Test expression – shartli ifoda.
False – Yolg’on
True – Rost
Body of If – If shartli operatorining asosiy qismi
If operatori bilan ishlash uchun namuna
# Agar son musbat boʻlsa, unga muvofiq xabarni chiqaramiz.
num = 3
if num > 0:
print(num, " musbat son.")
print("Bu har doim ekranga chiqariladi.")
num = -1
if num > 0:
print(num, " bu musbat son.")
print("Bu ham har doim ekranga chiqariladi.")
Agar dasturni ishga tushirsangiz, quyidagi natijani olasiz:
3 musbat son.
Bu har doim ekranga chiqariladi.
Bu ham har doim ekranga chiqariladi.
Yuqoridagi namunada, num > 0 bu shartli ifoda hisoblanib, u rost deb baholansa if
operatorining asosiy kod qismi ishga tushadi. num oʻzgaruvchisi 3 ga teng oʻlganda, shartli ifoda rost deb baholanadi va if operatorining asosiy qismidagi buyruq bajariladi. Agar num oʻzgaruvchisi -1 ga teng boʻlsa, shartli ifoda yolgʻon deb baholanadi va if operatorining asosiy qismidagi buyruq oʻtkazib yuboriladi. print() buyrugʻi if blokidan tashqarida chaqirilganligi tufayli u shartli ifodaning natijasiga qaramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |