Elliptik egri chiziqlarga asoslangan raqamli imzo algoritmi ECDSA (Elliptic Curve Digital Signature Algorithm) - DSA algoritmga tuzilish jihatidan analog hisoblanadi, lekin hisoblashlar butun sonlar maydonida emas, balki elliptik egri chiziqlar nuqtalari guruhida bajariladi va uning kriptobardoshliligi elliptik egri chiziqlar nuqtalari guruhida diskret logarifmlash muammolariga asoslanadi. ECDSA algoritmi 1999 yilda ANSI standarti sifatida, 2000-yilda esa IEEE va NIST standartlari sifatida qabul qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |