Axborot so’ziga ta’rif bering


Katta kompyuterlar (Manframe Computer)



Download 0,54 Mb.
bet6/7
Sana28.08.2021
Hajmi0,54 Mb.
#158119
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 ax

Katta kompyuterlar (Manframe Computer)- fan va texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo’ljallangan. Ularning amal bajarish tezligi va xotira hajmi superkompyuterlarnikiga qaraganda bir-ikki pog’ona past. Bularga misol sifatida AQSHning CRAY (krey), IBM 390, 4300, IBM ES/ 9000, Fransiyaning Borrous 6000, Yaponiyaning M1800 rusumli kompyuterini va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Minikompyuterlar (kichik kompyuterlar) hajmi va bajaradigan amallar tezligi jihatidan katta kompyuterlardan kamida bir pog’ona pastdir. Shuni aytish joizki, ularning gabariti (hajmi) tobora ixchamlashib, hatto shaxsiy kompyuterdek kichik joyni egallaydiganlari yaratilmoqda. Bunday kompyuterlar turkumiga ilk bor yaratilgan PDP-11 (Programm Driver Processor - dasturviy boshqaruv protsessori) turkumini, ilgari harbiy maqsadlar uchun ishlatilgan(maxfiy hisoblangan) VAX, SUN turkumli kompyuterlar, IBM 4381, Hewlett Packard firmasining HP 9000 va boshqalar minikompyuterga misol bo’la oladi. Shuni aytish joizki, minikompyuterlar o’zlarining «katta og’alari» Manframe kompyuterlarni imkoniyatlari darajasiga ko’tarilib bormoqda. Buning uchun tarixga nazar solish va hozirgi ularning taraqqiyotini kuzatish yetarli.

  1. Shaxsiy kompyuterlar(ShK) arxitekturasi (tuzilishi)ni keltiring?

Birinchi mikrosxemalar yaratilganidan bir necha yil o'tib, 1969 yilda Intel firmasi tomonidan ikki kilobit hajmga ega tezkor xotira mikrosxemasi yaratildi. Unda birinchi marta 10000 dan ortiq tranzistor bitta kristallga joylangan edi. Tezkor xotira qurilmasi bir turdagi xotira uyachalarining to'plami bo'lgani sababli ularni bitta mikrosxemaga joylash anchagina oson kechdi.

Lekin kompyuterning boshqa qurilmalarini mikrosxema ko'rinishida ishlab chiqish bu qadar oson emas edi, bu qurilmalarda tranzistorlar xotira qurilmasidagi kabi regulyar (takrorlanuvchi) tarzda joylashgan emas. Bu mikrosxemalarning topologiyasini ishlab chiqish, ya'ni unda joylashtiriladigan minglab tranzistorlarning o'zaro joylashishi va bir-biri bilan bog'lanishini bexato amalga oshirish eng qiyin va tijorat tomonidan eng qimmat qadam edi.



  1. Prosessor turlari va ularning vazifalarini keltiring?

Prosessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.

1. Korpus va elektr ta'minoti bloki;

2. Asosiy plata;

3. Mikroprosessor va uni sovutuvchi kuler;

4. Tezkor xotira;

5. Vinchester turidagi tashqi xotira.



Ulardan tashqari, prosessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o'qiydigan va ularga ma'lumot yozadigan qurilmalar, videoprosessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun'iy yo'ldosh televideniesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o'xshash jihozlar joylanishi mumkin.

  1. Klaviatura va uning klavishlari tavsifini keltiring?

Klaviatura kompyuterga harf va raqam ko'rinishidagi ma'lumotlar va buyruqlarni kiritish uchun ishlatiladigan tashqi qurilmadir. U yozuv mashinasining klaviaturasiga o'xshab ketadi, lekin unga nisbatan kengroq imkoniyatlarga ega. Uning tugmalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.

1. Harf va raqamlarni kiritish tugmalari.

2. Boshqarish tugmalari

3. Funksional tugmalar.

4. Xizmatchi tugmalar.

5. Qo'shimcha raqamli tugmalar.

6. Multimedia bilan ishlash uchun qo'shimcha tugmalar.


  1. Sichqonchaning turlari va qismlari tavsifini keltiring?

Hozirgi paytda sichqonchaning lazerli deb ataluvchi turi ishlab chiqariladi. Bunday sichqonchaning harakati lazer nuri yordamida aniqlanadi. Avvallari sichqoncha sharikli mexanik qurilmaga ega bo'lib, uning yordamida harakat yo'nalishi aniqlanar edi.

Sichqonchalar ham klaviaturalar kabi kompyuterga OS/2, USB portlari orqali yoki infraqizil nurlar yordamida simsiz ulanishi mumkin.



  1. Monitor va uning turlarini izohlang?

Kompyuter qanchalik kuchli bo'lmasin, u ma'lumotlarni foydalanuvchi uchun qulay ko'rinishda tasvirlab bera olmasa, undan hech qanday foyda yo'q. Foydalanuvchi kompyuterdagi ma'lumotlarni asosan, monitor orqali oladi. Monitor ma'lumotlarni chiqarish qurilmasi hisoblanadi.

Hozirgi paytda sensorli (sezgir) ekranli monitorlar ham ishlab chiqarilsada, ular shaxsiy kompyuterlarda hozircha keng tarqalmagan. Bunday sensorli ekranlardan telefonlarda, bookreader (elektron kitoblarni o'qish uchun mo'ljallangan qurilmalar), sotuv avtomatlarida va ba'zi noutbuklarda foydalaniladi. Sensorli ekranlarda sichqoncha vazifasini foydalanuvchi barmoqlari bajaradi. Ularda biron ob'ektni sichqoncha yordamida chertish o'rniga ekrandagi shu ob'ektni barmoq bilan chertish etarli.

Monitorlar birinchi navbatda ularda ekran sifatida nima ishlatilishi bilan farqlanadi.

Dastlab monitorlar elektron nurli trubkalardan foydalanganlar. Ular CRT (Color Ray Tube –rangli nur trubkalari) deb nomlanadi. Ularda ekrandagi tasvir elektron nur yordamida yaratiladi. Rangli tasvir yaratish uchun bunday trubkalarda bir vaqtda uchta nurdan foydalaniladi. Bu nurlar asosiy ranglar deb ataluvchi: Red (qizil), Green (yashil) va Blue (ko'k) ranglarga mos keladi. Uchta asosiy ranglarni qo'shib, tabiatda uchraydigan deyarli barcha ranglarni yaratish mumkin. Shu sababli, monitorlarda rang hosil qilish va rangli tasvirlarni saqlashning ba'zi sistemalari RGB qo'shiluvchi ranglar sistemasi deb ataladi. CRT monitorlari hozircha keng tarqalgan bo'lsa-da, bugungi kunda deyarli ishlab chiqarilmaydi.




  1. Download 0,54 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish