Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Download 163,55 Kb.
bet1/10
Sana13.02.2022
Hajmi163,55 Kb.
#445952
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-Mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI

TT VA KT” FAKULTETI
1– BOSQICH TT-11/21 GURUH TALABASINING
DASTURLASH
FANIDAN TAYYORLAGAN
1-Mustaqil ishi


Bajardi: Abdusalomova Y
Qabul qildi: To’rayev S.


QARSHI – 2021





Reja



1.Chiziqli jarayonlarni tashkil etish.

2.Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish.

3.Takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil etish.

4.Massivlarni tashkil etish.

5.Matrisalarni tashkil etish.

Chiziqli jarayonlarni tashkil etish.


Sodda dastur tuzilishi. Dastur preprocessor komandalari va bir necha funktsiyalardan iborat bo’lishi mumkin. Bu funktsiyalar orasida main nomli asosiy funktsiya bo’lishi shart. Agar asosiy funktsiyadan boshqa funktsiyalar ishlatilmasa dastur quyidagi ko’rinishda tuziladi:
Preprocessor_komandalari
Void main()
{
Dastur tanasi.
}
Preprocessor direktivalari kompilyatsiya jarayonidan oldin preprocessor tomonidan bajariladi. Natijada dastur matni preprocessor direktivalari asosida o’zgartiriladi.
Preprocessor komandalaridan ikkitasini ko’rib chiqamiz.
# include Bu direktiva standart bibliotekalardagi funktsiyalarni dasturga joyjlash uchun foydalaniladi.
#define
Bu direktiva bajarilganda dastur matnidagi almashtiruvchi ifodalar almashinuvchi ifodalarga almashtiriladi.
Misol tariqasida C ++ tilida tuzilgan birinchi dasturni keltiramiz:

#include


void main()
{
Cout << “\n Salom, Dunyo! \n”;
}
Bu dastur ehkranga Salom, Dunyo! Jumlasini chiqaradi.

Define direktivasi yordamida bu dasturni quyidagicha yozish mumkin:


#include
#define pr Cout << “\n Salom, Dunyo! \n”
#define begin {
#define end }
void main()
begin
pr;
end

Define direktivasidan nomlangan konstantalar kiritish uchun foydalanish mumkindir.


Misol uchun:
#define EULER 2.718282
Agar dasturda quyidagi matn mavjud bo’lsin:
Double mix=EULER
D=alfa*EULER

Preprocessor bu matnda har bir EULER konstantani uning qiymati bilan almashtiradi, va natijada quyidagi matn hosil bo’ladi.


Double mix=2.718282
D=alfa*2.718282
Dastur matni va preprocessor. C ++ tilida matnli fayl shaklida tayyorlangan dastur uchta qayta ishlash bosqichlaridan o’tadi.
Matnni preprocessor direktivalari asosida o’zgartilishi. Bu jarayon natijasi Yana matnli fayl bo’lib preprocessor tomonidan bajariladi.
Kompilyatsiya. Bu jarayon natijasi mashina kodiga o’tkazilgan obektli fayl bo’lib, kompilyator tomonidan bajariladi.
Bog’lash. Bu jarayon natijasi to’la mashina kodiga o’tkazilgan bajariluvchi fayl bo’lib, boglagich( komponovthik) tomonidan bajariladi.
Preprocessor vazifasi dastur matnini preprocessor direktivalari asosida o’zgartirishdir. Define direktivasi dasturda bir jumlani ikkinchi jumla bilan almashtirish uchun ishlatiladi. Bu direktivadan foydalanishning sodda misollarini biz yuqorida ko’rib chiqdik. Include direktivasi ikki ko’rinishda ishlatilishi mumkin.
#include fayl nomi direktivasi dasturning shu direktiva urniga qaysi matnli fayllarni qo’shish kerakligini ko’rsatadi.
#include direktivasi dasturga kompilyator standart bibliotekalariga mos keluvchi sarlavhali fayllar matnlarini qushish uchun muljhallangandir. Bu fayllarda funktsiya prototipi, tiplar, o’zgaruvchilar, konstantalar ta’riflari yozilgan buladi. Funktsiya prototipi funktsiya qaytaruvchi tip, funktsiya nomi va funktsiyaga uzatiluvchi tiplardan iborat bo’ladi. Misol uchun cos funkciyasi prototipi quyidagicha yozilishi mumkin: double cos(double ). Agar funkciya nomidan oldin void tipi ko’rsatilgan bo’lsa bu funktsiya hech qanday qiymat qaytarmasligini ko’rsatadi.Shuni ta’kidlash lozimki bu direktiva dasturga standart biblioteka qo’shilishiga olib kelmayjdi. Standart funktsiyalarning kodlari bog’lash ya’ni aloqalarni tahrirlash bosqichida, kompilyatsiya bosqichidan so’ng amalga oshiriladi.
Kompilyatsiya bosqichida sintaksis hatolar tekshiriladi va dasturda bunday hatolar mavjud bo’lmasa, standart funktsiyalar kodlarisiz mashina kodiga utkaziladi.
Sarlavhali fayllarni dasturning ihtiyoriy joyida ulash mumkin bo’lsa ham, bu fayllar odatda dastur boshida qo’shish lozimdir. Shuning uchun bu fayllarga sarlavhali fayl ( header file) nomi berilgandir.
Dasturda kiritish va chiqarish funktsiyalaridan masalan Cout<< funktsiyasidan foydalanish uchun #include direktivasidan foydalanish lozimdir Bu direktivada iostream.h sarlavhali fayl nomi quyidagilarni bildiradi: st- standart( standartnij), i- input(vvod), o- output(vihvod), h – head(sarlavha).

Download 163,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish