Tashkilot axborot xavfsizligi siyosati.
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob`ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So‘ngra dushmanning bu ob`ektga qiziqish darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko‘riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta‘minlamaydigan ob`ektning zaif joylari aniqlanadi. Odatda ko‘p sonli foydalanuvchilarga ega bo‘lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus “Xavfsizlik siyosati” deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo‘ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi. Siyosat odatda ikki qismdan iborat bo‘ladi: umumiy prinsiplar va ishlashning muayyan qoidalari. Umumiy prinsiplar Internetda xavfsizlikka yondashishni aniqlasa, qoidalar nima ruxsat etilishini va nima ruxsat etilmasligini belgilaydi. Qoidalar muayyan muolajalar va turli qo‘llanmalar bilan to‘ldirilishi mumkin. Hozirgi kunda axborotni himoyalashning tashkiliy choralari, shuningdek dasturiy va texnik vositalar yetarli samara bermay qoldi. Shu bois, huquqiy, jumladan, jinoiy-huquqiy himoya vositalari xavfsizlikning qo‘shimcha choralari sifatida yuzaga keldi.
Tez rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalariga sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmoqda. Shu bilan birga axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. Shuning uchun tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy harakatlardan himoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishni yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘liq qilib qo‘yadi. Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. Shuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri – sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qish imkoniga ega bo‘lmagan. Asrlar davomida bu san’at – sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o„zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, butun dunyoda globallashuv jarayonining tezkor rivojlanishi, jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarining keng qo’llanilishi insoniyatning ma’lumot olish darajasini amalda cheksiz oshirish imkoniyatini yaratdi. Shu bilan bir qatorda Intemet tizimida konfidensial ma’lumotlarning oshkor etilishi ham oshib bormoqda. Masalan, 2015-yilda jahonda 1,5 mingdan ziyod, ya'ni oldingi yilga nisbatan 7,8 foizga ko‘p yashirin ma’lumotlarning oshkor bo’lishi kuzatildi. Ushbu ko‘rsatkich, jumladan, AQSHda 859 ta, Rossiyada 118 ta va Buyuk Britaniyada 112 tani tashkil etdi. Bunga asosiy sabab sifatida inson omili va tashqi tajovuzlar e’tirof etiladi. Tashqi tajovuz natijasida ko'plab ma’lumotlar olib ketilsada, eng qimmatbaho ma’lumotlarning chiqib ketishini shaxsiy manfaatdorlik asosida ofis xizmatchilar tomonidan amalga oshirilmoqda. Keltirilgan diagrammadan ko‘rinib turibdiki, ma’lumotlar eng ko‘p yo‘qotilgan sohalar jumlasiga yuqori texnologiyalar, sanoat va transport sohalari kirmoqda. Axborot insonning 5 ta sezgi organlari orqali oladigan, cheksiz xabarlar ichidan o‘zi uchun foydali qismini xotirada saqlab qoladigan qismidir. Masalan, birov bilan tanishganda uning kiyimi, qaerda turgani, kim bilan turgani va hokazolar emas, uning ismi, qiyofasi, kasbi kabi axborotlarni eslab qolishga harakat qilinadi. Texnologiya esa (jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlardan foydalanib) o‘zida ixtiyoriy jarayonning har bir (xattoki eng kichigi ham) bosqichini aks ettiruvchi batafsil ish rejasidir. Masalan, bir taomni pishirish yo‘llari bilan tanish bo‘lgan o‘nlab odamlar uni o‘nlab mazali ko‘rinishda tayyorlaydilar, chunki ularning har biri o‘z usuli, ya’ni o‘z texnologiyasidan foydalanadi. Tizim deganda bir maqsadni amalga oshirish uchun qaratilgan barcha jismoniy va mantiqiy obyektlar majmuasi ko‘zda tutiladi. Masalan, maorif tizimi deganda nafaqat maktablar, bog‘chalar, litsey-kollej va oliy o‘quv yurtlari, balki ularning binolari, barcha xizmatchilari (farroshdan tortib boshliqqacha), tuman, shahar, viloyat va mamlakat maorifni boshqarish tashkilotlari, o‘qitish usul va vositalari barchasi ko‘zda tutiladi. Xavfsizlik tushunchasi hayotda asosan biror holat uchun xavf-xatar bo‘lmagan yoki uning uchun ishonchli himoya o‘rnatilganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |