Belgi
|
Tavsifi
|
Andoza
|
Misol
|
0
|
Kiritilishi shart bo’lgan 0-9 raqamlar
|
(000) 000-0000
|
(206) 555-0248
|
9
|
Kiritilishi shart bo’lmagan raqam yoki bo’sh joy belgisi
|
(999) 999-9999
|
(206) 555-0248
( ) 555-0248
|
#
|
Kiritilishi shart bo’lmagan raqam yoki bo’sh joy belgisi (ishora belgisi xam mumkin)
|
#999
|
-20
2000
|
L
|
Kiritilishi shart bo’lgan A-Z yoki A-Ya harf
|
LLL
|
MAY
|
?
|
Kiritilishi shart bo’malgan A-Z yoki A-YA harf
|
??????
|
ABCDEF
BU KIM
|
A
|
Kiritilishi shart bo’lgan harf yoki raqam
|
(000)AAA-AAAA
|
(206)555-TELE
|
a
|
Kiritilishi shart bo’lmagan harf yoki raqam
|
aaaaa
|
A 333
|
&
|
Kiritilishi shart bo’lgan ihtiyoriy belgi
|
&&&&
|
S-99
|
C
|
Kiritilishi shart bo’lmagan ihtiyoriy belgi
|
CCCC
|
S $6
|
. , : ; - /
|
Kasrni, vaqt va sanalarni ajratuvchi maxsus belgilar
|
#99.99
00-00-0000
|
-5.26
12-03-2011
|
<
|
O’zidan keyingilarni kichik harflarga
|
>L???????
|
Xasan
|
>
|
O’zidan keyingilarni katta harflarga
|
>L????????
|
XASAN
|
Yana bitta misol: O’zbekistonda qabul qilingan shaxsiy avtomobillarning davlat raqamlarini kiritish uchun andoza ko’rinishi – 00 >L 000 LL shaklda bo’ladi. Bu yerda 00 - viloyat kodini bildiruvchi ikki xonali raqam kiritilishi shart, > - belgisidan keyin kiritiladigan alifbo harflarni katta harflarga aylantiradi, L – bir dona alifbo harfi kiritilishi shart, 000 – uch xonali tartib raqami kiritilishi shart, LL – ikkita alifbo harfi kiritilishi shart ekanini bildiradi.
Denejniy (Pul birligi) maydonining Format polya xossasidagi Denejniy degan yozuvni o’rniga Rasm 7dagi kabi 0.00 so’m ko’rinishidagi ifoda yozilsa, u holda shu maydondagi raqamlar oxiriga so’m so’zi yozilgan holda ifodalanadi, ya’ni milliy pul birligi hosil bo’ladi.
Rasm 7. MS Access 2010dajadvalda milliy pul birligini ifodalash
Master yordamida royxatli maydon yaratish
Ayrim maydonlarga chekli sondagi ma’lumotlar qayta-qayta kiritilishi mumkin. Bunday xollarda, shu ma’lumotlarni bir martadan kiritish orqali, avvaldan alohida jadval shaklida saqlab qoyish tavsiya etiladi. So’ngra Master podstanovok... yordamida kerakli maydonga shu jadvalni ulash orqali ochiladigan royxat yaratiladi.
Buning uchun Master podstanovok... ishga tushganida (Rasm 8) navbatma-navbat bir nechta muloqot oynalari ochiladi. Ularning birinchisida Obekt “Pole podstanovki” poluchit znacheniya iz drugoy tablitsi ili drugogo zaprosa tanlanadi va navbatdagi muloqot oynasida keltirilgan jadval va zaproslar royxatidan kerakli jadval nomi tanlanadi.
Rasm 8. MS Access 2010da Master podstanovok... ni ishga tushirish
Dalee tugmasini bosilsa navbatdagi muloqot oynasi ochiladi. Unda tanlangan jadvalning maydonlari royxatidan qaysi biri ulanishi kerakligi so’raladi. Ya’ni Dostupnie polyadan Vibrannie polyaga o’tkaziladi. Undan keyingi oynada tanlangan maydon qiymatlarini o’sish yoki kamayish tartibida ifodalashni tanlash kerak.
Dalee tugmasini bosilsa navbatdagi muloqot oynasi ochiladi. Va nihoyat maydon nomini o’zgartirish kerak yoki yo’qligi so’raladi.
Rasm 9. Master podstanovok... ning muloqot oynalari
Umuman olganda maydonga ulanadigan jadvalni avvaldan yaratmasdan, balki Master podstanovok... ningichida royxat kabi kiritish mumkin. Buning uchun Master podstanovok... ning birinchi oynasida Budet vveden fiksirovanniy nabor znacheniy tanlanadi va navbatdagi oynada shu qiymatlar kiritiladi. So’nggi oynada esa maydon nomini o’zgartirish kerak yoki yo’qligini so’raladi. Shundan so’ng Gotovo tugmasi bosilsa Rasm 10dagi ko’rinishda jadval hosil bo’ladi.
Natijada ma’lumotlarni kiritib o’tirmasdan, shu maydondagi ochiladigan royxatdan tanlanishi kifoya bo’ladi.
Rasm 10. Ochiladigan royxatli maydoni bor bo’lgan jadval
Jadvalga maydoniga rasm joylashtirish uchun Pole obekta OLEdan foydalaniladi. Bunda maydonga joylashtirilgan rasm ko’rinmaydi. Rasmning o’rniga shu rasmni yaratgan obektning nomi ifodalanadi. Rasmni MS Access 2010ning Forma va Otchet obektlari yordamida ko’rish mumkin.
Rasm 11. Pole obekta OLEdan foydalangan xolda maydonga rasm joylash
Jadval maydoniga rasm joylash uchun, shu maydonda kontekst menyuni ochamiz va Vstavit obekt... buyrug’ini chaqiramiz.
Rasm 12. Vstavit obekt... yordamida maydonga rasm joylash
Muloqot oynasidan Bitmap Imageni tanlab OKni bosamiz. Natijada Bitmap Image – rasmlar bilan ishlash dasturi ishga tushadi.
Rasm 13. Bitmap Imageni ishga tushirish
Bitmap Image dasturi tasmasi boshidagi Vstavitni ichidan Vstavit izni tanlasak rasmlar joylashgan papka ochiladi. Kerakli rasmni tanlab Otkrit tugmasini bosamiz. Tanlagan rasmimiz Bitmap Image dasturi ichida paydo bo’ladi. Rasmga agar kerak bo’lsa o’zgartirishlar kiritib dastur oynasini yopamiz, ya’ni dasturdan chiqamiz.
Rasm 14. Bitmap Image oynasi
Natijada Rasm 15 dagi kabi jadvalning Rasmi nomli maydonida Bitmap Image obektining nomi ifodalanadi. Rasm esa ko’rinmaydi.
Rasm 15. Jadvalning natijaviy ko’rinishi
Nazorat savollari
MB deb nimaga aytiladi?
MSAccess 2010qanday dastur?
MS Access 2010 qanday obektlari bor?
Maydon nima?
Yozuv nima?
MS Access 2010 qanday turdagi kattaliklar bilan ishlaydi?
MS Access 2010da maydonlar nomlanishi qoidalarini keltiring.
MS Access 2010ning jadval ob’ekti vazifalari nima?
Matn maydonining hossalarini aytib bering.
OLE maydonining hossalarini aytib bering.
Ma’lumotlar kiritish andozasi nima uchun kerak?
Master yordamida royxatli maydon qanday yaratiladi?