Axborot haqida tushuncha



Download 3,46 Mb.
bet4/53
Sana01.02.2022
Hajmi3,46 Mb.
#423801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
Ma\'ruza matni (informatika)-2015 1

Уз вактидалик







Актуаллик







Репрезентативлик







Аниклик









Баркарорлик







Етарлилик







Мазмундорлик







Ишонарлилик






I nformatika uchun axborotni qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish va uzatishda axborot texnologiyalari vositalaridan qanday foydalanish kerakligi muammosi eng asosiy bo’lgani uchun axborotlarning tasnifi ham o’ziga xosdir. Jumladan, informatikada analogli va raqamli axborotlar ishlatiladi. Inson sezgi a'zolari analogli (uzluksiz) axborot bilan ish ko’rishga moslashgan bo’lsa, hisoblash texnikasi asosan raqamli (diskret) axborot bilan ishlaydi.
Savol va topshiriqlar
1. Noosfera nima? Uning nechta tashkil etuvchisi bor?
2. Axborotni o’rganish bilan bog’liq masalalar noosferaning qaysi bo’limining paydo bo’lishiga olib keldi?
3. Inson axborotni qaysi a'zolari orqali qabul qiladi?
4. Axborot qanday muhim xossalarga ega?
5. Ma'lumot va axborot orasidagi farq nimadan iborat?
6. Analogli va raqamli axborotlarning farqini misolda tushuntirib bering.
7. Hisoblash texnikasi qanday axborotlar bilan ishlaydi?
8. Axborotning qanday sifat ko’rsatkichlari mavjud?


2-Mavzu: Axborotlashgan jamiyat haqida tushuncha.


Reja:

  1. Axboriy jarayonlar.

  2. Axborotlashgan jamiyat.



Tayanch iboralar.
Axborotlashgan jamiyat, Umumlashgan ishlab chiqarish, axboriy mantiqoy ishlab chiqarish, Axborotlashtirish haqidagi qonun, Axborotlashtirish Konsepsiyasi.

Informatika atamasi lotincha informatic so’zidan kelib chiqqan bo’lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nosini anglatadi. Ingliz tilida bu atamaga Computer science (kompyuter texnikasi haqidagi fan) sinonimi mos keladi.


Informatika hisoblash texnikasini yaratish va qo’llash, axborot va unga ishlov berish texnologiyalari bilan bog’liq bo’lgan barcha narsalarni o’z ichiga oladi. Informatikaning asosiy resursi — axborotdir.

Keng ma'noda axborot — insonlar o’rtasida ma'lumotlar ayirboshlash, odamlar va sun'iy qurilmalar o’rtasida signallar ayirboshlashni ifoda etadigan tushunchadir.


Informatika fani axborotga hodisalar yoki ob'ekt­lar to’g’risidagi tasavvurlarimizni o’zgartiruvchi, o’zaro bog’liq ma'lumotlar, ko’rsatkichlar, negizlar va tushunchalar sifatida qaraydi. Shuning uchun informatikaga quyidagicha ta'rif berish mumkin.

Informatika — axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarni vositalarining faoliyat ko’rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o’rganuvchi fandir.


Zamonaviy jamiyatda insonning ishlab chiqarish faoliyati umumlashgan ishlab chiqarish (UICh) doirasida kechmoqda. UICh bir-biri bilan uzviy bog’liq fizik(moddiy) hamda axboriy-mantiqiy qismlardan iborat. Ishlab chiqarishning axboriy-mantiqiy qismiga kuch bergan mamlakatlar yuqori ish unumdorligi va zamonaviy, xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarishga erishganliklari ma'lum. Axboriy-mantiqiy ishlab chiqarish (AMICh)ning resurslari asosini axborot, mehnat vositalarini esa hisoblash texnikasi, uning dasturiy ta'minoti, axborot texnologiyalari va boshqalar tashkil qiladi. Mehnat vositalari hamda aqliy mehnatni sarf qiluvchi, tajriba va bilimga ega insonlar AMIChning ishlab chiqarish kuchlarini tashkil qiladi. AMIChning mahsuloti abstrakt ob'ekt (axborot, model) iste'mol predmeti sifatida namoyon bo’lmoqda.
Ishlab chiqarish doirasidagi XX asrda yuz bergan o’zgarishlar AMIChning paydo bo’lishi va uning ahamiyatining oshib borishi bilan bog’liqdir. Binobarin, UIChning umuman unumdorligining oshishi avtomatlashtirish, shu jumladan, AMIChni avtomatlashtirish bilan bog’liq deb qaralishi zarur. Shu bois mehnat unumdorligi ko’p jihatdan informatikaga bog’liqdir.
Hisoblash texnikasi va aloqa vositalarining keng rivojlanishi axborotni ilgari xayolga ham keltirib bo’lmaydigan hajm va tezkorlikda yig’ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish, ya'ni avtomatlashtirilgan holda ishlov berish imkoniyatini yaratib berdi. Axborot texnologiyalari tufayli insonning faoliyati, uning kundalik muloqot sohasi dunyo sivilizatsiyasi ishlab chiqqan tajriba, bilimlar va ma'naviy qadriyatlarni jalb etish hisobiga chindan ham behad kengaymoqda. Bu esa o’z navbatida jamiyatning yuqori darajada axborotlashgan bo’lishini talab etadi.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish bo’lmog’i lozim.
Axborotlashgan jamiyatning moddiy va texnologik negizini kompyuter texnikasi va kompyuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi.
Axborotlashgan jamiyat — jamiyatning ko’pchilik a'zolari axborotning oliy shakli bo’lgan bilimlarni ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo’lgan jamiyatdir.
Axborotlashgan jamiyatga utishda kompyuter va telekommunikatsiya axborot texnologiyalari negizida yangi axborotni qayta ishlash sanoati yuzaga keladi.
Hozirgi paytda shu narsa ravshan bo’lib qolmoqdaki, u yoki bu mamlakat XXI asrda munosib o’rin egallashi va bosh­qa mamlakatlar bilan iqtisodiy musobaqada teng qatnashishi uchun o’z iqtisodiy tuzilishi, ustuvorliklari, boyliklari, institutlarini qayta qurishi va sanoatini axborot tizimlari talablariga moslashtirishi lozim.
Bizning Respublikamiz ham mustaqillik tufayli axborotlashgan jamiyat tomon kirib bormoqda. Bu masala Prezidentimiz va hukumatimizning diqqat markazida birinchi masalalar qatorida turibdi.

Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish