Bir Million O'zbek Dasturchilari loyihasi ishga tushirildi
2019-yilning 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Katta Majlislar Zalida "Bir Million O'zbek Dasturchilari" loyihasini ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklarining hukumat va kelajak ishlari bo'yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Qarqoviy, Birlashgan Arab Amirliklari sun'iy intellekt texnologiyalari vaziri Umar bin Sulton al-Olama, O'zbekistonda Respublikasi Xalq Ta'limi Vaziri Sherzod Shermatov, O'zbekistonda Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov, O'zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari ishtirok etishdi. "Bir Million O'zbek Dasturchilari" - "One Million Uzbek Coders" loyihasi Birlashgan Arab Amirliklari Dubai Future Foundation fondi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko'magida ushbu loyiha tashkil etilgan.
Loyiha maqsadi, o'zbek tilidagi onlayn platforma kurslari orqali o'zbek yoshlariga axborot texnologiyalarini o'rgatish, yosh dasturchilar yetishtirishdir. Onlayn platformada 4 ta'lim yo'nalishi bo'yicha kurslar tashkil etiladi, bular:
Android dasturlash;
Full-Stack Development;
Frontend Development;
Ma'lumotlar tahlili.
Bu kurslarda o'qish 120 soatni tashkil etilishi rejalashtirilgan bo'lib, har bitta bosqich yakunida o'quvchilar uy ishlari va laboratoriya ishlarini bajarib, onlayn topshirishadi. Va bunda ularga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
Onlayn kurslar 2012-yilda Amerikaning Stenford Universiteti axborot texnologiyalari, dasturlashni keng rivojlantirish uchun tashkil etilgan Udacity kompaniyasi o'quv kurslari asosida tashkil etiladi. Ya'ni u yerdagi kurslar o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'ladi.
Ushbu onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan o'quvchilar, Udacity platformasidagi boshqa 100 dan ortiq Nanodegree dasturlarida ta'limni davom ettira olishadi. Buning uchun kurslarni tamomlaganlaridan so'ng, yakuniy bitiruv imtohonlarini muvaffaqiyatli topshirishlari va iloji boricha yuqori ball to'plashlari kerak bo'ladi. Eng yuqori ball to'plagan 150 ta bitiruvchiga grantlar beriladi. Nanodegree dasturlarini tugatgandan so'ng, Udacity diplom topshiradi. Nanodegree diplomlari Amerikaning Autodesk, Salesforce, Google, AT&T va dunyoning boshqa yirik gigant kompaniyalari tomonidan tan olinadi va bitiruvchilar bilimlariga qarab ishga olinishlari mumkin.
Bu loyiha birinchi bor Birlashgan Arab Amirliklarida "One Million Arab Coders" nomi ostida ishga tushirilgan edi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil mart oyida Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir qancha sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olingan edi. Shudan hamkorlik va kelishuvlardan biri "One Million Arab Coders" loyihasini O'zbekistonda ham yo'lga qo'yish bo'yicha edi. Shu kelishuvlar asosida ushbu ta'lim platformasi ishga tushirildi.
Shunga o'xshash loyiha bundan avval dunyoning ba'zi davlatlari, jumladan, Belarus Respublikasida ham yo'lga qo'yilgan edi.
Inhada bo'lib o'tgan ushbu loyiha ochilish marosimi doirasida panel muhokoma tashkil etilgan bo'lib, ushbu muhokamani quyida tomosha qilishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoshlarning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilish tartibining joriy etilganligi yoshlar o‘rtasida axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan qiziqishning yanada oshishiga olib keldi.
Shu bilan birga, “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, kompyuter xaridi uchun iste’mol krediti olish istagidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning aksariyati kafillik taqdim eta olmayotganligi, bu imkoniyatdan foydalanishda dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.
Axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy bilim va kasb-hunar egallayotgan yoshlarga zarur sharoitlar yaratish, ularning o‘z kompyuteriga ega bo‘lish imkoniyatini kengaytirish, bu borada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy bilim va kasb-hunar egallash imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 12-avgustdagi PQ-350-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
2022-yil 1-noyabrdan boshlab IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xarid qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga kompyuter xaridi uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha Yoshlar ishlari agentligining Eshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi kafilligini berish tizimini joriy etish;
kompyuter xaridi uchun ajratiladigan iste’mol krediti bo‘yicha kreditning muddati o‘tmagan asosiy qarzi uchun hisoblangan foiz to‘lovlarining Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravarigacha qismini Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensatsiya qilish;
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bosqichma-bosqich ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori A.Z. Sa’dullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 617-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 13-apreldagi 209-son qarori quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”ning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorda nazarda tutilgan davlat xizmatini AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATB tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotganligi haqida ishtirokchi sertifikatini olgan yoki so‘nggi 6 oyda ushbu o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratilgan iste’mol kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilaning farzandi yoki “Yoshlar daftari”ga kirgan “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotganligi haqida ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga 2023-yil 1-avgustga qadar kompyuterni (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) iste’mol krediti asosida xarid qilish uchun kafillik berish”;
sakkizinchi — yigirma to‘qqizinchi xatboshilar tegishlicha to‘qqizinchi — o‘ttizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida:
a) 1-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan texnik hujjatlarga muvofiq quyidagi:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining milliy sertifikatlar bo‘yicha elektron bazasi;
IT Parkning “Sertifikatlar reyestri”;
banklarning tegishli axborot tizimlari;
Moliya vazirligining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi;
Yoshlar ishlari agentligining “Yoshlar daftari” axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali o‘zaro hamda “Yoshlar xizmatlari reyestri” axborot tizimiga integratsiya qilinishini ta’minlasin.
YIDXPdagi “Iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun yoshlarga kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilish va kafillik berish” davlat xizmatini ushbu qarorga 6-ilovada keltirilgan ma’muriy reglament talablariga muvofiqlashtirsin”;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoki IT-park rezidenti bo‘lgan tashkilotlarning axborot texnologiyalari sohasidagi o‘quv kurslarida tahsil olayotgan ishtirokchi sertifikatini olgan yoki ushbu o‘quv kurslarini so‘nggi 6 oyda muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foizli stavka bilan iste’mol kreditlari ajratish tavsiya etilsin”;
g) quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71. Yoshlar ishlari agentligi va AT “Xalq banki”, AT “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” ATBning 2023-yil 1-fevralga qadar ushbu qarorga 6-ilovada nazarda tutilgan davlat xizmatlari AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali qo‘shimcha ravishda ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin”;
d) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlarga, shuningdek, IT-park rezidentining o‘quvchisi yoki bitiruvchisi bo‘lgan yoshlarga iste’mol krediti orqali kompyuter xarid qilish uchun kafillik berish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishningMamlakatimizda iqtisodiy islohotlarning natijadorligini yanada oshirish borasida kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy taʼminot mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda, ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar koʻrsatishni oʻz ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Shu bois, bu borada iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish va ulardan samarali foydalanish tizimini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda dolzarbligi oshib borayotgan axborot-kommunikatsiya tizimlarini takomillashtirishning ilmiy asoslari haqida shuni aytish mumkinki, jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi unga mos ravishda doimo ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni ham olib keladi. Odamlar oʻz isteʼmoli va axborot almashinuvi uchun tovarlar yaratish maqsadida dastlab oddiy mehnat qurollaridan foydalangan boʻlsa, bu asta sekinlik bilan rivojlanib, bugungi kunda avtomatlashtirilgan tizimlardan ham yuqori bosqich – raqamlashtirish bosqichiga oʻtildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 14-aprel kuni oʻtkazilgan axborot texnologiyalari sohasidagi natijalar va joriy yilgi vazifalar muhokamasi yuzasidan yigʻilishda ham “Bugun axborot texnologiyalari har bir jabhaga kirib borgan. Bu soha rivojlansa, boshqa sohalar ham ilgarilaydi, odamlarga qulayliklar oshadi. Shu bois soʻnggi yillarda infratuzilmani yaxshilash, malakali mutaxassislar tayyorlash boʻyicha koʻp ishlar qilindi. Xizmatlar sifati va koʻlami sezilarli oshdi.” deya taʼkidlab oʻtdi.
Haqiqatdan ham, barcha sohalarda rivojlanish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarni egallash bugun har qachongidan muhim. Zero, dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish koʻp mablagʻ va mehnat resurslarini talab etadi, lekin bu ishga bugun kirishmasak, ertaga kech boʻlishi mumkin.
Umuman olganda, mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishda axborot texnologiyalarini rivojlantirish, bu yoʻnalishda loyihalarni amalga oshirishning zamonaviy, innovatsion usullarini izlab topish, axborotlashtirish jarayonini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ulardan foydalanishni ommalashtirish davlat faoliyatining muhimyoʻnalishlaridan biriga aylanib bormoqda.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, mazkur sohada amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida birinchi oʻrinda insonlarga yaratib berilayotgan qulayliklar, kundalik turmush tarzi, davlat boshqaruvida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanish imkoniyatlari yotadi.
a’lim berishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, samarali yondashuvlarni ishlab chiqish, ta’lim berishning ilg‘or uslublarini joriy etish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon sivilizatsiyasi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirish, salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, hamda dunyo axborot resurslaridan keng ko‘lamda foydalanishlarini ta’minlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, ta’limda axborot texnologiyalardan foydalanish, samarali dasturlarni ishlab chikish orqali yoshlarning o‘qish motivatsiyasini oshirishga, o‘quv vaqtini tejashga, tezroq tushunish va o‘zlashtirishga yordam beradi. Maktab o‘quvchilarini IT sohasi bilan tanishtirish - zamonaviy maktabda axborotlashtirish muammosini hal qilish va kasbiy tayyorgarlikni takomillashtirishga qo‘yilgan ilk qadamdir.
Bugungi kunda prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi 5 ta muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar e’tirofga loyiq. Loyiha doirasida respublika bo‘yicha