Axborot kommunikatsion texnologiyalar



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#215814
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132
Bog'liq
АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ Ўкув Кулланма

Viruslardan  himoyalanishning  asosiy  vositalari.  Eng  yaxshi  himoya  turi  - 
viruslarni  qay  tarzda ta’sir  etishini  bilishdir.  Viruslar  oddiy  dasturlar bo‘lib, biror 
g‘aroyib kuchga ega emaslar. 
Kompyuter  viruslar  bilan  zararlanishi  uchun  undagi  biror-bir  zararlangan 
dasturning  ishlashi  talab  qilinadi.  shuning  uchun  kompyuterning  birlamchi 
zararlanishi quyidagi hollarda ro‘y beradi: 
­  kompyuterdagi  virus  bilan  zararlangan  dasturlar  yuklanishi  (COM,  BAT 
yoki EXE fayllar) yoki moduli zararlangan dasturning ishlatilishi; 
­  kompyuterga virusli fleshkaning qo‘yilishi; 
­  kompyuterga qurilmalarning zararlangan drayverlarini o‘rnatilishi. 


79 
Viruslardan quyidagi usullar bilan himoyalanish mumkin: 
­  Fleshka ma’lumotlarni o‘qishda albatta virus borligiga tekshirish; 
­  axborot  nusxalarini  ko‘chirish,  shuningdek  disklar  va  axborotni  saqlash 
uchun 
­  ishlatiladigan  umumiy  qoidalardan  foydalanish,  disklarni  jismoniy 
zararlanishdan, dasturlarni esa buzilishdan saqlash; 
­  axborotdan  noqonuniy  foydalanishning  oldini  olish  uchun  dasturlardan 
foydalanishni  cheklash,  xususan,  dastur  va  ma’lumotlarning  viruslar  ta’sirida 
o‘zgarishidan,  noto‘g‘ri  ishlayotgan  dasturlar  va  foydalanuvchilarning  noto‘g‘ri 
harakatlaridan himoya qilish; 
­  viruslar bilan zararlanish ehtimolini kamaytiruvchi chora-tadbirlar; 
­  viruslar bilan kurashuvchi maxsus dasturlardan foydalanish. 
Zararli dasturlarning asosiylari bilan tanishib chiqamiz. 
Troyan (troya otlari). Tarixdan Troya urushi haqida o‘qiganmisiz? O‘shanda 
dushman tomon sovg‘a qilgan bahaybat ot haykali ichida yashirinib olgan askarlar 
tunda  chiqib,  qal'a  darvozasini  ochganlar.  Troyanlar  ham  xuddi  shunday  ish 
ko‘radi  –  kodek,  skrinseyver  kabi  xavfsiz  ilovalarga  o‘xshab  ko‘rinadilar, 
kompyuterga  tushib  olgach  esa,  g‘arazli  ishlarini  boshlab  yuboradilar.  Masalan, 
troyan  o‘zining  nomini  new_game.exe  kabi  qiziqarli  va  bir  qarashda  zararsiz 
dasturga  o‘zgartirib  oladi.  Ushbu  dastur  yuklab  olingandan  keyin,  yoki  umuman 
ishlamaydi,  yo  yuklanishda  xato  yuz  bergani  va  dastur  yopilishi  haqida  xabar 
chiqadi. Lekin, shuning o‘zi troyanga buzg‘unchligini qilib olish uchun yetarli. 
Bekdorlar  (backdoor).  Bu  –  tizimni  masofadan  turib,  ruxsatsiz  va  yashirin 
boshqarish  dasturlaridir.  Ular  foydalanuvchi  uchun  an'anaviy  bo‘lgan  har  qanday 
amallarni  –  klaviaturada  terish,  kursorni  yuritish,  darcha  va  ekrandagi  narsalarni 
ko‘rish, tashqi qurilmalarni ishlatish kabilarni bajarish imkonini beradi. Bekdorlar 
muhim  axborot  bilan  ishlaydiganlar,  moliyaviy  tizimga  kiriladigan  kompyuterlar 
uchun o‘ta xavflidir.  
Ushbu  dasturning  asosiy  vazifasi  –  kompyuter  tizimiga  yashirin  ravishda 
barqaror kirib turishni ta’minlashdir.
 


80 
Spyware  va  Adware
.  Ularning  asosiy  vazifasi shaxsiy  ma’lumotlarni  yig‘ish 
va bevosita yoki bilvosita moddiy manfaatga ega bo‘lishdan iborat. 
Adware («Reklama mahsuloti») – foydalanuvchi xohishiga bog‘liq bo‘lmagan 
reklamalar namoyish etadi;
 
Spyware  («Josus  mahsulot»)  –  adware  dan  ko‘ra  ancha  xavfli.  Bu  dastur 
foydalanuvchi 
harakatlarini 
kuzatib 
boradi, 
kiberjinoyatchilarga 
shaxsiy 
ma’lumotlar,  kompyuter  konfiguratsiyasi,  terilgan  matn  va  turli  akkauntlarga 
parollar  kabilarni  yetkazib  berib  turadi.  Eng  yomon  tomoni  –  antivirus  dasturlar 
har doim ham bunday viruslarni topa olmaydi. 
Rutkitlar.  Ular  dasturiy  va  tizim  so‘rovlari  natijalarini  «ushlab  olib», 
almashtirib  qo‘yish  orqali,  zararli  dastur  yoki  jinoyatchining  faoliyatini  yashirish 
uchun  mo‘ljallangan.  Masalan,  antivirus  kompyuterda  viruslar  bor-yo‘qligini 
tekshirish  uchun,  operatsion  tizimdan  fayllar  ro‘yxatini  «so‘raydi».  Rutkit  esa, 
operatsion  tizim  taqdim  etgan  ro‘yxatni  «ushlab  olib»,  undan  bekdor  viruslarini 
olib  tashlab,  antivirusga  «topa-toza»  fayllargina  bor  ro‘yxatni  beradi.  Natijada 
antivirus hech qanday shubhali narsa topa olmaydi. 
Bot/Zombi.  Botlar  va  zombilarni  zararli  dasturlarni  boshqarish  usuli  desak 
ham  bo‘ladi.  Ko‘p  hollarda  troyanlar  va  bekdorlar  yangi  talqinlarni  yuklash, 
spamlar  tarqatish  va  boshqa  ko‘rsatmalarni  olish  uchun  o‘z  egalari,  «ona» 
tarmoqlariga  bog‘lanib  turadilar.  Bunda  bot  va  zombilar  keng  tarqalgan  aloqa 
usullaridan ham (masalan, ICQ), o‘zlari uchun alohida ishlab chiqilgan bog‘lanish 
yo‘llaridan ham foydalanishlari mumkin. 
Aynan  botlar  va  zombilar  yashirin  Internet-trafik  oqimini  yuzaga  keltiradi 
(Internet  orqali  ma’lumotlar  yuklab  oladi  va  jo‘natadi)  va  shu  orqali  kompyuter 
foydalanuvchisining hamyonini ship-shiydam qilishga hissa qo‘shadi. 
Chuvalchang  (Worm).  Bu  dastur  qattiq  diskda,  kompyuter  xotirasida 
ko‘payadi  va  tarmoq  orqali  tarqaladi.  «Chuvalchang»larning  boshqa  viruslardan 
asosiy  farqi  shundaki,  ularning  o‘zlari  bevosita  hech  qanday  zarar  keltirmaydi, 
faqat  o‘zidan-o‘zi  ko‘payib  yotaveradi.  Bundan  maqsad  xotirani  to‘ldirib, 
operatsion  tizim  faoliyatini  sekinlatishdir.  Lekin,  chuvalchanglar  boshqa  viruslar 


81 
uchun baza vazifasini ham o‘taydi. Masalan, ba’zida bu dasturlar ishga tushganda, 
u  kompyuterni  bot-tarmoqqa  ulaydi  va  bu  mashinaga  yashirin  kod  o‘rnatib 
qo‘yadi, ya’ni Internetdan kompyuterga «maxfiy tuynuk» ochadi. 
Viruslarning  birgalikda  ishlashi.  Viruslarning  turlari  har  xil  bo‘lishiga 
qaramay,  odatda  hammalari  «kelishib»  ishlaydilar.  Bir-birlarini  yashiradilar, 
yangilangan  ko‘rinishlarining  yuklanishiga  yordam  beradilar.  Chuvalchanglar 
bekdorlar  uchun  makon  bo‘lishadi  va  tarmoqlarda  birlashishga  xizmat  qiladi, 
troyanlar parollarni o‘g‘irlab, spyware viruslarini o‘rnatadilar va h.k. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish