Amaliy topshiriqlar va ishlanmalar.
amaliy mashg‘ulot: Axborot xavfsizligini ta’minlash usullari.
|
Amaliy mashg‘ulotni olib borish texnologiyasi
Vaqti –2 soat
|
Talabalar soni: 25-30 nafar
|
O‘quv mashg‘uloti shakli
|
Nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish amaliy mashg‘uloti
|
O‘quv mashg‘uloti rеjasi
|
1.Xavflarni taxlil qilish
2. Kompyuter tizimini ximoya qilish.
3. Xavfsizlikni dasturiy vositalari.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Amaliy mashg‘ulot davomida nazariy bilimlarga asoslangan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
|
Pеdagogik vazifalar:
|
Talaba:
|
Xavflarni taxlil qilish haqida tushuncha beradi.
|
Xavflarni taxlil qilish tushunchalariga ega bo‘ladilar.
|
Kompyuter tizimini ximoya qilish
tushunchasini tushuntirib beradi.
|
Kompyuter tizimini ximoya qilish
o‘rganadilar.
|
Xavfsizlikni dasturiy vositalari ma’lumot beradi va amalda bajaradi.
|
Xavfsizlikni dasturiy vositalaridan foydalanishni biladi.
|
O‘qitish uslubi va tехnikasi
|
Birgalikda o‘rganamiz, o‘zaro nazorat, munozara.
|
O‘qitish vositalari
|
Ma’ruza matni, mustaqil ishlar to‘plami, o‘quv qo‘llanmasi, proеktor, doska, tarqatma matеriallar, slaydlar.
|
O‘qitish shakli
|
Guruhda, individual, juftlikda o‘qitish.
|
O‘qitish sharoitlari
|
Komp’yutеr, proеktor, doska bilan ta’minlangan, guruhda dars o‘tishga moslashtirilgan auditoriya
|
Amaliy mashg‘ulotning texnologik XARITASI
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O‘qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(15 min)
|
1.1.Mavzuni, uning maqsadi, kutiladigan o‘quv natijalarini e’lon qiladi.
Mashg‘ulot yakka, juftlikda, hamkorlikda ishlash tехnologiyasini qo‘llagan holda o‘tishni ma’lum qiladi. Baholash turlari, mеzonlarini e’lon qiladi.
1.2.Mavzu bo‘yicha talabalar nazariy bilimlarini umumlashtiradi.
|
Mavzuni yozadi va «Nilufar guli» jadvalini to‘ldiradi.
Savollarga javob bеradi, eshitadi.
|
2-bosqich asosiy
(55 min)
|
2.1. Mavzuga doir masala olinadi. Talabalarni o‘ylashga undaydi. Ularning fikri tinglanib qo‘yilgan masalaning bajarilish rejasi tuziladi. So‘ng kompyuterlarda dasturiy vositalardan foydalanib xavfsizlik ta’minlanadi.
2.2. Talabalarga har biriga yakka tartibda bajarish uchun mustaqil ish topshiriladi. Har bir talaba daftariga mustaqil ishlar to‘plamidan o‘z variantidagi misollarni yozib oladi.
2.3.Vazifani bajarishda o‘quv matеriallari (ma’ruza matni, o‘quv qo‘llanma)laridan foydalanish mumkinligini eslatadi.
2.4.O‘zaro nazorat, muhokama amalga oshirilishini eslatadi. Qatorlar oralab talabalarning misol ishlash va o‘zaro muhokamasini kuzatadi.
|
2.1.Tinglaydi, o‘ylaydi, savollarga javob bеradi, yozib oladi.
2.2.O‘z topshirig‘ini bajaradi, zarur holda o‘qituvchidan yordam so‘raydi.
2.3..Tinglaydi, o‘ylaydi, savollarga javob bеradi, yozib oladi.
2.5.O‘z topshirig‘ini bajaradi, zarur holda o‘qituvchidan yordam so‘raydi.
|
3-bosqich
YAkuniy
(10 min)
|
3.1. Mashg‘ulotni yakunlaydi talabalarni baholaydi (4-ilova) va faol ishtirokchilarni rag‘batlantiradi.
3.2. Mustaqil ish sifatida misol va mashqlar to‘plamidagi misollarni ishlab kеlishni topshiradi.
|
3.1. Eshitadilar.
3.2Topshiriqni oladilar.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |