«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»


 Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi



Download 10,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/269
Sana23.06.2022
Hajmi10,74 Mb.
#694119
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   269
Bog'liq
717-Текст статьи-1653-1-10-20191229

14.4. Menejmentning funksiyalari va ularning tasnifi
Menejmentning jarayon sifatidagi mohiyati uning vazifalarida 
ifodalanadi. Menejment vazifalari deganda boshqaruv bo‘yicha 
ma’lum masalalami hal etishga qaratilgan harakat yig‘indisi 
tushuniladi.
Menejment vazifalari, awalo, boshqariluvchi obyektning o‘ziga 
xos xususiyatidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarish tarkibiga mos 
ravishda
quyidagilami aks ettiruvchi vazifalar mavjud bo‘ladi: 
-iqtisodiyotning tarmoq tarkibini;
-uning hududiy tarkibini;
-ishlab chiqarishning alohida unsurlarini.
Milliy xo‘jalikning tarmoq tarkibi menejment oldiga moddiy 
ishlab chiqarishni boshqarish va nomoddiy ishlab chiqarishni 
boshqarish kabi vazifa qo‘yadi. Birinchi soha tarkibida ishlab chiqa­
rish va muomala sohalarini boshqarishni ajratadilar. Ishlab chiqarish 
sohasini boshqarishga sanoat va uning tarmoqlarini boshqarish, 
qurilishni, tansport, aloqani boshqarish vazifalari; muomala sohasini 
boshqarish vazifalariga - savdoni, moliya, moddiy- texnikaviy 
ta’minot, madaniyat, ta’lim sohalarini boshqarishni qam- rab oladi.
Ishlab chiqarishni boshqarish vazifalarining hududiy tarkibiga 
respublika, viloyat, shahar, tuman miqyosidagi menejment vazifalari 
kiradi. Ishlab chiqarishning boshlang‘ich bo‘g‘ini - korxonani 
boshqarish muhim vazifadir. Menejment vazifalari boshqaruv 
tashkilotlari, bajaruvchilar va boshqaruv apparati vazifalarini bel­
gilab beradi.
358


Menejment jarayonini bajariladigan vazifalar bo‘yicha tahlil 
etish har bir vazifada ish hajmi, boshqaruvchi xodimlar sonini 
aniqlash, va nihoyat, boshqaruv apparati tarkibini loyihalash uchun 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Boshqaruv tashkilotining asosiy va aniq 
vazifalari ajratiladi. 
Asosiy vazifalar har bir korxona va 
boshqaruvning barcha darajasi uchun xosdir. Ular jumlasiga 
quyidagilar kiradi:
a) marketing; b) biznes-reja; d) tartibga solish; e) tashkil etish; Г) 
rag‘batlantirish; g) nazorat va hisob; h) undash; i) rejalashtirish.
Marketing - bu korxonani iste’molchi bilan bozor orqali 
bog‘lovchi eng muhim bozor munosabatlari va axborot oqimlari 
to‘plamidir. Marketing tarkibiga: bozomi o‘rganish, iste’molchilar 
buyurtmalariga ko‘ra tovarlar turlarini rejalashtirish, tovarlami bo- 
zorga chiqarish, reklama, tovar va xizmatlami ishlab chiqarishdan 
iste’molchiga yetkazish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati kiradi. 
Bozor u yoki bu tovarga bo‘lgan talabni lakmus qog‘ozi singari aks 
ettiradi. Bozor taklif etilgan tovami yo qabul etadi, yoki inkor qiladi.
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiyotni boshqarish marketingni ishlab 
chiqarish siklining so'nggida emas, boshida boiishini taqozo etadi, 
chunki boshqaruv qarorlarini qabul qilish asosida ishlab chiqarish 
imkoniyatlari emas, balki bozor talablari, xaridorlaming mavjud va 
istiqboldagi ehtiyojlari yotadi. Agar markazlashgan, ma’muriy- 
buyruqbozlikka 
asoslangan 
boshqaruvda 
bozorga 
ishlab 
chiqarishning oxirgi nuqtasi sifatida qaralgan bo‘Isa, bozor 
iqtisodiyotiga o‘tilishi bilan bozor talablari ishlab chiqarish 
bosqichining boshidayoq hisobga olinishi zarur. Bozor ishlab 
chiqarish ko'lamini belgilovchi, butun menejment jarayoniga ta’sir 
etuvchi kuchga aylanadi.
359


Biznes-reja - bu ijodiy loyihalashtirish, istiqbolni belgilashdir. 
Biznes-rejalarda 
iqtisodiy 
strategiya 
belgilanadi, 
kelajakda 
rivojlanish yo‘llari va vositalari aniqlanadi, tarkibiy siyosat, ijtimoiy 
rivojlanish miqyoslari belgilanadi.
Tashldl etish - bu boshqariluvchi tizimning texnikaviy, 
iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa kichik tizimlami tartibga solish 
jarayonidir. Tashkil etish maqbul tuzilmalar tashkil etish, tizim 
tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qismlari to‘g‘risida qoidalarni yaratishi, 
lavozim majburiyatlari, barqaror iqtisodiy normativlami belgilashni 
qamrab oladi.
Tartibga solish (koordinatsiya qilish) - bu menejmentning bar­
cha boshqa vazifalari uning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy 
masalalarini, hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman aloqalami 
muvofiqlashtirish jarayonidir. Bu o‘zaro uzviylikni o‘matish, bel­
gilangan me’yor va normativlardan cheklanishlaming oldini olish- 
dir. Rag‘batlantirish - bu manfaatlami va keng demokratlashtirish, 
inson omili faolligini oshirish asosida manfaatlar vositasida 
boshqarishdir. Nazorat va hisob - boshqariladigan tizim ma’lum 
maqsadga erishishga qaratilgan inson faoliyatining sabablari va 
mexanizmini o‘rganadi. Undash kishilar faolligi bilan ular ega 
bo‘lgan tajribaning moslashishi natijasida shaxsiy va guruhiy 
extyojlami qondirishga qaratilgandir. Menejmentning aniq maxsus 
vazifalari menejment mehnati taqsimoti natijasi bo‘Iib, aniq 
mazmunga egadir. Korxona miqyosida boshqaruvning quyidagi 
maxsus vazifalarini ko‘rsatish mumkin:
a) asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish;
d) mahsulot sifatini boshqarish;
e) mehnat va ish haqini boshqarish;
f) kadrlar, ta’minot, moliya va kredit, jamoa ijtimoiy 
rivojlanishini boshqarish;
g) marketingni boshqarish.
Menejmentning har bir sohasi maxsus tizim jihatidan majmua 
bo‘Iib, o‘z tarkibida menejmentning umumiy vazifalarini qamrab 
oladi. Masalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy jihozlashni
360


boshqarish vazifasi tarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish, 
rag‘batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri bilan uzviy 
bog‘liqdir. 
Menejment vazifalarining tarkibi va mazmunini 
aniqlashga yetarli darajada e’tibor bermaslik boshqaruv ta ’sirining 
bo‘shashib ketishiga sabab bo‘ladi. Menejment va uning vazifalari 
samaradorligi kishilaming mehnat intizomi, tashabbuskorlik va 
omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik qobiliyati bilan 
uzviy bog‘liqdir.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish