Axborot jamiyati va uning xususiyatlari
Reja
1.
Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha
2.
Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o‘tgan yo‘li
3.Axborotlashgan jamiyatda axborot inqirozi
1.Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha.
Bugungi axborot davrida
har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi,
kishilarning tafakkuri va siyosiy saviyasining shakllanishida asosiy vosita bo‘lib
kelmoqda. Jahonda kechayotgan globallashuv va integratsiya, mamlakatimizda
olib borilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlarida axborotning ahamiyati,
xususan, axborot erkinligi va ochiqligi masalasi shaxs, jamiyat va davlat hayotida
tobora muhim ahamiyat kasb etib, zamonaviy axborot tizimining shakllanganligi
har qanday mamlakatning salohiyati va taraqqiyotini belgilovchi omil bo‘lib
sanalmoqda.
Bugungi dunyo Axborotli Jamiyat davri arafasida turibdi - bu raqamli audio,
ma'lumotlar va videoni har kimga, istalgan vaqtda va istalgan joyga uzatishga
imkon beradigan yuqori tezlikdagi kanallar bilan bog'langan biznes va
shaxslarning
yangi
global
madaniyati
va
iqtisodiyotidir
desak
bo’ladi. Sayyoramizning har bir fuqarosi Axborotli Jamiyatga a'zo bo'lishidan
ancha vaqt o'tishi kerak, biroq tarmoq allaqachon odamlarning ishlashini,
yashashini va o'ynashini sezilarli darajada o'zgartirmoqda.
Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli
jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika
fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi
masalalarni o’rganadi:
Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;
Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
faktorlari sifatida;
Axborotlashgan jamiyatda shaxs;
Axborot madaniyati;
Axborot xavfsizligi;
Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi. Mutaxassislar
ushbu termin yuqori sifatli ko‘p miqdordagi axborotni saqlash, taqsimlash va
foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydilar.
Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib
beriladi. Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki,
jamiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalana olsin.
Akademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda
etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan: “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning
barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, kutubxonalar,
katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, haqiqiy va bashorat qilingan
hodisalarni
modellashtirish,
ishlab
chiqarishni
boshqarish,
ta’limni
avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan
jamiyatga
aytiladi.
Bunday jamiyatda:
Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun
zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana olishi;
Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;
Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini yechish
uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish
imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish;
Do'stlaringiz bilan baham: |