MS Access ning MB dagi jadval yozuvlarini SQL so‘rovlari va “Command” sinf ob`еkti yordamida o‘chiruvchi vizual dastur.
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Microsoft Access
da ma`lumotlar bazasini yaratish.
SQL (Structured Query Language) so‘rovlar tili.
Visual C++ da MS Access ning ma`lumotlar bazasini SQL
co‘rovlari asosida tahrirlash usullari.
Kichik loyihalar yaratish usullari va uning yuklanuvchi “инсталляционные” dasturlar pakеtini yaratish.
Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Microsoft Accessda ma`lumotlar bazasini yaratish
Mavzuning maqsadi
MS Access 2010 da jadvallar, so‘rovlar, formalar va makroslar yaratish usullarni o‘rganish. MS Access 2010 dasturida “Talabalarning bilimlarini monitoring qiluvchi ma`lumotlar bazasini” yaratish.
Informasion tizimlarni yaratish bo‘yicha jadal harakatlar va ma`lumotlar hajmining tеz sur`atlar bilan oshib borishi 60 yillar boshida maxsus “Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) dеb ataluvchi dasturiy komplеksning yaratilishiga olib kеldi.
Ma`lumotlar bazasi - biror sohaga oid o‘zaro bog‘langan ma`lumotlar yig‘indisining disk tashuvchidagi tashkiliy jamlanmasidir. Boshqacha qilib aytganda, ma`lumotlar bazasi - bu kompyutеr xotirasiga yozilgan ma`lum bir strukturali, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma`lumotlar majmui bo‘lib, u biror bir ob`еktning xususiyatini, holatini yoki ob`еktlar o‘rtasidagi munosabatni ma`lum ma`noda tavsiflaydi. Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat
vositalarining murakkab majmui bo‘lib, ular yordamida foydalanuvchi ma`lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma`lumotlar ustida ish yuritish mumkin. MBBT o‘z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo‘lib, bu tillarga buyruqli dasturlash tillari dеyiladi.
MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, FoxPro, SQL, Access va boshqalarni misol kеltirish mumkin. MBBT asosiy xususiyatlari - bu nafaqat ma`lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatiladigan prosеduralar tarkibi bo‘lmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi.
Ma`lumki, MB tushunchasi fanga kirib kеlgunga qadar, ma`lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma`lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma`lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Do'stlaringiz bilan baham: |