«axborot texnologiyalari» kafedrasi



Download 5,57 Mb.
bet7/7
Sana11.01.2022
Hajmi5,57 Mb.
#340803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Хисоблаш график иши-2021 fevral




28-variant
7 ta ko’pkurashchi sportchilar sportning 5 turi bo’yicha qatnashadilar. Sportning har bir turi bo’yicha sportchi 10 dan 50 gacha ochkolarni to’playdi. Musobaqa nihoyasiga etgandan so’ng har bir sportchi qancha ochko to’plaganligini va o’rtacha qanday natija ko’rsatganligini hisoblang. Har bir sportchining 5 ta turi bo’yicha to’plagan ochkolarini halqasimon (Кольцевая) diagramma ko’rinishida tasvirlang.


Familiyasi, ismi

Qilichboz-lik

Kross

Ot sporti

Suzish

Otish

Ochkolar summasi

O’rtacha natija

Ravshanov T.






















……























29-variant
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan talabalar 5 ta testni bajardilar. Har bir testdan 0 dan 20 balgacha olishi mumkin. Testdan o’tish natijasida agar umumiy bali 55 baldan kam bo’lsa, u holda uning bahosi “2”, 55 dan 70 balgacha “3”, 71 dan 85 balgacha «4» hamda 86 va undan yuqorisi “5” baho bilan baholanadi. Har bir talaba uchun to’plagan balini hisobini bajaring. Bahosini hisoblashda Если funksiyasini qo’llang. Har bir talaba uchun ballar yig’indisini ixtiyoriy diagramma ko’rinishida tasvirlang.

Talabaning familiyasi, ismi

1-test

2-test

3-test

4-test

5-test

Ballar yig’indisi

Bahosi

Aliyev S.






















va hokazo























30-variant

Quyidagi jadvalda kommunal to’lovlar hisobi to’g’risida ma’lumot keltirilgan. Har oyda va yil davomida har bir turi bo’yicha to’langan to’lovlar summasini hisoblang. Har oyda to’langan kommunal to’lovlar summasini diagramma ko’rinishida tasvirlang.




Kommunal to’lovlar hisobi (so’m hisobida)

Oylar

Kvartira to’lovi

Telefon

Elektroenergiya

Summa

Yanvar

25 000

1550

34 000




va hokazo













Mavzu: Mantiqiy funksiyadan foydalanib funksiya grafigini chizish
Ishning maqsadi: Talabalarda Excel dasturida funksiyalarning grafigini chizish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.
Ishni bajarish namunalari
Misol. Quyidagi funksiyaning grafigini chizing.

Funksiya grafigini [-2; 2] oraliqda chizamiz. A1 va A2 yacheykalarga argumentning boshlang’ich x0=-2 va x1 =-1,8 qiymatlarini kiritamiz. So’ngra ikkala yacheykani belgilab, A21 yacheykagacha nusxalaymiz. Funksiyaning grafigini chizish uchun Если funksiyasidan foydalanamiz. Masalan, A1 yacheykada argumentning boshlang’ich qiymati turibdi, demak, B1 yacheykaga quyidagi formula kiritilishi zarur:



=yesli(A1<0;1+A1;yesli(A1>=1;A1^2;exp(A1))).


Hisoblash grafik ishini bajarish uchun variant topshiriqlari




Funksiya



Funksiya

1.

[-1;1]

16.




2.



17.



3.



18.



4.



19.



5.



20.



6.



21.



7.



22.



8.



23.



9.



24.



[-24;24]

10.



25.



11.



26.



12



27.



13.



28.



14.



29.




15.



30.




3-Hisoblash grafik ishi:
Mavzu : Microsoft Access dasturida hisobotlar yaratish
3-hisoblash grafik ishini bajarish uchun namuna

Ma’lumotlar bazasi jadvalini tashkil qilish

Jadvallar – ma’lumotlar bazasining asosiy obyekti hisoblanadi. Ularda ma’lumotlar saqlanadi. Relyatsion ma’lumotlar bazasi bir nechta o’zaro bog’langan jadvallardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish uning jadvalini tuzish bilan boshlanadi. Jadval tuzish uchun oldin uning tarkibini aniqlash kerak bo’ladi. Jadval tarkibini tuzish uchun qanday maydonlar ishlatilishi aniqlanadi.

Masalan, talabalar to’g’risidagi ma’lumotlarni saqlovchi MB jadvalini tuzish uchun dastlab, uning tarkibi, ya’ni qanday maydonlar kerakligi aniqlanadi:

– tartib raqami;

– familiyasi;

– ismi;


– guruhi;

– tug’ilgan yili;

– yashash joyi;

telefoni

– elektron manzili.
Jadval tarkibini tuzish uchun quyidagi buyruqlar ketma-ket bajariladi:

– ma’lumotlar bazasi oynasidan Таблицы obyekti tanlanadi va Создать tugmachasi bosiladi (1-rasm).




1-rasm.
Ekranda hosil bo’lgan Новая таблица muloqot oynasidan jadval tuzish usullaridan biri (конструктор, мастер таблиц, импорт таблиц ва связ с таблицами) tanlanadi (2-rasm).

2-rasm.
Agar Конструктор yordamida jadval tuzmoqchi bo’lsak, u holda ish usulidan Конструктор tanlanadi va OK bosiladi. Ekranda quyidagi jadval tarkibini tuzish oynasi paydo bo’ladi (3-rasm).

3-rasm.
Bu oynaning Имя поля bo’limiga ishlatiladigan maydon nomlari, Тип данных bo’limida maydonlar qanday turdagi ma’lumotlarni saqlashi, Общие bo’limida maydon o’lchamlari ketma-ket aniqlanadi (4-rasm).

4-rasm.
Eslatma. Описание ustun qatorini to’ldirish shart emas, bu ustun odatda maydon to’g’risida qo’shimcha ma’lumot kiritish uchun ishlatiladi.

Matnli maydonlar uchun Access dasturi standart holatda maydon o’lchamini 50 ta belgidan iborat bo’lishini taklif qiladi. Agar maydonga ma’lumot kiritilayotgan vaqtda uning o’lchami yetarli bo’lmasa, uning o’lchamini o’zgartirish mumkin. Buning uchun jadval tarkibi oynasi ekranga chiqariladi, kerakli maydon tanlanadi, Общие bo’limida maydon o’lchami(Размер поля) o’zgartiriladi va saqlanadi. Matnli maydonlar uchun belgilarning maksimal soni 255 tadan oshmasligi kerak.

Barcha maydon nomlari kiritilgandan so’ng, menyuning Файл→Сохранить yoki Файл→Сохранить как… buyruqlari orqali (buni uskunalar majmuasidagi tugmacha yordamida bajarsa ham bo’ladi) jadval tarkibi diskda saqlanadi.

Eslatma. Jadvalni saqlayotganda ОК tugmachasi bosilganda, Access dasturi Ключевые поляni belgilashni taklif qiladi(5-rasm). Bitta jadval bilan ishlashda Ключевые поляni belgilash shart emas, shuning uchun Нет tugmachasi bosiladi. Agar bir nechta bir-biriga bog’liq jadvallar bilan ishlashga to’g’ri kelsa, u holda har bir jadval uchun Ключевые поляni belgilash kerar bo’ladi.

5-rasm.
Ключевые поляni belgilash quyidagicha bajariladi: Имя поля bo’limida maydon nomida sichqonchaning o’ng tugmachasi bo’silada, kontekstli menyudan Ключевое поля buyrug’i tanlanadi(6-rasm) yoki uskunalar majmuasidan tugmachasi bo’siladi.


6-rasm.
Natijada tanlangan maydon oldida kalit belgisi paydo bo’ladi (7-rasm).

7-rasm.
Jadval tarkibi fayli ishga tushirilsa ekranda quyidagi oyna paydo bo’ladi (8-rasm).

8-rasm.
Jadval maydonlari ularga mos yozuvlar bilan to’ldiriladi (9-rasm).



9-rasm.
Barcha ma’lumotlar kiritilgandan keyin, Сохранить tugmachasi bosiladi.


Accessda so’rovlar tashkil qilish

Ko’p hollarda ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan ma’lumotlarni tez izlab topish talab qilinadi. Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni tez izlab topishning asosiy usullaridan biri so’rovlar vositasidir. So’rovlar ma’lumotlar bazasining bitta yoki bir-biri bilan bog’langan bir nechta jadvallaridan ma’lumotlarni tanlash, ular ustida amallar bajarish va natijani jadval ko’rinishda tasvirlash imkonini beradi. Bundan tashqari, so’rovlar yordamida ma’lumotlarni yangilash, yo’qotish hamda mavjud jadval asosida yangi jadval tashkil qilish ham mumkin.


So’rovlar tashkil qilish uchun Запросы→Создать buyrug’i tanlanadi, ekranda Новый запрось oynasi paydo bo’ladi (10-rasm).






10-rasm.
Agar Конструктор yordamida so’rov tuzmoqchi bo’lsak, u holda ish usulidan Конструктор tanlanadi va OK bosiladi. Ekranda quyidagi so’rov tuzish oynasi paydo bo’ladi (11-rasm).


11-rasm.




Bu oynadan Таблицы и запросы tugmachasi bosiladi, jadval nomi tanlanadi(bizning misolimizda 101-B va IK) va Добавить tugmachasi bosiladi. Ekranda tashkil qilingan maydon nomlari ro’yxati chiqadi (12-rasm)



12-rasm.




va Закрыть tugmachasi bosiladi. Ekranda quyidagi oyna paydo bo’ladi (13-rasm).





13-rasm.


So’rov tashkil qilish uchun ekranda hosil bo’lgan oynaning Поле darchasiga navbat bilan maydon nomlari kiritiladi. Имя таблицы darchasida jadval nomi avtomatik ravishda chiqadi. Masalan, talabaning familiyasi, ismi bo’yicha so’rov tashkil qilish uchun, Условие отбора darchasiga [izlab topish] (bu erda kvadrat qavs ichiga ixtiyoriy so’zni yozish mumkin, masalan [OK]) so’zi kiritiladi va fayl ixtiyoriy nom bilan saqlanadi (14-rasm). So’rov tuzish fayli jadval tuzish fayli bilan bir xil nomlanmasligi kerak.







14-rasm.

va darcha yopiladi.


Запрось faylida sichqoncha tugmachasi bosiladi va ekranda Введите значение параметра muloqat oynasi paydo bo’ladi (15-rasm).


15-rasm.




Bu oynada jadvalga kiritilgan ixtiyoriy talabaning familiyasi, ismi kiritiladi, masalan Raximov Baxtiyor (16-rasm)



16-rasm.




va OK tugmachasi bosiladi.


Natijada ekranda so’ralgan talaba to’g’risida ma’lumot paydo bo’ladi (17-rasm).





17-rasm.

Umuman olganda, qolgan maydonlar bo’yicha ham so’rovlar shunday tashkil qilinadi.

So’rovlar tuzishda hisoblashlarni ham bajarish mumkin. Buni quyidagi misol doirasida ko’rib chiqamiz.

Misol. Tashkilotda mavjud kompyuterlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi tuzilsin. Buning uchun quyidagi maydonlar ishlatilishi tavsiya qilinadi.


Maydon nomi(Имя поля)

Ma’lumot tipi

(Тип данных)

Maydon o’lchami

(Размер поля)

Tartib raqami

Счетчик

Длинное целое

Kompyuter turi

Текстовый

20

Sotib olingan yili

Дата/время




Soni

Числовой




Narxi

Числовой




Dastlab yuqorida ko’rsatilganidek ma’lumotlar bazasi jadvali tarkibini tuzamiz (18-rasm) va uni «Kompyuter» nomi bilan saqlaymiz.




18-rasm.

va unga ma’lumotlarni kiritamiz (19-rasm).




19-rasm.

Tuzilgan jadval asosida Конструктор rejimi asosida so’rov tuzamiz (20-rasm).




20-rasm.





21-rasm.

umumiy summasini hisoblash talab qilingan bo’lsin. Buning uchun sichqoncha tugmachasi uskunalar majmuasidagi belgida bosiladi.

Ekranda Построитель выражений muloqot oynasi paydo bo’ladi (22-rasm)


22-rasm.

va unda quyidagi formula kiritiladi (23-rasm): Umumiy summasi:[Soni]*[Narxi]




23-rasm.

va OK tugmachasi bosiladi. Natijada jadvalda yangi «Umumiy summasi» maydoni hosil bo’ladi, bajarilgan hisoblashlar unda aks yetadi (24-rasm).





24-rasm.


Accessda formalar tashkil qilish



Formalar ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlarni ko’rib chiqish uchun ishlatiladi.

Forma ma’lumotlarni kiritish uchun mo’ljallangan maydonlari bo’lgan elektron blank ko’rinishiga ega. Bu maydonlarga kiritilgan ma’lumotlar bevosita ma’lumotlar bazasining jadvaliga qo’shiladi.

Umuman olganda, форма tuzmasdan ham ma’lumotlarni asosiy jadvalga kiritish mumkin. Lekin jadvalga ma’lumotlarni forma orqali kiritish ancha qulaylik tug’diradi. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish uchun turlicha форма tuzish mumkin.

Access dasturi ma’lumotlar bazasiga yangi ma’lumotlarni kiritishning ikki xil usuli mavjud:

– bevosita ma’lumotlar bazasi jadvaliga kiritish;



– maxsus tuzilgan formalar orqali kiritish.

Forma tuzish uchun ФормыСоздать buyrug’i tanlanadi, ekranda Новая форма oynasi paydo bo’ladi (25-rasm).


25-rasm.



Agar foydalanuvchi Мастер форм usulini tanlasa, ekranda quyidagi Создание форм oynasi paydo bo’ladi (26-rasm).

26-rasm.
Доступные поля darchasidan barcha maydon nomlari > yoki >> belgilari yordamida Выбранные поля darchasiga o’tkaziladi (27-rasm). > belgisi maydon nomlarini bir darchadan ikkinchisiga bittadan, >> belgisi esa maydon nomlarini bir darchadan ikkinchisiga birdaniga o’tkazadi.

27-rasm.
Bu oynadan Далее tugmachasi bosiladi va formaning ko’rinishini tanlash oynasi paydo bo’ladi (28-rasm).

28-rasm.
Bizning misolimizda в один столбец ko’rinishi tanlanadi va Далее tugmachasi bosiladi. Ekranda forma uslubini tanlash oynasi paydo bo’ladi (29-rasm).

29-rasm.
Bu oynadan, Стандартный ko’rinishi tanlanadi va Далее tugmachasi bosiladi. Ekranda tuzilgan formaga nom berishni so’rovchi oyna paydo bo’ladi (30-rasm).

30-rasm.

Formaga nom beriladi va Готово tugmachasi bosiladi va ekranda jadvalga yangi ma’lumotlarni kiritish uchun blank paydo bo’ladi (31-rasm).

31-rasm.
Quyida Запись darchasidagi ko’rsatgichlarning vazifalari keltirilgan(32-rasm).

keyingi yozuvga o’tish

oldingi yozuvga o’tish





yangi yozuvga o’tish

oxirgi yozuvga o’tish

1-yozuvga o’tish
`

32-rasm.
Tuzilgan formaga yangi ma’lumot kiritiladi (33-rasm) va oyna yopiladi.

33-rasm.

Kiritilgan ma’lumot (6-yozuv) avtomatik ravishda tuzilgan jadvalga borib qo’shiladi (34-rasm), buni jadvalni ochib ko’rib ishonch hosil qilish mumkin.

34-rasm.

Accessda ma’lumotlar bazasidan hisobot tashkil qilish

Ma’lumotlar bazasining yana bir asosiy obyektlaridan biri hisobot hisoblanadi. Ma’lumotlar bazasi fayli yaratilgandan keyin hamma tushuntirishlar va ko’rsatmalar bilan berilgan hisobot tuzish lozim bo’ladi. Hisobot – bu ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasida ishlashdan hosil bo’lgan natijalardan foydalanish va tahlil qilish uchun yaroqli holda hujjat ko’rinishg keltirish demakdir. Hisobotda har xil ko’rinishdagi ma’lumotlar aks ettirilishi mumkin.



Hisobot tuzish uchun ОтчетыСоздать buyrugi tanlanadi, ekranda Новый отчет oynasi paydo bo’ladi (35-rasm).

35-rasm.
Bu oynadan hisobot tuzish usuli aniqlanadi (masalan, Мастер отчетов) va OK tugmachasi bosiladi, ekranda hisobot tuzish oynasi Создание отчетов paydo bo’ladi(36-rasm).

36-rasm.
Доступные поля darchasidan barcha maydon nomlari >> belgisi yordamida Выбранные поля darchasiga o’tkaziladi (37-rasm)

37-rasm.
va Далее tugmachasi bosiladi. Ekranda quyidagi hisobot tuzish oynasi paydo bo’ladi (38-rasm), bu oynada hisobotning korinishi tanlanadi. Masalan, oynaning Макет bo’limidan табличный, Ориентация bo’limidan альбомная tanlanib, Далее tugmachasi bosiladi.


38-rasm.
Ekranda hisobotning uslubini tanlash oynasi paydo bo’ladi (39-rasm). Bu oynadan ixtiyoriy, masalan Полужирный uslubi tanlanadi va Далее tugmachasi bosiladi.

39-rasm.
Ekranda hisobotga nom berish oynasi paydo bo’ladi(40-rasm). Задайте имя отчета oynasida hisobotning nomi kiritiladi va Далее tugmachasi bosiladi.

40-rasm.

Natijada ekranda hisobot ko’rinishi paydo bo’ladi (41-rasm).



41-rasm.

3-hisoblash grafik ishini bajarish uchun variant topshiriqlari
1. Guruh talabalari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida talabaning kodi, familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan yili, yashash joyi, telefoni, elektron manzili maydonlari ishlatilsin.

2. Guruh talabalari o’zlashtirishi to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yakuniy nazorat topshirgan fanlari maydonlari ishlatilsin.

3. Institut xodimlari ish haqi to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida xodimning familiyasi, ismi, maoshi, nafaqa fondi, daromad solig’i, qo’lga oladigani va imzosi maydonlari ishlatilsin.

4. Yakuniy nazoratlar jadvali to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, fanlar(Informatika, oliy matematika, fizika), imtihon kuni, vaqti maydonlari ishlatilsin.

5. Tashkilotda mavjud texnik vositalar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, texnik vositalar nomi, soni, sotib olingan yili va summasi maydonlari ishlatilsin.

6. Qurilayotgan obyektlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, qurilayotgan obyekt nomi, manzili, qurayotgan tashkilot nomi, ishga tushirilish vaqti maydonlari ishlatilsin.

7. Talabalar stipendiyasi to’g’risida axborotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, talabaning familiyasi, ismi, summasi maydonlari ishlatilsin.

8. Samarqand shahridagi tarixiy yodgorliklar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, yodgorliklar nomi, qachon qurilgan, kim tomonidan qurilgan va manzili maydonlari ishlatilsin.

9. Samarqand shahrini boshqa shaharlar bilan bog’laydigan aviareyslar to’g’risida axborotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, marshrut nomi, uchish kunlari, uchish vaqti, bilet narxi maydonlari ishlatilsin.

10. Samarqand shahrini boshqa shaharlar bilan bog’laydigan temir yo’l reyslari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, marshrut nomi, kunlari, vaqti, bilet narxi maydonlari ishlatilsin.

11. Samarqand shahridagi telefonlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida telefon nomeri, familiyasi, ismi, otasining ismi, manzili maydonlari ishlatilsin.

12. Institut professor-o’qituvchilari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida xodimning kodi, familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, tug’ilgan yili, yashash joyi, telefoni va elektron manzili maydonlari ishlatilsin.

13. Qurilish tashkiloti xarajatlari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida tartib raqami, material nomi, material yetkazib beruvchi tashkilot nomi, soni, narxi tug’ilgan joyi, yashash joyi maydonlari ishlatilsin.

14. Diskdagi fayllar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida papka nomi, fayl nomi, kengaytmasi, o’lchami, tashkil qilingan sanasi, vaqti va oxirgi o’zgartirilgan vaqti maydonlarini kiriting.

15. Respublikamiz viloyatlari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida viloyatlar nomi, markazi, maydoni, aholisi soni, asosiy ishlab chiqarish maydonlari ishlatilsin.

16. Asaka zavodida avtomobillar ishlab chiqarish to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida avtomobillar turi, bahosi, qachondan ishlab chiqariladi, jami nechta ishlab chiqarilgan maydonlari ishlatilsin.

17. Mehnat birjasi to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida ishga kiruvchi xodimning familiyasi, ismi, pasport nomeri, mutaxassisligi, lavozimi, ma’lumoti, oxirgi ish joyi, oilaviy ahvoli, yashash sharoiti, bog’lanish telefoni, ishga bo’lgan talabi, qo’shimcha ma’lumotlar maydonlari ishlatilsin.

18. Respublikamizning yirik shaharlari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida shaharlar nomi, qaysi viloyatda joylashganligi, aholisi soni maydonlari ishlatilsin.

19. Respublikamizning aholisining tarkibi to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida millatlar nomi, soni, umumiy aholining necha foizini tashkil qilishi maydonlari ishlatilsin.

20. Dunyo qit’alari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida qit’alar nomi, maydoni, aholisi soni, davlatlar soni maydonlari ishlatilsin.

21. Dunyoning aholisi ko’p davlatlari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida davlatlar nomi, poytaxti, maydoni, aholisi soni maydonlari ishlatilsin.

22. Mustaqil hamdo’stlik davlatlari to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida davlatlar nomi, poytaxti, maydoni, aholisi soni, asosiy ishlab chiqaradigan mahsuloti maydonlari ishlatilsin.

23. Operatsion tizimlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida operatsion tizim nomi, qaysi firma tomonidan ishlab chiqilgan, qachon yaratilgan maydonlari ishlatilsin.

24. Bibliotekadagi kitoblar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida bo’limlar, kitobning nomi, nashr qilingan yili, nashriyot nomi, nashr qilingan joyi, tili, bahosi, betlar soni, saqlanish joyi maydonlari ishlatilsin.

25. Institutdagi kompyuterlar to’g’risida ma’lumotlarni saqlovchi ma’lumotlar bazasi faylini tuzing. Ma’lumotlar bazasida kompyuter turlari, sotib olingan yili, narxi, soni, umumiy summasi maydonlari ishlatilsin.

4-Hisoblash grafik ishi:
Mavzu : Paskal tilida murakkab toifalar qatnashadigan masalalarni dasturlash
Ishning maqsadi: Paskal tilida murakkab toifalar qatnashadigan masalalarga oid dastur tuzishni o’rganish.



Hisoblash grafik ishini bajarish tartibi quyidagicha:

a). Masalaning qo’yilishi;

b). Hisoblash algoritmi(blok-sxema ko’rinishida)ni tuzish;

c). Paskal tilida dastur tuzish;


Massiv tushunchasi. Bir nom bilan ataluvchi tartiblangan o’zgaruvchilar ketma-ketligiga massivlar deb ataladi. Massivlar elementlar deb ataluvchi bir turdagi o’zgaruvchilarning tartiblangan chekli yo’nalishini tasvirlash uchun ishlatiladi. Har bir element o’z indeksiga ega bo’ladi. Massivni tashkil etgan elementlar to’plami indekslarning qiymati bo’yicha tartiblanadi. Indekslar kvadrat qavs ichiga olib yoziladi. Masalan X[5], Y[5,6] va hokazo.

Umumiy holda bir o’lchovchi massivlarni tasvirlash quyidagi ko’rinishida beriladi:

V:array[m..n] of T;

bu yerda V-massiv nomi, m va n-mos ravishda massivning quyi va yuqori indeksining o’zgarish chegarasi, T-massiv tipi.

Masalan: 50 ta elementdan iborat A massiv quyidagicha tasvirlanadi:

Var A:array[1..50] of real;

Indeks o’zgarishining chegarasini butun tipli o’zgarmas bilan tasvirlash mumkin.

Masalan: Const max=50;



Var A:array[1..max] of real;

Indekslar turi real va integer dan tashqari boshqa oddiy turlar ham bo’lishi mumkin, chunki massivlar cheklangan elementlar sonidan iborat bo’ladi.

Massiv elementlarini kiritish va chiqarish amallari sikl(for), kiritish(read) va chiqarish(write) operatorlari orqali amalga oshiriladi.

Masalan: 50 ta elementdan iborat A massiv elementlari quyidagicha kiritiladi:

for i:=1 to 50 do

read(a[i]);

Massiv elementlarni chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi:

for i:=1 to 50 do

write(b[i]);

Ikki o’lchovli massiv va ularni tasvirlash. Paskal tilida bir o’lchovli massivlardan tashqari ko’p o’lchovli massivlardan ham foydalaniladi. Ular ichida eng ko’p tarqalgani ikki o’lchovli massivlar, ya’ni matrisalar yoki to’g’ri burchakli jadvallardir.

Ikki o’lchovli massivlar satr va ustun elementlaridan iborat, ularning elementlari ikkita indeks orqali ifodalaniladi. Bu indekslarning biri shu elementni satr bo’yicha o’rnini, ikkinchi indeks esa ustun bo’yicha o’rnini ko’rsatadi. Ikki o’lchovli massivlarni ifodalash ham bir o’lchovli massiv kabi amalga oshiriladi. Ikki o’lchovli massivni tasvirlashda indekslarning o’zgarishi vergul bilan ajratiladi.

Umumiy holda ikki o’lchovli massiv quyidagicha tasvirlanadi:

Var C:array[m..n, k..l] of T;

bu yerda C-massiv nomi, m,k va n,l lar mos ravishda massivning quyi va yuqori indekslari, T-massiv tipi.

Masalan:


Var C:array[1..5, 1..10] of real;

Ikki o’lchovli massivlar elementlarini kiritish yoki chiqarish quyidagicha amalga oshiriladi. Masalan,



A matrisa(i,j=1…3) elementlari quyidagicha kiritiladi:

for i:=1 to 3 do



for j:=1 to 3 do

read(a[i,j]);

V matrisa(i,j=1…3) elementlari quyidagicha chiqariladi:

for i:=1 to 3 do



for j:=1 to 3 do

write(b[i,j]);

3-hisoblash grafik ishini bajarish uchun namuna
1-misol. x(5; 3,5; -7,5) va y(-4,3; 1; 0,66) vektorlar berilsa, quyidagini hisoblang:



1. Blok–sxemasini tuzamiz:

2. Paskal tilida dasturini tuzamiz:

Program lab4(input, output);

var i, j:integer;

x,y: array[1..3] of real;

z:array[1..3,1..3] of real;

begin

for i:=1 to 3 do read(x[i]);

for j:=1 to 3 do read(y[j]);

for i:=1 to 3 do

begin

for j:=1 to 3 do

begin

z[i,j]:=sqrt(abs(x[i] )-y[j] )*ln(abs(x[i]*y[j])/4,8);

write(‘z[i,j]=’z[i,j]);

end;

end;

end.

3-hisoblash grafik ishini bajarish uchun variant topshiriqlari
1-variant

x(0,5; 2,3; 4) vektor berilgan bo’lsa, ni hisoblang.

2-variant
berilgan bo’lsa, ni

hisoblang.


3-variant

bo’lsa, ni hisoblang.



4-variant

x=(0,4; 2,3; 8,7) va y=(0,48; 2,6) berilgan bo’lsa, ni

hisoblang.
5-variant
berilgan bo’lsa, ni hisoblang.

6-variant

bo’lsa, ni

hisoblang.


7-variant

berilgan bo’lsa,

ni hisoblang.

8-variant
berilgan bo’lsa, ni

hisoblang, bu yerda a=5 va b=-6.


9-variant
berilgan bo’lsa, ni

hisoblang.


10-variant

berilgan bo’lsa, ni

hisoblang.


11-variant

Agar bo’lsa, ni hisoblang.


12-variant
Agar berilgan bo’lsa,

ni hisoblang.
13-variant
Agar berilgan bo’lsa,
ni hisoblang.
14-variant

berilgan bo’lsa,

ni hisoblang, bu yerda .
15-variant
berilgan bo’lsa,

ni hisoblang.
16-variant

A-matrisa berilgan bo’lsa, ya’ni , A-matrisaning normasini hisoblang:
17-variant
Hisoblang:


18-variant
bo’lsa, ni hisoblang.
19-variant


20-variant
matrisa berilgan bo’lsa, shunday B matrisani tuzingki, uning elementlari quyidagi formula bo’yicha topilsin:

21-variant
vektorlar berilgan bo’lsa, quyidagini hisoblang: , bu yerda a=5.
22-variant

x(1; 2,4; -0,5) va z(4,3; 2,7; 6,9) vektorlar berilgan bo’lsa, quyidagini hisoblang:

bu yerda α=2; i, j=1,..3
23-variant
z(4,5; 8,7; 4,9) va y(6,8; 5,43; 4,7; 6,8) vektorlar berilgan bo’lsa, quyidagini hisoblang:

24-variant
x(0,4; 1,8; 1,7; 3,9) va y(1,3; 2,5; 0,8; 5,8) vektorlar berilgan bo’lsa, quyidagini hisoblang:
i, j=1,…4
25-variant
Hisoblang:

bu yerda


26-variant
x(1,4; 2,8; 2,7; 4,9) va y(3; 5; 8; 8) vektorlar berilgan bo’lsa, quyidagini hisoblang:
i, j=1,…4
27-variant
berilgan bo’lsa,

ni hisoblang.
28-variant
x(5; 3,5; -7,5) va y(-4,3; 1; 0,66) vektorlar berilsa, quyidagini hisoblang:



29-variant
Agar berilgan bo’lsa,

ni hisoblang.
30-variant

berilgan bo’lsa,

ni hisoblang, bu yerda .

Foydalaniladigan adabiyotlar
1. Abdullayev Z.S. va b. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma.

T.: Noshir, 2012. 400-b.

2. Gulomov S.S., Begalov B.A. Informatika va axborot texnologiyalari. Toshkent,

Fan, 2010, 686 b.

3. Informatika(Professor N.V. Makarova tahriri ostida). Oliy o’quv yurtlari uchun

darslik. Toshkent-«Talqin»- 2005.

4. A r i p o v M.M. va boshqalar. Informatika. Axborot texnologiyalari. T., 2002 y.

5. Gunasekaran A., Sandhu M. (Eds) Yandbook on Busines Information Systems.

World Scientific Publishing Company – 2010, 960 p.

6. Nazarov U.A. Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash

texnologiyalari. SamDAQI. Uslubiy ko’rsatma. 2014, 32 bet.

7. Nazarov U.A., Shaimov K.M. Excel 2007 elektron jadvalida ma’lumotlarni qayta

ishlash. SamDAQI. Uslubiy ko’rsatma. 2015, 68 bet.

8. Nazarov U.A. Paskal tilida murakkab toifalar qatnashadigan masalalarni

dasturlash. SamDAQI. Uslubiy ko’rsatma. 2011, 24 bet.

1-ilova

HISOBLASH GRAFIK ISHINING TITUL VARAG’I

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI




MIRZO ULUG’BEK nomidagi

SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA–QURILISH

INSTITUTI




«AXBOROT TEXNOLOGIYALARI» KAFEDRASI


«Qurilishda axborot texnologiyalari»

fanidan
HISOBLASH GRAFIK ISHLARI

Bajaruvchi: 101-BIK guruhi talabasi

Axmedov H.K.


O’qituvchi: dotsent Nazarov U.A.

S a m a r q a n d 2017

MUNDARIJA



Mavzu nomi

betlar

1.

Kirish

5

2.

Hisoblash grafik ishi tuzilmasi

6

3.

1-hisoblash grafik ishi

7

4.

2-hisoblash grafik ishi

11

5.

3-hisoblash grafik ishi

24

6.

4-hisoblash grafik ishi

33

7.

Foydalaniladigan adabiyotlar

52

8.

1-ilova

53

Download 5,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish