Kataloglar yordamida qidirish
Internetdan ma’lumot olish uchun qidiruv mashinalaridan tashqari kataloglardan foydalanish mumkin. Internet-katalog – bo’limlardan iborat tizimli ko’rsatkichlar to’plami. Bu to’plamni robot emas, tajribali mutaxassislar yaratadi. Ko’rsatkichlar to’plami bir necha katta bo’limlardan iborat bo’ladi. Masalan, biznes, san’at, komp’yuter, sport va hokazo. Bunday har bir bo’lim bir necha qism bo’limlaridan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, sport ko’rsatkichiga chertsangiz futbol, basketbol, tennis va hokazo bo’limlarni topasiz. SHunday qilib, katalog daraxtsimon tizimga ega va har bir sichqoncha chertilishida ko’rsatkichlar shoxlanib ketaverishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |