Axborot kommunikatsion texnologiyalar


§ Kompyuter virusi, vazifalari, turlari va ularga qarshi kurashish usullari



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,8 Mb.
#215814
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИ Ўкув Кулланма

4.3§ Kompyuter virusi, vazifalari, turlari va ularga qarshi kurashish usullari 
 
Kompyuter  virusi  -  bu  o‘lchami  katta  bo‘lmagan,  maxsus  yozilgan  dastur 
bo‘lib, u o‘zining nusxalarini yaratish va ularni boshqa dasturlarga, kompyuterning 
tizim  sohalariga,  kompyuter  tarmoqlariga  joylashi  mumkin.  Ichida  virus  bo‘lgan 
dastur  «zararlangan»  deyiladi.  Bunday  dasturni  ishga  tushirilganda  boshqaruvni 
avval  virus  amalga  oshiradi.  Virus  boshqa  dasturlarni  topadi  va  zararlaydi, 


76 
shuningdek  qandaydir  buzg‘unchi  harakatlarni  bajaradi  (masalan,  diskdagi 
fayllarni  va  shu  fayllar  joylashgan  jadvalni  ishdan  chiqaradi  (buzadi),  operativ 
xotirani  bo‘lar-bo‘lmas  «musor»  bilan  to‘ldiradi  va  h.k.).  Virus  o‘zini  yashirish 
maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular 
faqat  muayyan  sharoitda  amalga  oshadi.  Virus  kerakli  harakatlarni  bajarib 
bo‘lgandan  so‘ng,  boshqaruvni  o‘sha  o‘zi  o‘rnashib  olgan  dasturga  beradi  (virus 
shu  dasturning  ichida  yotadi)  va  u  oldingidek  ishlayveradi.  Shu  bilan  bir  qatorda 
virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko‘rsatadi. 
Mavjud  bo‘lgan  viruslarning  ko‘pchiligi  yadro  tizimli  fayllarni  afzal 
ko‘radilar, chunki ko‘p zamonaviy kompyuterlarda fayllar tizimi bir xil nomlanadi. 
Masalan,  viruslar  aksariyat  hollarda,  command.com  fayliga  birlashadi  va  dir 
buyrug‘i  bilan  boshqa  disk  va  direktoriyalarga  tarqaladi.  Ko‘p  hollarda  tizimning 
zararlanishi kiritish-chiqarish jarayoniga murojaat qilganda ro‘y beradi. 
Aslini olganda,  viruslar tizimlarga birikib  ketish  uchun  har  qanday  yo‘llarni 
ishlatishadi, shuning uchun ham zararlanmaydigan tizimlar yo‘qdir. 
Shaxsiy kompyuterlarga viruslar tushushining asosiy yo‘li bo‘lib zararlangan 
fleshkalar  xizmat  qiladi.  Shunday  viruslar  mavjudki,  ular  energiyaga  bog‘liq 
bo‘lmagan xotiraga yashirinib olib (qattiq magnitli disk (Hard)), tizimni tozalashda 
juda  katta  qiyinchiliklar  tug‘diradilar.  Hatto  haqiqiy  firma  belgisiga  ega  bo‘lgan, 
arxivlangan dastur ham virusdan holi ekanligiga hech kim kafillik bera olmaydi. 
Viruslar ko‘payishi shartli ravishda 5ta fazaga bo‘linishi mumkin:  
­  kompyuterga kirib olish; 
­  virusning faollashishi; 
­  zararlash uchun obyektlarni qidirish; 
­  virus nusxalarini tayyorlash; 
­  virus nusxalarini joylash. 
Xar bir fazani alohida ta’riflaymiz.  
–  Kompyuterga  kirib  olish.  Viruslar  kompyuterga  zararlangan  fayllar, 
disklarning  yuklanish  sektori  orqali,  flesh  disklar,  yoki  tarmoq  orqali  kirib  olishi 


77 
mumkin.  Kirib  olish  vaqtida  chervlardan  farqi  shundaki,  ular  hech  qanday 
noxushliklarni amalga oshirmaydi.  
–  Virusning  faollashishi.  Buning  uchun  zararlangan  obyekt  ishga  tushishi 
kerak.  Bu  fazada  viruslar  zarar  yetkazishi  mumkin  bo‘lgan  obyektlariga  ko‘ra 
turlarga bo‘linadilar. 
–  Zararlash  uchun  obyektlarni  qidirish.  Bu  fazada  viruslar  o‘zlarini  ikki  xil 
tutishi mumkin:  
Boshqaruvni olgan virus zararlash uchun birinchi obyektni topgach ishni o‘zi 
joylashgan faylga beradi. 
Boshqaruvni olgan virus xotirada joylashib olib o‘zi ishlayotgan muhit ishini 
tugatguncha zararlash obyektlarini to‘xtovsiz qidiradi. 
–  Virus  nusxalarini  tayyorlash.  Virus  nusxalarini  tayyorlash  oddiy  nusxa 
olishdan  ko‘ra  farqli  bo‘lib,  mualliflar  ularni  har  xil  yo‘llar  bilan  yashirishga 
urinishadi. Asliga o‘xshamagan nusxalar tayyorlash texnologiyalari xilma-xildir. 
–  Virus  nusxalarini  joylash.  Bu  ish  ikkita  bir-biridan  farqli  usullar  bilan 
amalga oshirilishi mumkin: 
Virus kodini zararlanishi kerak bo‘lgan obyektga joylash; 
Obyektni  virus  nusxasiga  almashtirish.  Almashtirilayotgan  obyekt,  qoidaga 
ko‘ra nomi o‘zgartiriladi. 
Birinchi  usul  viruslarga  xos,  ikkinchisi  esa  ko‘pincha  troyan  va  chervlar 
tomonidan qo‘llaniladi. 
Kompyuter  virusi  qanday  namoyon  bo‘ladi  degan  savol  amaliyotda  ko‘p 
uchraydi.  Quyida  kompyuterga  virus  tushganligining  ba’zi  belgilarini  sanab 
o‘tamiz: 
•  Kompyuterdagi dasturlar avvalgiga nisbatan sekinroq yuklanadi; 
•  Ba’zi papkalarda sizga notanish fayllar paydo bo‘lib qoladi yoki aksincha, 
bir xil fayllar yo‘qolib qolishi mumkin; 
•  Sizga  tushunarsiz  sabablarga  ko‘ra,  fayl  yoki  dasturlarning  hajmlari 
o‘zgarib qoladi, yo ortadi yoki kamayadi; 
•  Ekranda tushunarsiz yozuv yoki grafikalar paydo bo‘lib qoladi; 


78 
•  Diskdagi bo‘sh joy o‘z-o‘zidan kamayib ketadi; 
•  Fayllarning nomlari yoki kengaytmalari o‘zgarib qoladi; 
•  Klaviaturadagi  tugmachalar  bosilganida  dinamikdan  har  xil  tovushlar 
chiqadi; 
•  Qattiq diskka murojaat qilib bo‘lmay qoladi. 
•  Kompyuter ishlashi sekinlashadi
•  Ba’zi  bir  fayllar  buziladi  yoki  ularning  hajmi  ortiqcha  har  xil  yozuvlarni 
qo‘shish hisobiga o‘zgaradi, kattalashadi; 
•  Tezkor xotiraning bo‘sh joyi qisqaradi; 
•  Qattiq  magnitli  diskdan  dasturlarni  yuklash  qiyinlashadi  yoki  umuman 
yuklanmaydi va h.k. 
Shuni  ta’kidlash  kerakki,  dasturlar  va  hujjatlar  matnlari,  berilganlar 
bazasining  axborot  fayllari,  jadvallar  va  boshqa  shunga  o‘xshash  fayllar 
zararlanmaydi. Ular faqat buzilishi mumkin. 
Virus  asosan  ikkit  qismdan  iborat  bo‘lib,  ularni  biri  virus  ikkinchisi 
shifrlovchi  deb  ataladi.  Virusning  har  bir  nusxasi  shifrlovchi,  qandaydir  kalit  va 
shu  kalit  bilan  shifrlangan  virusdan  tashkil  topadi.  O‘zi  differentsiallanuvchi 
viruslar  esa,  o‘zini  formasini  takomillashtiradi.  Ko‘p  viruslar  boshqalar  uning 
ishlash  mexanizmini  sezib  qolmasliklari  uchun  o‘zining  katta  qismini  kodlangan 
holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarni topishda qiyinchiliklar tug‘diradi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish