Сиз учун мухим булгна ахборотнинг сифат курсатикичини аникланг
|
|
z) axborotning barqarorligi — axborotning asos qilib olingan ma'lumotlar aniqligini buzmasdan o’zgarishlarga ta'sir qilishga qodirligini aks ettiradi.
Informatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo`lgani uchun axborotlarning tasnifi ham uziga xosdir. Jumladan, informatikada analogli va raqamli axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a'zolari analogli (uzluksiz) axborot bilan ish kurishga moslashgan bo`lsa, xisoblash texnikasi asosan raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.
Informatika deganda har bir odam so’z qandaydir axborot, ushbu axborot biror narsa, hodisa yoki jarayonga tegishli ekanligi, uning xususiyatlari va boshqalar hakida borishligini xayoliga keltiradi. Lekin bu axborot qanday olingan? U qaerda va qanday saqlanadi? Unga qanday yo’l topish mumkin? — degan savollarning paydo bo’lishi o’rinli. Ushbu savollarga javob jamiyatning o’zgarishiga, uning fan-texnika sohasidagi taraqqiyotiga karab o’zgarib turadi.
Informatika 60-yillarda Frantsiyada elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug’ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha “informatio” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma’nolarini anglatadi. Fransuzcha “informatic” (informatika) so’zi axborot avtomatikasi yoki axborotni avtomatik qayta ishlash ma'nosini anglatadi. Ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakatlarda bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi. Informatika kompyuter texnikasining rivojlanishi tufayli yuzaga keldi, unga asoslanadi, usiz mavjud bula olmaydi va uz navbatida uning rivojiga, yangilanishiga o’z hissasini qushadi.
Informatika — axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarni va axborot texnologiyalari vositalarining faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o`rganuvchi fandir.Ma'lumki, jamiyat rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, texnika, texnologiya, madaniyat, san'at, tibbiyot kabilarning turli masalalari hakidagi mavjud ma'lumotlar, axborot zahiralaridan foydalanishni tashkil etish intellektual va iqtisodiy xayotga tobora ko`proq ta'sir ko’rsatadi. Demak, axboriy jarayonlarning ko`p qirrali jarayon ekanligi ayon bo`lmoqda. Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish (UICh) doirasida kechmoqda. UICh bir-biri bilan uzviy bog’lik fizik (moddiy) hamda axboriy-mantiqiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantiqiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma'lum. Axboriy-mantiqiy ishlab chiqarish (AMICh)ning resurslari asosini axborot, mexnat vositalarini esa hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta'minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil kiladi. Mehnat vositalari hamda aqliy meqhnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil kiladi. AMIChning maqhsuloti abstrakt ob'ekt (axborot, model) iste'mol predmeti sifatida namoyon bo’lmokda.Ishlab chiqarish doirasidagi XX asrda yuz bergan o’zgarishlar AMIChning paydo bo’lishi va uning ahamiyatining oshib borishi bilan bog’liqdir. Binobarin, UIChning umuman unumdorligining oshishi avtomatlashtirish, shu jumladan, AMIChni avtomatlashtirish bilan bog’lik deb qaralishi zarur. Shu bois mehnat unumdorligi ko’p jihatdan informatikaga bog’likdir.
Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari hayolga ham keltirib bo’lmaydigan hajm va tezkorlikda yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish, ya'ni avtomatlashtirilgan holda ishlov berish imkoniyatini yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik mulokot soxasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chikkan tajriba, bilimlar va ma'naviy kadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan xam behad kengaymoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning yuqori darajada axborotlashgan bo’lishini talab etadi.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bulmog’i lozim.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o’zgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yo’naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste'mol etiladiki, bu hol qkliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga extiyoj oshadi.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo’lmish bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga o’tishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
Bilim — kishilarning tabiat jamiyat hodisalari haqida hosil qilgan voqelik maʼlumotlar va i; ning inson tafakkurida aks etishi. Kundalik tasavvurimizda nimaning nima ekanligiga ishonsak va bu ishonchimiz biz odatlangan voqea va hodisalarga (qoidalarga) zid kelmasa bunday ishonch B. hisoblanadi. Voqelik haqidagi bilgan maʼlumotlarimiz B. darajasiga koʻtarilishi uchun quyidagi shartlarni qanoatlantirishi lozim: birinchidan, bu maʼlumotlarning voqelikka mutanosibligi; ikkinchidan, yetarli darajada ishonarli boʻlishi; uchinchidan, bu maʼlumotlar dalillar bilan asoslangan boʻlishi lozim. Uchala shart birgalikda mavjud maʼlumotlarni B. darajasiga olib chiqadi. Inson ijtimoiy taraqqiyot jarayonida bilmasliqdan bilishga, mavhum B.lardan mukammal va aniq B.lar hosil qilish tomon boradi. Kishining moddiy dunyo toʻgʻrisidagi B.i nisbiydir, u doimo rivojlanib boradi. B. kundalik tajriba, kuzatish orqali toʻplanadi. B.larni tadqiqetuvchi taʼlimot — epistemologiyada perseptiv (hissiy), hayotiy — kundalik (sogʻlom akl) va ilmiy B. shakllari ajratib koʻrsatiladi. Ilmiy adabiyotlarda B.larning ilmiy va ilmdan tashqari shakllari ham farq qilinadi. Ilmdan tashqari B.larga madaniyat, adabiyot, sanʼat, mifologiya, din va shahrik. sohalarga oid B.lar kiradi. Odatdagi fan sohalarida tadqiq etiladigan B.lar ekzoterik (koʻzga tashlanuvchan) B.lar deb atalsa, astrologiya, va shahrik. sohalarga oid B.lar ezoterik (pinhoniy) B.lar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |