Axborot kutubxona katalogi va fondi


-bob.  ELEKTRON  KATALOGLASHTIRISH TARIXI



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

8-bob.  ELEKTRON  KATALOGLASHTIRISH TARIXI.
KUTUBXONALAR  ISHIDA DASTLABKI
 
AVTOMATLASHTIRISH  ISHLARI
Axborot  texnologiyalarining  rivojlanishi  va  keng  qo'llanilishi 
zamonaviy  hayotning  barcha  jabhalarida;  jumladan,  iqtisodiyot 
sohasi,  davlat  boshqaruvi,  fan  va  ta’lim  sohalariga  tubdan  ta’sir 
ko‘rsatmoqda.  Axborot  va  bilim  saviyasi  asosiy  ahamiyatga  ega 
bo‘lgan  jamiyatda  «axborotlashgan  jamiyat»  atamasi  vujudga 
keldi.  Axborot  va  bilim  muayyan  iqtisodiy  faktor,  shuningdek, 
muhim  milliy  resurs  hisoblanadi.  Milliy  axborot  resurslarini 
saqlash, uni rivojlantirish va unumli foydalanish davlat ahamiyati- 
dagi masaladir.  Milliy axborot resurslarini  2 ta tarkibiy:  an‘anaviy 
(qo‘lyozma va nashr materiallari,  rassomlik san’ati,  haykaltarosh- 
lik,  arxitektura,  audioyozuvlar,  fotosuratlar,  kino  va  videofilmlar 
va  h.k.)  va  elektron  (turli  axborot  obyektlarining  raqamli  turi) 
shakliga  ajratish  mumkin.  Bular  orasidagi  farq  nafaqat  axborot- 
ni  ifoda  etish,  balki  uni  saqlash,  tarqatish  va  modifikatsiyalash 
(ko'rinishini o‘zgartirish)dadir.
A n‘anaviy  turdagi  qo‘lyozma,  nashr  va  boshqa  turdagi  huj- 
jatlarni  saqlash  va  undan  foydalanish  shu  soha  mutaxassislari 
tomonidan  tadqiqot  va  amaliy  ishlar  davomida  o‘zlashtirilgan. 
Lekin,  shubhasiz,  an'anaviy  shaklda  saqlanadigan  axborotlar 
hajmini  saqlash,  tarqatish  va  qidirish,  hisobga  olish  kabi  sama- 
rali  ishlarda  qiyinchiliklar  tug‘diradi.  Bu  masalalarni  hal  qilish 
yo‘llari  zamonaviy  hisoblash  texnikasi,  axborot  texnologiyalari- 
dan  foydalanish  va  axborotni  elektron  shaklga  aylantirish  bilan 
uzviy bog‘liq.
Ta’kidlangan  axborot  resurslarining  tashkil  qiluvchilari paral­
lel  rivojlanayotgan  bolsada,  kelajakda  an‘anaviy  axborot  tashkil 
qiluvchilarining  sezilarli  qismi,  so‘zsiz,  elektron  shaklda  ifoda 
etiladi.  Bir tomondan oxirgi  o‘n  yillikda  faqat  elektron  shakldagi 
yoki  shu  shaklda yaratilgan  axborotlar  hajmi  azaldan  bor bo‘lgan 
bosma,  audio,  video  va  boshqa  nashrlarga  nisbatan  keskin  o‘sdi. 
Rossiyada  (axborot  sanoati  jabhasida  unehalik  taraqqiy  etmagan 
davlatda)  faqat  rasmiy  ro‘yxatga  olingan  m a’lumotlar  bazalari-
171


dagi  axborotlar  hajmi  Rossiya  davlat  kutubxonasida  saqlana- 
yotgan  barcha  axborot  hajmlaridan  oshib  ketdi.  Davlat  statistika 
qo‘mitasining  1996-yilgi  tekshiruvidan  o'tgan  tashkilotlarining 
ma’lumotlar  bazalarining  umumiy  soni  deyarli  800  mingni, 
shuningdek,  400  mingga  yaqini  xususiy  ishlab  chiqaruvchilarni 
tashkil etdi.  Barcha  m a’lumot bazalarining  umumiy hajmi  15  Tb 
(mustaqil  MB  larining  hajmi  esa  5  Tb  dan  ortiq)  dan  ortiqni 
tashkil  qildi.  Internet  orqali  olingan  elektron  hujjatlarning  m iq­
dori  2000-yili  300 mln.,  2001-yilning oxirida bu raqam  3  mlrd.ga 
yetdi.  Yandeks  ma’lumotlariga  ko‘ra  2001-yil  iyunda  650  Gb  ga 
yaqin,  2002-yil  m artda  1Tb ga yetgan.
Bugungi  vaqtda  elektron  shakl  axborotni  ishonarli  va  ixcham 
saqlaydi,  uni  sezilarli  darajada  tez  va  kengroq  tarqatish,  bundan 
tashqari  u  bilan  ko‘pgina  boshqa  shakllarda  bajarish  mumkin 
bo‘lmagan  ishlarni  qilish  mumkin.  Shu  tarzda  axborotni  elek­
tron  shaklda  berish,  elektron  hujjatlar  yaratish,  uning  elektron 
ko‘rinishini  tashkil  etish,  turli  elektron  kolleksiyalar  va  elektron 
kutubxonalar  tashkil 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish