Axborot texnologiyalari texnikumi



Download 7,87 Mb.
bet50/78
Sana26.08.2022
Hajmi7,87 Mb.
#847735
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
Algortmlash va dasturlash asoslari UMT восстановлен

15-Mavzu. Dasturlash tizimi haqida tushuncha. Manba, ob'ekt va yuk modullari.

Reja:




  1. Dasturlash tizimi haqida tushuncha

  2. Manba, ob'ekt va yuk modullari.

Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqat qilish uchun kompyuter “tili” ni bilishi ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadiga “til” dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko`rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilisi kerak bo`ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturnituzadigan kishi dasturchi deb ataladi.
Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yechish uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari mavjud. Bular jumlasiga Beysik, Fortrant, Paskal, Kobol va boshqa tillarni kiritish mumkin.
Beysik dasturlash tili 1964 yili AQSHning Dortmunt kollejji ilmiy xodimlari Jon Kemeni va Tmes Kurtsi tomonidan turli hisoblashlarga doirmasalalarni kompyuter bilan muloqat holda hal qilishi uchun yaratiladi. “Basic” so`zi Beginners Allpyrpose Sumbolic Instruction Code dan olingan bo`lib, o`zbek tilida “boshlovchilar uchun mo`ljallangan ko`p maqsadli, belgili ko`rsatmalar tili” degan ma`noni bildiradi. Beysik dasturlash tili soddaligi va kompyuter xotirasiga quyiladigan talablarning juda kamligi sababli bu dasturlash tili boshqa dasturlash tillari qatori butun dunyoda shaxsiy kompyuterlar uchun keng foydalanadigan til bo`lib qoldi.
Fortran tili 1954 yilda ishlab chiqilgan. Fortran so`zi inglizcha Formula translator so`zidan olingan bo`lib, formula tarjimonchisi degan ma`noni bildiradi. Fortran tili muhandislik va ilmiy texnik masalalarni yechishga mo`ljallangan dasturlash tili hisoblanadi.
Paskal dasturlash tili Shveysariyalik professor Virt Niklaus tomonidan 1971 yilda yaratilgan bo`lib, 1981 yilda Paskal tilining xalqaro standarti qabul qilingan. Paskal tili jamlovchi mashinani yaratgan fransuz fizigi Blez Paskal xotirasiga quyilgan. Paskal tilidan ilmiy texnik, muhandislik masaalarni yechishda keng ko`lamda foydalaniladi.
Kobol tili 1959 yilda yaratilgan bo`lib, iqtisodiy xarakterga ega bo`lgan masalalarni yechishga mo`ljallangan [1,14,23,24,26,28].

Hozirgi paytda zamonaviy dasturlash tillaridan biri hisoblangan Delphi dasturlash tilidan keng foydalaniladi. Delphi dasturlash tili - bu Windows OT muhitida ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, u 1995-yildа Borland kоmpаniyasi dаsturlаri guruhi Chаk (Chuck) vа Dеnni (Danny) tоmоnidаn yaratilgan. Mazkur dastur o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi. Shu sababdan bugungi kunda Delphi dasturlash tili akademik litsey, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o‘quv yurti fan dasturlariga kiritlgan [6,15,16,24,25,38].


C++ dasturlash tili C tiliga asoslangan. C esa o'z navbatida B va BCPL tillaridan kelib chiqqan. BCPL 1967 yilda Martin Richards tomonidan tuzilgan va operatsion sistemalarni yozish uchun mo'ljallangan edi. Ken Thompson o'zining B tilida BCPL ning ko'p hossalarini kiritgan va B da UNIX operatsion sistemasining birinchi versiyalarini yozgan. BCPL ham, B ham tipsiz til bo'lgan. Yani o'garuvchilarning ma'lum bir tipi bo'lmagan - har bir o'zgaruvchi kompyuter hotirasida faqat bir bayt yer egallagan. O'zgaruvchini qanday sifatda ishlatish esa, yani butun sonmi, kasrli sonmi yoki harfdekmi, dasturchi vazifasi bo'lgan[32,37].
C tilini Dennis Ritchie B dan keltirib chiqardi va uni 1972 yili ilk bor Bell Laboratoriyasida, DEC PDP-11 kompyuterida qo'lladi. C o'zidan oldingi B va BCPL tillarining juda ko'p muhim tomonlarini o'z ichiga olish bilan bir qatorda o'zgaruvchilarni tiplashtirdi va bir qator boshqa yangiliklarni kiritdi. Boshlanishda C asosan UNIX sistemalarida keng tarqaldi. Hozirda operatsion sistemalarning asosiy qismi C/C++ da yozilmoqda. C mashina arhitekturasiga bog'langan tildir. Lekin yahshi rejalashtirish orqali dasturlarni turli kompyuter platformalarida ishlaydigan qilsa bo'ladi[31,35,36].
1983-yilda, C tili keng tarqalganligi sababli, uni standartlash harakati boshlandi. Buning uchun Amerika Milliy Standartlar Komiteti (ANSI) qoshida X3J11 tehnik komitet tuzildi. 1989 yilda ushbu standart qabul qilindi. Standartni dunyo bo'yicha keng tarqatish maqsadida 1990 yilda ANSI va Dunyo Standartlar Tashkiloti (ISO) hamkorlikda C ning ANSI/ISO 9899:1990 standartini qabul qilishdi. Shu sababli C da yozilgan dasturlar kam miqdordagi o'zgarishlar yoki umuman o'zgarishlarsiz juda ko'p kompyuter platformalarida ishlaydi[30,33].
C++ 1980 yillar boshida Bjarne Stroustrup tomonidan C ga asoslangan tarzda tuzildi. C++ juda ko'p qo'shimchalarni o'z ichiga olgan, lekin eng asosiysi u ob'ektlar bilan dasturlashga imkon beradi[34,35,37].
Dasturlarni tez va sifatli yozish hozirgi kunda katta ahamiyat kasb etmoda. Buni ta'minlash uchun ob'ektli dasturlash g'oyasi ilgari surildi. Huddi 70-chi yillar boshida strukturali dasturlash kabi, programmalarni hayotdagi jismlarni modellashtiruvchi ob'ektlat orqali tuzish dasturlash sohasida inqilob qildi[30,31,32,33,34,35,36,37].
C++ dan tashqari boshqa ko'p ob'ektli dasturlshga yo'naltirilgan tillar paydo bo'ldi. Shulardan eng ko'zga tashlanadigani Xerox ning Palo Altoda joylashgan ilmiy-qidiruv markazida (PARC) tuzilgan Smalltalk dasturlash tilidir. Smalltalk da hamma narsa ob'ektlarga asoslangan. C++ esa gibrid tildir. Unda C ga o'hshab strukturali dasturlash yoki yangicha, ob'ektlar bilan dasturlash mumkin. Yangicha deyishimiz ham nisbiydir. Ob'ektli dasturlash falsafasi paydo bo'lganiga ham yigirma yildan oshayapti.
16-Mavzu. Integratsiyalashgan dasturlash muhiti.


Reja: 
1. Integrallashgan dasturiy vositalar. 
2. Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta'minoti

Integrallashgan dasturiy vositalar.


Ushbu turdagi dasturiyvositalar orasida eng keng tarqalganlari ofis dasturlar 
paketi, xususan Microsoft Office (ishlab chiqaruvchi Microsoft)dan iborat. U 
ofisni ishlashida o‘chrashi mumkin bo‘lgan turli-tuman axborotlarni qayta ishlash 
uchun yagona muhit tashkil qiluvchi bir necha ilovalarni o‘ziga oladi. Uning 
tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1. Microsoft Word matnli protsessor; 
2. Microsoft Excel elektron jadvallar; 
3. Microsoft powerpoint taqdimotlarni tayyorlash va namoyish etish paketi;
4. Microsoft Outlook ishni tashkilotchisi va rejalashtiruvchisi; 
5. (SUBD) Microsoft Access ma’lumotlar bazalarni boshqarish sistemasi; 
va boshqalar. 
Yuqorida sanalgan ilovalar integrallashgan. Bu Microsoft Office tarkibiga 
kiruvchi barcha dasturlar ma’lumotlarni qulay almashinish imkoniyatlari borligini 
anglatadi.
Masalan, agar qandaydir davr natijalariga ko‘ra ilyustratsiyaga ega bo‘lgan
moliyaviy hisobot tayyorlash zarur bo‘lsa, u holda ma’lumotlarni Microsoft Excel 
da qayta ishlash uchun Microsoft Access dan import qilish, ular asosida grafik va 
diagrammalar yasash va keyin ularni Microsoft Word da yaratilgan hujjat matniga 
joylashtirish mumkin. Diagrammani siljitish Microsoft Windows almashirish 
buferiga nushalash va ilovaning asosiy menyusi orqali, uskunalar paneli orqali, 
issiq tugmalar orqali yoki sichqonchani o‘ng tugmasiga bosilganda paydo 
bo‘ladigan kontekstli menyu orqali amalga oshirilishi mumkin. Va nihoyat, har 
qanday boshqa obyekt kabi, soddagina bir ilovada sichqoncha yordamida “ushlab” 
va boshqa mos keladigan joyga ("Drag and Drop" tartib) “o‘tkazib” hujjat bilan 
“bog‘lash” mumkin. Microsoft Office ilovalari ixtiyoriy ilovalar orasida har 
qanday ma’lumotlar bilan almashinish imkoniyatini beradi.
Alohida 

obyektlarni bir ilovadan boshqasiga o‘tkazishda oddiy 


nushalash/qo‘yish amallaridan tashqari asl obyektni va uning nushasini bog‘lash 

mexanizmini foydalanish mumkin. Bu holda Excel jadvalida dastlabki 


ma’lumotlarni o‘zgartirishda, ular asosida yasalgan diagramma o‘zgaradi, u bilan 
esa, Microsoft Word hujjatdagi diagrammaning nushasi ham o‘zgaradi. Masalan, 
ma’lumotlarni Access berilganlar bazasidan olinishi mumkin. Ular avtomatik 
yangilanadi va bunday hujjat bilan tanishmoqchi bo‘lgan ixtiyoriy xohlovchilar 
eng oxirgi raqamlarni ko‘radilar.
Microsoft Office oilasi barcha ilovalarga umumiy bo‘lgan uskunalar 
to‘plamiga egadir. Ular to‘g‘ri yozuvni grammatikasini tekshirish, rasm solish 
uchun 

vosita, 
rangli 

sarlavhalarni 
yaratish 
uchun 

uskuna, 
tashkiliy 


diagrammalarning muharriri, matematik formulalarni muharrirlash uchun uskuna, 
fototasvirlar muharriri, rasmlar kutubxonasi va sh.k.larni o‘zi ichiga oladi. 
Bularga, shuningdek uskunalar paneli, hatto Microsoft Office ixtiyoriy ilovasining 
standart elementlari bo‘lgan menyular ham kiradi. 
Microsoft Officening 97 versiyasidan boshlab, unga Microsoft Outlook
ilova kirgan. Bu ilova shaxsiy faoliyatni tashkil etish va rejalashtirish uchun 
uskunadan iborat. Microsoft Outlook elektron pochta, kontaktlar bo‘yicha bazani, 
kalendar va boshqalarni o‘ziga oladi. Lekin, eng asosisiysi – ular bilan ishlashni 
tashkil etuvchisi sifatida chiqib, barcha ilovalarni bog‘laydi. Microsoft Outlook 
yordamida, uning tavsifiga uzatib boruvchi hujjat qo‘shib, uchrashuvni belgilash 
mumkin. Bu, muhokama qilinishi rejalashtiriladigan Microsoft Word formatdagi 
savollar ro‘yxati yoki Microsoft Excel formatdagi natijalar haqidagi hisobot 
bo‘lishi mumkin. Tuzilgan hujjatni elektron pochta bo‘yicha yoki faks-ma’lumot 
ko‘rinishida jo‘natish mumkin.
Microsoft Office, Windows 95 versiyasidan boshlab, operatsion sistema 
bilan integrallashgan va uning barcha imkoniyatlarini foydalaniladilar. Tarmoqli 
operatsion sistmalarda ishlab, Microsoft Office ilovalari bir necha 
foydalanuvchilar birgalikda umumiy hujjat ustida guruhiy ishlashini qo‘llab-
quvvatlaydilar. 
Materillarni 
foydalanish 
imkoniyatlari nafaqat ishchi stansiyaning 
lokal disklarida, balki qo‘shni kompyuter 
yoki tarmoq serverida ham mavjud.
Microsoft Excel elektron jadval yoki 
Microsoft Access ma’lumotlar bazasidan bir 
vaqtni o‘zida bir necha kishi foydalanishi 
mumkin. Microsoft Word bir vaqtni o‘zida turli qismlaridan foydalanishi mumkin 
bo‘lgan 
hujjat 

yaratish 


imkoniyatini 
beradi. 
Microsoft 
PowerPoint 
videoanjumanlar o‘tkazish imkoniyatini beradi. Bunda taqdimot bir vaqtni o‘zida 
barcha anjuman ishtirokchilarning ekranlarida namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, Microsoft Officening barcha ilovalari elektron pochta 


bilan ishlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bir necha foydalanuvchi korrektura qilishi 
talab etiladigan hujjat ustida ishlash mobaynida hujjatni ularga birin-ketin 
jo‘natishi mumkin. Ishtirokchilardan biri tuzatishlarini qilib bo‘lgan zahotiyoq, 
hujjat keyingi kishiga jo‘natiladi. Hujjat barcha ko‘rsatilgan ishtirokchilarni 
aylanib o‘tgandan so‘ng, dastlab jo‘natgan foydalanuvchiga qaytib keladi. Bunda 
barcha belgi va o‘zgartirishlar hamkorlikda ishlagan har bir ishtirokchi uchun 
alohida ranglar bilan akslanadi. O‘zgartirishlarni ko‘rib chiqish va ularning qaysi 
birlarini qabul qilish, qaysilarini bekor qilishni hal etish mumkin. 
Hujjatlarni tayyorlashda ko‘pincha, yoki ma’lumotlar bazasi faylida, yoki 
ma’lumotlar bazasi serverida(bu, masalan Microsoft SQL Server bo‘lishi mumkin) 
axborot zarurati paydo bo‘ladi. Odatda bunday hollarda ODBC

1)
mexanizmini 


qo‘llab-quvvatlovchi maxsus ilova-mijozlar foydalaniladi. U ixtiyoriy ilova – 
mijozdan uning qo‘llab-quvvatlaydigan ixtiyoriy ilova –mijozi orqali ma’lumotlar 
olish imkoniyatini ta’minlaydi. ODBC mexanizmi oilalarga kiruvchi barcha 
ilovalarga kirishi mumkin bo‘lgan Microsoft Office standart elementlarning 
biridan iborat.
Microsoft Office ilovalari funksiyalarni keng to‘plamiga ega bo‘lib, ular 
foydalanuvchilarning 
turli 

toifalariga 


mo‘ljallangan. Lekin, u turli 
foydalanuvchilar talab qiladigan absolyut maxsus funksiyalarning barchasini 
qamrab olishi mumkin emas. Microsoft Office da Microsoft Visual Basic univesal 
dasturlash tili o‘rnatilgan. Uni foydalanib, malakali foydalanuvchi aniq tashkilot 
yoki bo‘limlar talabiga javob beradigan shaxsiy ilovasini yaratishi mumkin. Visual 
Basic tilida bir hil dastur Microsoft Officening ixtiyoriy ilovasidagi obyekt va 
hujjatlarni foydalanishi mumkin.

2. Foydalanuvchining amaliy dasturiy ta’minoti.

Amaliy DT hisoblash texnikasini inson faoliyatining turli sohalarida 
qo‘llashni ta’minlashga mo‘ljallangan.

Amaliy dasturlar – foydalanuvchining aniq masalalarini yechish uchun 


mo‘ljallangan dasturlaridir. Amaliy DT ni vazifasiga: umumiy vazifali, maxsus 
vazifali va kasbiy darajadagi sinflarga ajratiladi


Download 7,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish