Mantiqiy savol
№1
Kripto-aktivlarni huquqiy jihatdan tartibga solish masalalari
Kripto-aktivlar iqtisodiyotimizga yaqinda kirib kelgan tushuncha
hisoblanadi shu bilan milliy qonunchiligimizda ham. Bu borada O`zbekiston
Respublikasining
Prezidentining
“O`zbekiston
Respublikasida
raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlarini to`g`risida”gi qarorlarida ko`rishimiz
mumkin.Ushbu qarorga muvofiq 2019-yil “Kripto-birjalar faoliyatini
litsenziyalash tartibi tog`risida”gi nizom tasdiqlangan. Mazkur nizomda kripto-
aktivga quyidagicha ta`rif berilgan unga ko`ra, kripto-aktiv – qiymatga ega va
egasi bo`lgan blokcheyndagi qaydlar majmuasi hisoblanadi. Ularni ayirboshlash,
sotib olish va sotish uchun elektron maydoncha taqdim etiladigan joy bu kripto-
birja bo`lib unga doir foliyat olib boriladi. Bu faoaliyatni amalga oshirish uchun
maxsus namunaviy litsenziya talab etiladi. Yuqorida keltirilgan nizomga muvofiq
tarzda chet el fuqarolari hamda fuqarolarimiz bu faoliyat bilab shug`illanishlari
mumkin. Misol tariqasida, O`zbekiston hududida Koreya Respublikasining
“Kobea Group” AJ tomonidan tashkil etilgan “UzNEX”(uznex.uz) kripto-birja o`z
faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu faoliyatni litsenziyalash bo`yicha vakolatli organ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha milliy boshqaruv agentligi
hisoblanadi.
“Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi tog`risida”gi nizom ko`ra:
4
O‘zbekiston rezidentlari kriptoaktivlar va tokenlar bilan barcha
turdagi operatsiyalarni milliy valutada (so‘mda) amalga oshirish
huquqiga ega. Biroq norezidentlar kriptoaktivlarni faqat xorijiy
valutaga sotishlari mumkin;
bunda sotib olish obekti sifatida kriptoaktivlarni tanlash va bu
tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining o‘z tavakkalchiligi
asosida bo‘ladi;
shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlar tokenning ta'riflari va u bilan
bir qator operatsiyalarni, jumladan, emissiyani chiqarish,
joylashtirish va ro‘yxatga olishni ham o‘z ichiga olgan;
O‘zbekiston kriptobirjalarida sotiladigan barcha tokenlar mulkiy
ta'minotga ega bo‘lishi kerak. Ta'minlanmagan tokenlarni chiqarish
va joylashtirish taqiqlanadi;
kriptobirjalar o‘zlarining tokenlarini joylashtirgan tashkilotlarni va
ularning mulkiy xavfsizligi bor-yo‘qligini tekshirishlari shart.
Nizomga o`zgartirish kiritilmasdan oldin shu paytgacha kriptovaluta
savdosi bilan shug‘ullanish uchun O‘zbekistonda to‘laqonli huquqiy asoslar
mavjud emas edi. Kriptovaluta savdosi bilan noqonuniy shug‘ullangan fuqarolarga
Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda
olish yoki o‘tkazish) va 190-moddasi (faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish)
bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |