1-Mavzu : Axborot berilish usullari va uning xossalari. Axborot o’lchov birliklari va ma’lumotlar hajmini hisoblash. Sanoq tizimlari.
Darsning maqsadi:
-Turli sanoq sistemasidagi sonlarni o’n asosli sanoq sistemasiqa o’tkazishni o’rganish. -O’nlik sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasiga o’tkazishni o’rganish. -Ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni sakkizlik sanoq sistemasiga va aksincha, sakkizlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasida triadalar yordamida o’tkazish usullarini tushuntirish. Asosiy tushunchalar: Axborot o`lchov birliklari, Sanoq sistemalar,Ikkilik sanoq sistemasi, sakkizlik sanoq sistemasi,o’n oltilik sanoq sistemasi, triada, tetrada, Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tkazish.
1.Axborotlarning o‘lchov birliklari Ma’lumotlarni taqdim etishning ko‘plab tizimlari mavjud. Hisoblash texnikasida qabul qilingan eng kichik axborot birligi bit (bit) deb ataladi. Bit ikkita qiymat qabul qilishi mumkin: 0 va 1. Darhaqiqat, bir bit o‘zida minimal axborot tashiydi. Odatda, uni yoqilgan (1 holat) yoki o‘chirilgan (0 holat) bo‘lishi mumkin bo‘lgan lampochkaga tenglashtiradilar. Ba’zan uni o‘chirish-yoqish qurilmasilga o‘xshatadilar: "yoqilgan" holati 1, o‘chirilgani - 0.
Raqamli yoki boshqa ma’lumotlarni ifodalovchi ikkilik razryadlar yig‘indisi bitning o‘ziga xos tasvirini hosil qiladi. Amaliyot ko‘rsatadiki agar bu tasvir muntazam shaklga ega bo‘lsa, bitning bunday tasvir bilan ishlash juda qulay. Hozirgi paytda bunday shakllar sifatida 8 bitdan iborat bo‘lgan va baytlar deb ataluvchi guruhlardan foydalaniladi.
Agar 8 ta lampochkani olib va ularni yonma-yon bir qatorga qo‘yib, bir guruhga biriktirilsa, axborotning miqdorini o‘lchovi yirikroq o‘lchov birligi - bayt (byte) haqida yaqqol tasavvur hosil qilamiz. Guruhdagi har bir lampochka bitta bitga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, bayt 8 bitdan iborat, 1- jadvalida keltirilgan.
Axborot sonli, matnli, rasmli va boshqa shakllarda taqdim qilinishi mumkin. Axborotni berilgan shakldan boshqa shaklga o‘tkazish jarayoni kodlash deyiladi.
Istalgan sonli, matnli, grafikli, tovushli va boshqa axborotlar kompyuter otirasida ikkilik sanoq tizimidagi sonlar ko‘rinishda ifodalanadi.
Kompyuter xotirasida istalgan matn belgilar kodini ketma-ketligidan iborat bo‘ladi. Ya’ni harfning o‘rniga uning kodlash jadvalidagi nomeri saqlanadi. Harf va belgilarni tasviri ularni monitorga chiqarish va chop qilish momentida taqdim qilinadi.
Dastavval 8 bitli kodlash tizimi qo‘llanilgan va u o‘zida 128 ta belgilarni
mujassamlashtirgan edi. Keyinchalik shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni ommaviylashganidan so‘ng ASCII (American Standart Code for Information Interchange- «Axborot almashish uchun Amerika standart kodi» deb nomlanuvchi kodlashni standart jadvali qo‘llanila boshlandi. Bu kodlash jadvalini yarimi (0-127 ta belgilar) ASCII standart kodlash tizimiga muvofiq - o‘zgarmas hisoblanadi, qolgan ikkinchi yarimi (128-255 ta belgilar) esa shu kodlash tizimi qaysi mamlakatda qo‘llaniladigan bo‘lsa, o‘sha mamlakatning belgilarini kodlash uchun ajratilgan.
1-jadval
O‘nlik son
Ikkilik son
Bayt
1
1
0000 0001
2
10
0000 0010
...
...
...
255
1111 1111
1111 1111
Bir bayt.
Baytning o‘zaro bog‘liq bitlar guruhi ekanligi haqidagi tushuncha elektron hisoblash texnikasining birinchi namunalari bilan birga paydo bo‘ldi. U uzoq vaqt davomida mashinaga bog‘liq bo‘lib qoldi, ya’ni turli xildagi hisoblash mashinalari uchun baytnig uzunligi turlicha edi. Faqat 60-yillarning oxirlarida bayt tushunchasi universal va mashinaga bog‘liq bo‘lmagan tushunchaga aylandi.
Amaliyot va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik hollarda 8 razryadli emas, balki 16,24,32, va undan ortiq razryadli kodlashtirishni ishlatish maqsadga muvofiqdir. O‘zaro bog‘langan 16 bit (o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki bayt) dan iborat guruh informatikada so‘z deb ataladi. Shundan kelib chiqib, o‘zaro bog‘liq to‘rtta bayt (32 razryadli)dan iborat guruhdan ikkilangan so‘z, 8 bayt (64 razryad)dan iborat guruhlar to‘rt karrali so‘z deb ataladi.
Ma’lumotlarni o‘lchashning turli xil tizimlari mavjud. Har bir ilmiy fan va inson faoliyati sohasi o‘ziga ma’qul va qulay bo‘lgan yoki an’anaviy shakllangan o‘lchov birliklaridan foydalanishi mumkin.
Informatikada ma’lumotlarning ikkilangan universal tasvirga egaligi haqidagi dalildan foydalanadilar va shuning uchun ana shunga asoslangan o‘z ma’lumot birliklarini kiritadilar.
Eng kichik o‘lchov birligi bayt hisoblanadi. Odatda, bir bayt bilan matn axborotining bitta belgisi kodlashtirilishi sababli matn hujjatlar uchun baytlardagi o‘lcham belgilarda ifodalangan leksik hajmga muvofiq, mos miqdorda bo‘ladi (UNICODE universal kodlashtirish hozircha bundan mustasno).
Kattaroq o‘lchov birligi kilobayt (Kbayt)dir. Shartli ravishda 1 kilobaytni taxminan 1000 baytga teng deyish mumkin. Shartlilik shu bilan bog‘liqki, ikkilik raqamlar bilan ishlovchi hisoblash texnikasi uchun, raqamlarni ikkinchi darajasi ko‘rinishida taqdim etish qulayroq va shuning uchun ushbu mezondan kelib chiqib hisoblasak, haqiqatda 1Kbayt 210 bayt (1024 bayt)ga teng bo‘ladi. Kilobaytlarda ma’lumotlarning nisbatan uncha katta bo‘lmagan hajmlari o‘lchanadi. Mashinkada bosilgan, formatlashtirilmagan bir bet matn 2 Kbaytga yaqinni tashkil qiladi deb shartli ravishda hisoblash mumkin.
Ancha yirikroq o‘lchov birliklari peta-ekza-zetta perfikslari qo‘shib hosil qilinadi. Bunday kattaroq birliklarga hozircha amaliy ehtiyoj yo‘q.
1 bayt (b) 8 bit 8 bit =1 bayt (b)
1 kilobayt (Kb) 1024 bayt 210 = 1024 b
1 megabayt (Mb) 1024 kilobayt 220 = 1 048 576 b
1 gigabayt (Gb) 1024 megabayt 230 = 1 073 741 824 b
1 terabayt (Tb) 1024 gigabayt 240 = 1 099 511 627 776 b
1 petabayt (Pb) 1024 terabayt 250 = 1 125 899 906 842 624 b
1 eksabayt (Eb) 1024 petabayt 260 = 1 152 921 504 606 846 976 b
1 zettabayt (Zb) 1024 eksabayt 270 = 1 180 591 620 717 411 303 424 b
1 yottabayt (Yb) 1024 zettabayt 280 = 1 208 925 819 614 629 174 706 176 b