AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUSO AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Web dasturlash
fanidan
LABORATORIYA ISHI №1 Mavzu: Web sayt uchun texnik topshiriqni shakllantirish
Bajardi: 415-19-guruh talabasi
Sobirjonov O’tkirbek
Tekshirdi: Azimov S.
TOSHKENT – 2021
Laboratoriya ishi №1
Mavzu: Web sayt uchun texnik topshiriqni shakllantirish
Ishdan maqsad: Web-sayt yaratishdagi dastlabki jarayon – web sayt texnik topshirig’ini tayyorlashni o’rganish.
Tanlangan mavzu: “Machine learning” mavzusida web sayt yaratish.
Ishni bajarish tartibi:
1. Sayt uchun domen nomi sifatida quyidagi nomlardan foydalanish taklif qilinadi:
1) http://machinelearning.uz– ma’nosi: Mashina o’rganishi
2. Machine Learning web-sayti uchun logotip sifatida quyidagilardan foydalanish taklifetiladi:
3. Saytdan foydalanish uchun talablar:
- Saytdan foydalanish uchun internetga ulangan kompyuter, brauzerlardan Internet Explorer 9 va undan yuqori, Mozilla Firefox 33 va undan yuqori, yoki, Opera 22 va undan yuqori, yoki, Safari 8.0 va undanyuqori, yoki Google Chrome 38 va unda yuqori versiyalari bo’lishi talab qilinadi;
- Brauzer Javascript, Flash va cookie larni qo’llab quvvatlashi kerak.
4. Server konfiguratsiyasi uchun minimal talablar quyidagicha:
- Protsessor – 1 ta
- Cache size – 2048 KB
- Chastota – 1.60 GHz
- RAM (tezkor xotira) – 4096 MB - HDD – 1 TB
- OS – WINDOWS
- Web-server – AZURE
- MBBT – SQL SERVER (2017 +)
- ASP.NET – dotnet 5 ya’ni (ASP.NET Core 5)
5. Saytga Google Analytics, Yandex Metrika va WWW.UZ hisoblagich skriptlari o’rnatilgan bo’lishi kerak.
6. Sayt ko’rinishi uchun quyidagi talablar mavjud:
- Saytda Flash elementlardan foydalanish ta’qiqlanadi. Animatsiya va effektlar JS, JQuery, HTML 5 vs CSS 3 texnologiyalari yordamida yaratilishi kerak;
- Sayt uchun dizayner tomonidan maxsus shrift ishlab chiqilmagan taqdirda brauzerlardagi standart shriftlar guruhi (Arial/Helvetica, Times New Roman, Courier) dan foydalanish tavsiya qilinadi;
- Sayt adaptivtarzda dasturlanadi, desktop, mobil va planshet o’lchamlar uchun mo’ljallab verstka qilinadi.
7. Saytni sinov versiyasini ishga tushirish
- Ijrochi (buyurtmani bajaruvchi tomon) Buyurtmachiga sayt sinov versiyasining to’liq zaxira nusxasini barcha kodlari bilan birgalikda taqdim etadi;
8. Saytning dastlabki strukturasi Saytning asosiy bo’limlari
Bosh sahifa - Banner
- Slayder (taqdimot rasmlarini namoyish etadi)
Yangiliklar
- Yangiliklar: Bu bo’limda mashina learning ga oid yangiliklar chiqarilib boriladi, machine learning sohasi bo’yicha secundiga yangiliklar chiqari biz esa shulardan eng keraklisini ko’rsatib turamiz
Yangilik nomi
Dastur Kodi
Erishilgan natija
Rasmlar va Sharxlar
O’rganish
O’rganish: Bu bo’limda machine learning bo’yicha beginnerdan ( ya’ni boshlovchi) to professionalgacha darslar qo’yiladi.
Mashg’ulot
Mashg’ulot : Bu bo’limda onlayn terminallar bor va Xatto telefon orqali kod yozib onlayn server orqali kodni o’qib beradigan terminal qo’yiladi
Bog’lanish
- CALL CENTER - Murojaat yo’llash
Shuningdek, sayt yuqori qism o’ng tomonida qabulxona raqamlari hamda institut elektron pochtasi joylashtirilsin.
Barcha sahifalarning quyi qismi (footer) da bog’lanish ma’lumotlari, institut manzili
xaritada ko’rsatib qo’yilishi kerak.
Qo’shimcha, institutning ijtimoiy tarmoq va messenjerlardagi sahifalariga link
joylashtirilishi kerak.
Sahifa o’ng tomonida so’nggi qo’shilgan yangilik va maqolalar ro’yhati keltirilishi
kerak.
9. Saytni yaratish uchun tanlangan til va texnologiyalar: - Dizayn: Adobe Photoshop, Figma
- Front-end: HTML, CSS, JS, Bootstrap, React JS freymvorki - Back-end: C# + SQL SERVER, ASP.NET 5 freymvork
Deadline:
- Dizayn: 3 hafta
- Front-end: 7 hafta
- Back-end: 12 hafta
Resource (Darslar) – 10 oy
Do'stlaringiz bilan baham: |