«axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar»


Menejment, mazmuni va vazifalari



Download 10,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/269
Sana23.06.2022
Hajmi10,74 Mb.
#694119
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   269
Bog'liq
717-Текст статьи-1653-1-10-20191229

Menejment, mazmuni va vazifalari,
axborot, tizim.
14.1. 
Menejmentning mohiyati, maqsad va vazifalari
Menejment tushunchasi 
tor m a’noda biror-bir tashkilot 
maqsadini aniqlash va unga erishish uchun zarur boMgan 
rejalashtirish, tashkil etish va nazorat jarayonlarining foyda 
keltirishi, samara berishi faoliyat yo‘nalishini qanchalik to‘g‘ri 
tanlay bilishga, qarorlar qabul qila olishga hamda uning 
boshqarilishini nazorat qilishga va bu jarayon borishiga bog‘liq 
bo‘ladi. Menejment keng m a’noli tushuncha sifatida, jahondagi 
menejment va uni tashkil etishning nazariyotchilaridan biri Piter 
Druker aytganidek, «alohida faoliyat turi bo‘lib, tashkil etilmagan 
betartib ommani bir maqsadga yo‘naltirilgan samarali va unumli 
guruhga, jam iyatga aylantiradigan, ijtimoiy o ‘zgarishlami rag‘bat- 
lantiruvchi element hisoblanadi».
350


Menejment nafaqat korxona doirasida, qolaversa, butun bir 
jamiyat, davlatni o‘z tanlagan yo‘li, maqsad va intilishlariga 
yetaklovchi, iqtisodiyotni kuchli, barqaror ishlovchi mexamzmga 
aylantirishda muhim ta’sir etuvchi kuch hisoblanadi.
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog‘lab, shu 
bilan birga, uning ikki: tashkiliy-texnikaviy, va ijtimoiy-Kltisodiy 
tomonlarini hisobga olgan holda o‘rganish lozim.
Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv aniq iste’mol qiymatini olish 
uchun mahsulot tayyorlashda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi 
bilan ajralib turadi. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruv mavjud ishlab 
chiqarish 
munosabatlari 
bilan 
bog‘liq 
bo‘lib, 
boshqarish 
maqsadlarini belgilaydi. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat 
unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun 
sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy menejmentning maqsadi ishlovchilar samarali 
mehnat qilishi uchun sharoit yaratish, ulami ijtimoiy himoya 
qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni 
ta’minlash va aholining kam ta’minlangan qatlamlariw qo‘llab- 
quwatlashdan iboratdir.
Menejmentning mohiyati 
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar 
darajasi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi va iqtisodiy 
aloqalaming murakkablashuvi bilan kengayib boradi- Menejment 
ishlab 
chiqarish jarayonida, 
ishlab 
chiqarish 
vositalariga 
mulkchilikning turli shakllari mavjud boigan sharoitda, ishlab 
chiqaruvchilar 
o‘rtasida 
raqobatni 
shakllantirish, 
foydani 
maksimallashtirishga qaratilgan bo‘lsa, u butun bir iqtisodiy tizimda 
ishlab chiqarish evaziga jamiyat ehtiyojini qondira oladigan bozor 
infratuzilmasi elementlari va ulaming o‘zaro aloqasini ta’minlovchi 
mexanizmning barqaror ishlashiga, har bir fuqaro, guruh, uyushma, 
tashkilot va muassasalar manfaatlarini e’tiborga olgan holda, ularrn 
jahon sahnasida o‘z o‘miga ega bo'lishiga qaratilgan bo‘ladi.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa 
qonunlarga asoslanuvchi huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar rahbarlari mazkur qonunlami o ‘rganish va 
ulaming aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda 
iqtisodiyotni boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
351


14.2. M enejm entning o‘ziga xos xususiyatlari 
Bugungi kunda «menejment ilmi», «qabul qilish ilmi», «tizimli 
tahlil», «tizimlar haqida ilm», «operatsiyalar tadqiqoti» kabi bir- 
birini almashtirib qo‘yish mumkin bo‘lgan tushunchalami uchratish 
mumkin. Menejment ilmining yondashish sifatida o ‘ziga xos 
xususiyatlari quyidagicha:
-ilm iy usulning qo‘llanilishi;
-tizimli yondashish;
-modellar ishlatilishi.
Ilmiy usul menejment ilmi maktabining amaliyotda birinchi bor 
ishlatilgan, har qanday ilmiy tadqiqotning fundamental tadbiridir. U 
uch bosqichdan iborat.
1.K uzatuv. Gap muammo va vaziyat haqida axborotni 
obyektiv tarzda yig‘ish va tahlil qilish ustida ketmoqda. Masalan, 
mahsulotlarga ehtiyoj va zaxiralar darajasi o'rtasidagi bog‘liqlik 
ko‘rib chi- qilayotganda rahbar zaxiralar darajasi ehtiyojga qarab 
o‘zgarishini baholashi kerak. (Bugungi kunda ilmiy tahlilning bu va 
deyarli hamma boshqa jihatlari, odatda, idora boMinmalari 
mutaxassislari to- monidan o‘tkaziladi).
2. Gipotezaning ifoda qilinishi. Gipotezani ifoda etayotib, 
tadqiqotchi:
Mavjud 
imkoniyatlar 
(altemativlar)- 
faoliyat 
(harakat)
352


variantlari va vaziyat uchun ulaming oqibatlarini aniqlaydi, 
shuningdek, ushbu kuzatuvlar asosida ulami prognozlaydi. Maqsad 
- muammoning tarkibiy qismlari o'rtasidagi o‘zaro bog'liqlikni 
o‘matish. Masalan, kuzatuv oyi davomida ehtiyoj 10 foizga 
o‘sganda zaxiralar kamayishni ko‘rsatsa, rahbar zaxiralaming 
muayyan miqdorga o'sishi ulaming bunday vaziyatda qisqarishi 
oldini oladi, degan gipotezaga asoslanishi mumkin.
3. 
Verifikatsiya. Verifikatsiyaning yoki gipotezaning to‘g‘ri- 
ligini tasdiqlanishning uchinchi bosqichida tadqiqotchi gipotezani 
qabul qilingan qaroming natijalarini kuzatib tekshiradi. Bizning 
misolni davom ettirib, rahbar zaxiralar darajasini idora mutaxassisi 
taklif etgan miqdorga ko'paytirishi mumkin. Agar bunda zaxiralar 
kamaymasa yoki haddan ziyod ko‘paymasa, gipotezani to‘g‘ri deb 
tan olish kerak. Agar ehtiyojning o‘sishi bilan mahsuJptlaming 
yetishmasligi paydo bo‘lsa yoki zaxiralar shunchalar o‘ssaki, ulami 
saqlash chiqimlari haddan ziyod bo‘lib qolsa, unda gipotezani 
noto‘g‘ri deb tan olish kerak. Bu holda, rahbar birinchi bosqichga 
qaytib, mavjud axborotga gipotezani tekshirish bosqichida yig‘ilgan 
axborotni va boshqa ma’lumotlami qo‘shgandan keyin yangi gi- 
potezani ifoda qilishi kerak.
Menejment muammolarini hal etayotganda ilmiy usulni qo‘Hab, 
shuni esda tutish kerakki, tashkilot - bu o'zaro bog‘langan
353


qismlardan iborat ochiq tizimdir. Shuning uchun menejmentda ilmiy 
yondashishning ikkinchi xususiyati sifatida tizimli yondashish 
gavdalanadi.Menejment ilmining uchinchi xususiyati - modellarni 
ishlatishdir. Modellashtirish k o ‘p hollarda menejment muam- 
molarining murakkabligi va ilmiy tajribalami real hayotda o ‘tkazish 
qiyinchiligi tufayli zarurdir.
Modellashtirish - bizning muhokamada ko‘p e ’tibor berilgan 
konsepsiyadir. 
Ilmiy 
menejment 
maktabining 
eng 
k o ‘zga 
k o ‘rinadigan va ehtimol eng yirik hissasi oddiy sabab - oqibatli 
baholash uchun juda murakkab vaziyatlarda obyektiv qaror qabul 
qilishga 
imkoniyat 
beradigan 
muqobil 
modellarni 
ishlab 
chiqishdadir. Bunday modellaming ko‘pi shunchalik murakkabki, 
hamma rahbarlar ham ulami mustaqil ravishda ishlatishga qodir 
emaslar. Biroq, modellar haqida ishonarli tasaw um ing yo‘qligi 
rahbaming sinash va xatolar usulini qo‘llashiga hamda tekshirilgan 
usullar qo‘llashning o ‘miga o ‘ylanmagan qarorlar qabul qilishiga 
olib keladi.
M odellashtirish. Model o‘zi nima? Menejment ilmi ishla- 
tadigan ayrim modellarni kompyutersiz amalga oshirish murakkab 
b o isad a, modellashtirish konsepsiyasi oddiy. Shennonning ta ’rifiga 
binoan: «Model - bu obyektning, tizimning yoki g ‘oyaning 
butunlikning o ‘zidan farqli m a’lum bir shaklda taqdim etilishi». 
Masalan, tashkilot sxemasining o ‘zi uning tuzilishini ifoda etadigan 
modeldir. 
Ushbu 
kitobda 
tavsiflangan 
hamma 
menejment 
nazariyalari tashkilot yoki uning qandaydir kichik tizimi ishlash 
modelining mohiyatidir. Siz ko‘p o'tm ay modellaming boshqa -
sizga tanish bo ‘lgan misollari borligiga ishonch hosil qilasiz.
Qo‘llanilayotgan modelni real hayotiy vaziyatni soddalashti- 
rishning asosiy xususiyati deb hisoblasa b o ‘ladi. Model shaklida 
murakkablik kamroq b o ‘lgani va ishga tegishli b o ‘lmagan, real 
hayot- da muammodan chalg‘itadigan raa’lumotlarning y o ‘q bo‘Iib 
ketishi sababli u rahbarda uning oldida paydo bo‘layotgan 
muammolami tushunish va hal etish qobiliyatini oshiradi. Model, 
shuningdek, rahbarga o ‘z tajribasini va mulohaza qilish qobiliyatini 
ekspertlar 
tajribasi 
va 
mulohaza 
qilish 
qobiliyati 
bilan 
mujassamlashtirishga yordam beradi.
354


M odellashtirish z a ru ra ti. Real hayot bilan to‘g ‘ridan-to‘g‘ri 
o‘zaro munosabatda bo‘lish o ‘m iga model ishlatishni shart qilib 
qo‘yadigan bir necha sabablar mavjud. Ularga ko‘pchilik tashkilot- 
larda vaziyatlaming tabiiy murakkabligi, real hayotda, zarur 
bo'lganda, ilmiy tajribalami o ‘tkazishning imkoni bo'lmasligi va 
rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir.
M u rak k ab lik . Hamma menejment maktablarida bo'lganidek, 
menejment ilmi real olamning tashkilot muammolarini hal etishda 
foydali bolishiga intiladi. Insonning model yordamida reallik bilan 
o‘zaro munosabatda bo‘lganida qobiliyatlarining oshishi g‘alati 
ko'rinishi mumkin. Ammo bu shunday, chunki tashkilotning real 
hayoti nihoyatda murakkab va muayyan muammoga taalluqli 
o‘zgaruvchan miqdorlarning 
faktik 
soni 
har bir kishining 
qobiliyatidan ancha ortiq bo‘ladi hamda uni real hayotni 
modellashtirish yordamida soddalashtirib anglash mumkin.
Ilm iy ta jrib a o‘tkazish. Muammolami hal etish altemativ 
variantlami sinab ko‘rish va tajribada tekshirish ma’qul boigan 
menejment vaziyatlari ko‘p uchraydi. Albatta, rahbarlaming yangi 
mahsulotga, awaldan uning ko‘zlaganday ishlashi va iste’molchilar 
tomonidan qabul qilinishini tajribada aniqlamasdan, millionlab dol- 
larlami tikishi noto‘g‘ri b o ‘ladi. Real hayotda muayyan tajribalar 
o‘tkazish mumkin va shart.
«Boing» firmasi yangi samolyotni, «Nissan» yangi avtomobilni, 
«IBM» yangi kompyutemi loyihalashtirayotganda ular har doim
355


namuna ishlab chiqib, uni real sharoitda tekshiradi va undan keyin- 
gina keng k o ‘lamli ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin, bunday 
k o ‘rinishdagi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri tajriba o‘tkazish qimmat bo‘Iib, vaqt 
talab qiladi. T asaw u r qiling, agarda «Jeneral Elektrik» firmasi firma 
muhandislari tomonidan faqat potensial takomillashtirishlar deb 
o ‘ylab topgan mingta qismlarni ishlab chiqarib, sinab k o ‘rsa, 
avtomobii qanday qiymatga ega bo‘Iar va undagi yangiliklar qancha 
kam b o ‘lar edi. Bunday holatda modellar yordam beradi.
Qaror qabul qilish kerak b o ig an , lekin real hayotda tajriba 
o ‘tkazish mumkin bo ‘lmagan behisob tang vaziyatlar mavjud.
Masalan, «Folksvagen» firmasi AQShda ishlab chiqaruvchi 
korxona qurishga qaror qilganda, unga yetarli ish kuchi, m a’qul 
bo‘ladigan soliq solish shartlari, mavjud va zarur materiallami 
olishda va tayyor avtomobillami yuklab j o ‘natishda iqtisodiy 
jihatdan qulay joyni tanlashiga to ‘g ‘ri keldi. Unga «Rebbit» 
modelining ko‘p minglab qismlarini yig‘ish navbatini aniqlash, 
zavodning o ‘zi qay bir qismlarni ishlab chiqarishi, qay birini esa 
sotib olishi mumkinligini bilib olish, har bir qismning zarur zaxira 
darajasini 
belgilashga 
to‘g ‘ri 
keldi. 
M a’lumki, 
firma 
bu 
muammolami tajriba sifatida har bir imkoni bor joyda bir necha 
loyihalar bo‘yicha zavod qurib hal qila olmasdi.

Download 10,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish