Ikkinchi bosqich – keys boʻyicha jamoa boʻlib ishlash
Oʻquvchi(talaba)lar kichik guruhlarga boʻlinib, birgalikda keys ustida ishlashadi:
guruh a’zolarining vaziyat, asosiy muammolar va ularni hal etish yoʻllari haqidagi turli tasavvurlarini muvofiqlashtirishadi;
yechimning taklif etilgan variantlarini muhokama qiladilar va baholaydilar, qoʻyilgan muammo nuqtai nazaridan ushbu vaziyat uchun eng maqbul variantni tanlashadi;
muammoli vaziyat yechimiga olib keladigan tanlangan harakatlar yoʻlini amalga oshirishning aniq qadamba-qadam dasturini batafsil ishlab chiqadilar;
taqdimotga tayyorlanadilar va namoyish etiladigan materialni rasmiylashtirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |