3-MODDA; Har bir inson yashash, erkin bo’lish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir.
4-MODDA;Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas; qullik va qul savdosining barcha ko’rinishlari taqiqlanadi.
5-MODDA; Hech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo’rlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak.
6-MODDA;Har bir inson qayerda bo’lishidan qat’i nazar, o’zining huquq sub’ekti sifatida tan olinishiga haqli.
7-MODDA;Barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovvutsiz qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu Deklaratsiyaga zid bo’lgan har qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir.
8-MODDA;Har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy huquqlari buzilgan hollarda nufuzli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarning samarali tiklanishi huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |