Excel da iqtisodiy masalalarni yechilishi
Korxonaning xizmat safari xarajatlari
N
|
Boriladigan joy
|
Yo’l
narxi
|
Kunlar
soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami harajat
|
|
Toshkent
|
8000
|
5
|
150
|
4
|
|
|
Buxoro
|
8600
|
4
|
150
|
5
|
|
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
|
|
Moskva
|
17800
|
10
|
510
|
6
|
|
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
|
Mazkur masala uchun “Jami harajat” ustuni quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
= (2* “yo’l narxi” + “Kunlar soni” * “Kunlik harajat” )* “Kishilar soni”
Yechish:
Jadvalning A1 katagiga jadval mavzusini bildiruvchi matnni kiritamiz:
Korxonaning xizmat safari xarajatlari
kiritilgan matn masalamiz uchun tuzilayotgan jadval o’rtasiga keltirilishi uchun quyidagicha ish yuritamiz:
- matn yozilgan katakdan boshlab o’ng tarafga ushbu masalani yechish uchun kerakli sondagi ustunlar ajratiladi (bizning xolda 7ta);
- “Glavnaya” nomli vkladkadagi “Viravnivaniye” nomli uskunalar panelidan “birlashtirish va markazga joylashtirish” buyrug’ini bildiruvchi tugmani bosamiz.
2. Ikkinchi satrdan boshlab, jadvalimiz ustunlari nomlarini kiritamiz:
N
|
Boriladigan joy
|
Yo’l
narxi
|
Kunlar
soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami xarajat
|
3. Agar jadvalimiz ustunlari nomlari kataklarga sig’masa yoki katak kenglik qilsa, u xolda ustunlar kengligini kerakli mikdorda o’zgartirishimiz mumkin. Buning uchun, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida EJ ustunlari nomlari yozilgan satrdagi ustunlarni ajratib turuvchi vertikal chiziqlarni ushlagan xolda (chiziq ustiga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilganda u o’z ko’rinishini o’zgartiradi), kerakli tarafga xarakatlantiramiz.
4. Kataklarni boshlang’ich ma’lumotlar bilan to’ldiramiz:
|
Toshkent
|
800
|
5
|
150
|
4
|
|
Buxoro
|
860
|
4
|
150
|
5
|
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
|
Moskva
|
17800
|
10
|
510
|
6
|
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
5. Jadvalimizning oxirgi ustuniga (bizning xolda F2)natijani hisoblash formulasini
=(2*C2 + D2 * E2) *F2
teramiz va Enter tugmasini bosamiz.Shundan so’ng F2 katagida hisoblash natijasi paydo bo’ladi. Jadval ko’rsatkichini F2 katagiga keltirsak dasturning formulalar satrida kiritgan formulamiz ifodalanib turadi.
Qolgan satrlarda xam shu formula asosida hisoblashlar bajarishimiz kerak. Buning uchun, jadval ko’rsatkichini F2 katagiga keltirib, uning o’ng past burchagidagi nuqtani sichqoncha yordamida ushlaymiz va natijasi hisoblanishi kerak bo’lgan oxirgi qatorgacha sudrab olib borib qo’yib yuboramiz. Bu bilan qolgan kataklarga xam shu formula tahsir etadi va natijalar mos kataklarda xosil bo’ladi.
6. Natijada quyidagi jadvalni hosil qilamiz.
N
|
Boriladigan joy
|
Yo’l
narxi
|
Kunlar
soni
|
Kunlik harajat
|
Kishilar soni
|
Jami harajat
|
|
Toshkent
|
800
|
5
|
150
|
4
|
94000
|
|
Buxoro
|
860
|
4
|
150
|
5
|
11600
|
|
Kiev
|
18600
|
12
|
480
|
4
|
171840
|
|
Moskva
|
11080
|
10
|
510
|
6
|
244200
|
|
London
|
85000
|
15
|
1050
|
5
|
928750
|
Nazorat uchun savollar
MS Excel dasturi oynasi tuzilishini aytib bering.
Ish kitobi nima?
Yacheykadagi ma’lumot ustida qanday amallar bajarish mumkin?
Formulalar satrining vazifasi nima?
Formula qanday hosil qilinadi?
Funksiyalar ustasining vazifasi nima?
Tayyor bo’lgan jadval ko’rinishidagi hujjatni qanday chop etiladi?
Ma’ruza 9. MS Power Point 2010da dinamik taqdimotlar yaratish. Shablon, dizaynlar, fonlar va animatsiyalar bilan ishlash.
Reja
Asosiy tushunchalar
MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish
Animatsiyalarni yaratish va ular bilan ishlash
Taqdimotni o’tishlar (Perexodi) va mavzular (Temi) bilan boyitish
Taqdimotga bo’lim(Razdel)lar qo’shish
Tayanch iboralar: slayd, animatsiya, perexodi, temi, razdel.
Asosiy tushunchalar
Faraz qiling, Siz odamlar bilan to’la majlislar zalidasiz. Shu yerdan turib o’zingizning yangi fikrlaringizni bo’lg’usi mijozlaringizga etkazish uchun imkoniyat paydo bo’ldi. Ushbu imkoniyatni amalga oshirishda MS Power Point yordamga keladi. Bu dasturxar xil video-klip va animatsiyalardan foydalanib taqdimot yaratish orqali, o’z fikringizni tushunarli qilib yetkazib berish imkoniyatini beradi.
Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda reklamalarga juda keng e’tibor berilmoqda. Reklamalarning har xil ko’rinishlari: sahifalar, e’lonlar, tele- va radio reklamalar sizga ma’lum. Bugungi kunda kompyuter - reklamalarini yaratish va tarqatish bo’yicha eng kuchli vositaga aylandi.
Reklama namoyishini yaratish bu ko’p vaqtni talab qiladigan, juda muhim va ma’suliyatli jarayondir. Bu o’rinda sizdan talab qilinadigani rasmlar, animatsiya (harakat), qisqa matnlardan iborat senariyni o’ylab topishdir. Namoyish(prezentatsiya)lar va slayd-filmlar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi - MS Power Point dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sizga sifatli namoyishlar yaratish imkonini beradi.
Zamonaviy kompyuter va proektorlardan foydalangan holda seminarlar, konferensiyalar, bitiruv ishlari himoyalari xamda o’quv jarayonida namoyishlardan foydalanish oddiy holga aylandi.
Namoyish – bu MS Power Point yordamida yaratilgan, bitta faylda saqlanuvchi va ularni ko’rsatish ekranda amalga oshiriladigan slaydlar va maxsus effektlar to’plamdan iborat bo’lib, tarqatma material, ma’ruza rejasi yoki konspekt shaklida bo’lishi xam mumkin.
Slayd esa namoyishning aloxida sahifasi (kadri) bo’lib, unda sarlavha, matn, grafik, diagramma va boshqa ma’lumotlar joylashgan bo’lishi mumkin. MS Power Point yordamida yaratilgan slaydlarni printer yordamida chop etish yoki maxsus agentliklarda 35-millimetrli fotoplyonkalarga o’tkazib olish mumkin.
Animatsiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yig’indisidan iborat.
Tarqatma material deb namoyish slaydlarini bitta sahifaga ikki, to’rt yoki oltitadan qilib chop etib anjuman qatnashchilarga tarqatish uchun tayyorlangan materialga aytiladi.
Slaydlarga MS Power Point 2010damavjud bo’lgan ma’ruza mavzusiga mos fon tasviri uchun mo’ljallangan Dizayn mavzusi yoki ranglar jilosi o’rnatish orqali taqdimotni boytish mumkin.
Yaratilgan taqdimotni MS Power Point 2010 va undan avvalgi laxjalarida ochish va tahrirlash imkonini beruvchi - .pptx (.ppt), MS Power Point 2010 dasturisiz ishlay oladigan DemonstratsiyaPower Point - .ppsx (.pps), chop etilgan hujjat shaklida - .pdf, shuningdek xar bir sahifasini rasm shaklida - .jpeg, .gif va .tiff xamda video fayl shaklida - .WMV formatlarida saqlash imkonini beradi.
MS Power Point 2010 oynasibilan tanishish
MS Power Point 2010 oynasiko’rinishi oddiyva sodda bo’lib, unda professional darajadagi taqdimotlar yaratishga kerak bo’ladigan barcha vosita(instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida to’qqiz guruhga bo’lingan vkladkalar mavjud bo’lib, ularda:
Fayl – fayl yaratish, ochish, saqlash, chop etish, ma’lumot olish
Glavnaya – slaydlar, almashishlar buferi, shriftlar, abzatslar, chizmalar, qidirish va almashtirish
Vstavka – slaydga jadval, tasvir, illyustratsiya, gipermurojaat, matn, belgi va multimediyalar joylash
Dizayn – slayd sahifasi parametrlari, mavzulari va fonini tanlash
Perexodi – bir slayddan boshqasiga o’tish, slaydni ko’rsatish vaqti va tovush o’rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko’rish
Animatsiya – slayd o’byektlariga harakat, qo’shimcha harakat, slaydni ko’rsatish vaqtini o’rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko’rish
Pokaz slaydov – taqdimotni boshidan yoki kelgan joyidan namoyish qilish va ularni sozlash
Retsenzirovanie – to’g’ri yozilganligini tekshirish, mtn yozilgan tilni o’zgartirish va izohlar o’rnatish
Vid – taqdimotni ko’rish rejimini o’zgartirish, bir nechta oynalar bilan ishlash
va boshqa amallarni bajarish buyruqlari jamlangan.MS Power Point oynasiningish sohasida yangi taqdimot yaratish uchun odatiy qabul qilingan slaydning maketi bilan birga slaydga eslatmalar joylashtirish (zametki k slaydu) darchasi, tasmasida Glavnaya deb atalgan vkladkaga o’rnatilgan vosita(instrument)lar panellari nomlari va elementlari, quyi o’ng tarafida slaydlar bilan ishlash rejimlari va slayd masshtabi, chap tarafida barcha yaratilgan slaydlarning kichraytirilgan shakli ko’rinib turadi.
MS Power Point 2010oynasi tarkibi
MS Power Point 2010 oynasidagi Fayl vkladkasini tanlash orqali, yaratgan taqdimotingiz faylini boshqaruv elementlari yordamida namoyish uchun tayyorlashingiz mumkin. Bundan tashqari taqdimotdan foydalanishi imkoniyatini cheklash va uni himoyalashni amalga oshirish mumkin. Agar taqdimotga multimediya, ya’ni audio- va video- fayllari o’rnatilgan bo’lsa, u holda ularni zichlashtirgan holda saqlash orqali disk hotirasini tejash imkoniyatidan foydalanish mumkin.
Yangi taqdimot yaratish va uni saqlash, boshqa taqdimotni ochish, tarqatma materiallar tayyorlash va slaydlarni chop etish kabi amallar xam Fayl vkladkasi yordamida bajariladi.
Animatsiyalarni yaratish va ular bilan ishlash
MS Power Point 2010da ob’ektlarga o’rnatiladigan animatsiyalar avvalgilariga nisbatan birmuncha yangilangan va to’ldirilgan. Slaydlardagi animatsiyali xarakatlar jonli kabi amalga oshiriladi.
Animatsiyalar to’rt turga bo’lingan bo’lib, ular ob’yektning slaydga kirib kelishi – Vxod, slaydda ajralib ko’rinishi – Videlenie, slayddan chiqib ketishi – Vixod xamda slayd bo’ylab biror yo’nalish bo’yicha harakat qilishi – Puti peremesheniya kabilardir.
Bitta ob’yektga bir nechta animatsiya o’rnatish mumkin. Buning natijasida taqdimot tinglovchiga yanada tushunarli bo’lishiga erishiladi. Animatsiyaning boshlanishi, harakat chegaralari va qo’shimcha parametrlari, shuningdek ularni bajarilish tartibini almashtirish kabi amallarni xam bajarish mumkin.
MS Power Point 2010da yangi animatsiyalar o’rnatish
MS Power Point 2010 Animatsiya po obraztsu funksiyasiga ega bo’lib, uning vazifasi biror ob’yektga o’rnatilgan animatsiya nusxasini boshqa ob’yektga xam qo’llashdan iborat. Ya’ni boshqa ob’yektga shu animatsiyani boshqatdan o’rnatib o’tirmasdan uning nusxasini qo’llash mumkin.
Endi slayddagi xar bir ob’yektga animsiya o’rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko’rsatib o’tamiz.
Animatsiya o’rnatiladigan slaydga o’ting.
Animatsiya o’rnatiladigan ob’yektni tanlang.
Animatsiya vkladkasidagi animatsiya panelndan biror animatsiyani tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating.
Parametri effektov tugmasi yordamida unu yanada takomillashtitishga harakat qiling.
Agar bu animatsiya sizni qanoatlantirmasa shu o’byektga qo’shimcha boshqa animatsiyalardan bir yoki bir nechtasini qo’llashingiz mumkin.
Buning uchun animatsiya vkladkasidagi Dobavit animatsiyu tugmasini bosing. Animatsiya ko’rinishlari ifodalangan oyna ochiladi.
Sichqoncha ko’rsatkichi bilan biror animatsiya ko’rinishini tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating. Maqul bo’lgan harakatni qoldiring va navbatdagi harakatga o’ting.
Shu yerning o’zida tasmadagi Parametri effektov tugmasi yordamida animatsiyaga qo’shimcha harakatlar kiritishingiz mumkin.
Taqdimotni o’tishlar (Perexodi) va mavzular (Temi) bilan boyitish
Agar siz anchadan buyon taqdimotlar yaratish bilan shug’ullanib yurgan bo’lsangiz, u holda bir slaydni yopib boshqasini ochish uchun o’tishlar (Perexodi) ishlatilishidan xabaringiz bo’lsa kerak. Bu ishni MS Power Point 2010dayanada jonliroq chiqishiga katta e’tibor berilgan.
Bir slayddan boshqasiga o’tish vaqtida tovush chiqarish (masalan: qarsaklar, suvni shildirashi va boshqalar) effektidan foydalanish ayrim hollarda tinglovchilarda yaxshi fikrlar pado bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Bunday o’tishlarni xar bir slaydga alohida yoki barcha slaydlarga birvarakayiga joylashtirish mumkin.
MS Power Point 2010da bir slayddan boshqasiga o’tishlar o’rnatish
Endi bir slayddan boshqasiga o’tish effektini o’rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko’rsatib o’tamiz.
Bir slayddan boshqasiga o’tish effektini o’rnatmoqchi bo’lgan taqdimotingizni oching.
Tasmaning Perexodi vkladkasidagi Perexod k etomu slaydu panelidagi o’tishlar ko’rinishlaridan birortasini tanlang.
O’zingizga yoqqan o’tishlardan birortasini tanlamaguningizcha yuqoridagi ishni takrorlayvering.
Tanlagan o’tishingizga qo’shimcha parametrlar kiritish uchun Parametri effektov tugmasidan foydalaning.
Agar o’tishga qo’shimcha ravishda tovush effekti joylashtirmoqchi bo’lsangiz, u holda tasmadagi Zvuk tugmasida joylashgan biror tovushdan foydalanishingiz mumkin. Quyidagich tovushlar mavjud: qarsaklar, baraban, blaster, shamol, granata, portlash va hokazo.
O’tish vaqtini o’zgartirish uchun Dlitelnost tugmasidan foydalaning.
Shu tanlagan o’tish effekti va uning parametrlarini barcha slaydlar uchun birday bo’lishini xoxlasangiz Primenit ko vsem tugmasini tanlang.
O’tishlardan birini o’rnatganingizdan so’ng, uni yana bir bor ijro etib ko’ring. Buning uchun tasmadagi Perexodi vkladkasining Prosmotr tugmasini bosish kerak. Tanlagan xatakatingiz sizni qoniqtirsa navbatdagi slaydga o’tib yuqorida keltirilganlarni takrorlash kerak. Agar shu tanlagan xarakatingizni xamma slaydlar uchun umumiy bo’lishini xoxlasangiz 7 punktda keltirilgan amalni bajaring.
Taqdimotga bo’limlar qo’shish
Odatda taqdimot yaratilayotganida undagi namoyish etiladigan mavzu bir nechta kichik mavzuchalarga bo’linib tayyorlanadi va bitta fayl sifatida saqlanadi. Chunki xar bir kichik mavzuni alohida faylda saqlash ma’lum noqulayliklar keltirib chiqaradi. Masalan, xar bir mavzuchani alohida MS Power Point 2010da namoyish etiladi, o’tib bo’lingan mavzuchaga qaytish kerak bo’lsa uni faylini topish kerak va hokazo. Shuning uchun, bitta faylda saqlanayotgan taqdimotni alohida mavzuchalarini yangi bo’lim(Razdel)larda saqlansa uni namoyishi vaqtida bir bo’limdan boshqasiga o’tish qiyinchilik tug’dirmaydi.
Taqdimot namoyishida boshqa bo’limga o’tish
Rasmda ko’rinib turganidek, taqdimot namoyishi vaqtida kontekst menyuni ochib Pereyti k razdelu orqali avvaldan tayyorlab qo’yilgan bo’limlardan biriga o’tish osonlik bilan bajariladi.
Taqdimotni bo’limlarga bo’lish uchun amalga oshiriladigan ishlar ketma-ketligini ko’rsatib o’tamiz.
Bo’lim boshlanishi kerak bo’lgan slaydni tanlang.
Tasmadagi Glavnaya vkladkasidagi Slaydi panelidan Razdelni tanlang.
Ochilgan ro’yxatdan Dobavit razdel buyrug’i tanlanang.
Shundan so’ng chap tomondagi slaydlar ustunida Razdel bez zagolovka nomli bo’lim paydo bo’ladi.
Bo’limni nomlash uchun yana bir bor tasmadagi Glavnaya vkladkasidagi Slaydi panelidan Razdelni tanlangvaochilgan ro’yxatdan Pereimenovat razdel buyrug’ini tanlang.
Ochilgan muloqot oynasiga bo’lim uchun nom kiritib Pereimenovattugmasini bosing.
Shu ketma-ketlikni takrorlsh bilan yana boshqa bo’limlar hosil qiling.
Bo’lim nomi oldidagi uchburchak belgisini bosish orqali bo’limni tugib qo’yish yoki ochib yuborish mumkin.
Nazorat savollari
MS Power Pointningvazifasi nima?
Namoyish nima?
Slayd deb nimaga aytiladi?
Animatsiya nima?
Tarqatma material nima?
MS Power Point 2010da Dizayn qanday vazifani bajaradi?
MS Power Point 2010da tayyorlangan taqdimotni qanday formatlarda saqlash mumkin?
MS Power Point 2010ning Fayl bo’limida qanday amallarni bajariladi?
Animatsiyaning qanday turlari bor?
MS Power Point 2010da slaydlarga o’rnatiladigan mavzularning vazifasi nimadan iborat?
MS Power Point 2010da bir slayddan boshqasiga o’tish harakatlari nima uchun kerak?
MS Power Point 2010da bir slayddan boshqasiga o’tish vaqtida tovush effektlari qanday o’rnatiladi?
Taqdimot qanday qilib bo’lim(Razdel)larga bo’linadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |