalga oshirish, axborot almashinuvi va elektron pochta tizimini, axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish hamda joriy etish choralarini ko‘rish.



Hay’at yig‘ilishida Prezidentimizning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida soha oldiga qo‘yilgan vazifalar, Hay’atda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, qarorlar qabul qilindi.

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa