PUSK→Vsyo programmы→Microsoft Office→Microsoft Office Access 2003 ga kirimiz.
Bundan so‘ng oyna xosil bo‘ladi. Oynaning yuqori menyusidan FAYL bo‘limiga kiramiz. Undan Sozdat’... buyrug‘i yoki yuqori menyuga kirmasdan turib (CTRL+N) ni bosamiz. SHunda quyidagi oyna xosil bo‘ladi.
Bu oynadan Novaya baza dannыx bo‘limi ustida sichqonchaning chap tugmasini bir marta chertamiz.
Shunda yuqoridagi oyna xosil bo‘ladi. Bu oynadan turib yangi bazaning nomi kiritiladi. Bazaning nomini masalan ombor kiritamiz. SHundan so‘ng quyidagi oyna xosil bo‘ladi. Bu oynadan Tablitsы bo‘limini tanlaymiz. Undagi Sozdanie tablitsы v rejime konstruktora bo‘limini ustida sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta chertamiz.
Shundan so‘ng quyidagi oyna xosil bo‘ladi va unga bizga kerakli bo‘lgan maydonlarni, maydon kattaliklarini kiritamiz.
Bu erdagi maydonlar quyidagilardir.
Maxsulot nomi
|
Tekstavoy
|
Maxsulot turi
|
Tekstavoy
|
O‘lchov birligi
|
Tekstavoy
|
Miqdori
|
CHislovoy
|
Narxi
|
Denejnыy
|
Keltirilgan narxi
|
Data/vremya
|
SHundan so‘ng jadvalga nom beramiz. Masalan Table.
Javdalni xosil qilib bo‘lganimizdan so‘ng Formы bo‘limiga kirib undan Sozdanie formы s pomoщ’yu mastera bo‘limining ustida sichqonchaning chap tugmasini tez ikki marta bosamiz.SHunda quyidagi oyna xosil bo‘ladi. Undan (>>) tugmani bosamiz va Dalee tugmasini bosamiz. Va xosil bo‘lgan oynalardagi Dalee tugmasini bosib boramiz. Va oxirida Gotovo tugmasini bosamiz. SHunda quyidagi oyna xosil bo‘ladi.
AIJ yaratishda birinchi o‘rinda MS ACCESS tizimiga kirib jadval yaratamiz. Jadvalning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
Jadvaldan foydalanib forma yaratib olamiz. Formaning ko‘rinishi quyidagicha.
Bu formaga mavjud ombordagi ma’lumotlarni saqlagan xolda kirib kelgan va chiqib ketgan maxsulotlar, nomi, turi, narxi va kirib kelgan, chiqib ketgan vaqti kiritiladi.
Bundan tashqari tugmalar qo‘yish mumkin. Uning uchun bosh menyuga chiqib sichqonchaning o‘ng tugmasini chertamiz. U erdan qalqib chiquvchi menyudan Panel’ elementov bo‘limini beligilaymiz. Agarda u belgilangan bo‘lsa, u holda bu paneldan Knopka konponentini tanlaymiz. Va formaning istalgan joyiga qo‘yamiz. (Eslatma: Knopkani qo‘yish uchun sichqonchaning chap tugmasini bir marta chertish kifoya). SHunda quyidagi oyna xosil bo‘ladi.
-
Bu erdagi oynada tugmaning qanday vazifa bajarilishini ko‘rsa-tish kerak bo‘ladi.
Perexodы po zapisyam
|
Nayti zapis’
|
YOzuvni qidirish
|
Pervaya zapis’
|
Birinchi yozuv
|
Poslednyaya zapis’
|
Oxirgi yozuv
|
Predыduщaya zapis’
|
Oldingi yozuv
|
Sleduyuщaya zapis’
|
Keyingi yozuv
|
Obrabotka zapisey
|
Vosstanovit’ zapis’
|
YOzuvni qayta tiklash
|
Dobavit’ zapis’
|
YOzuv qo‘shish
|
Dublirovat’ zapis’
|
YOzuvni ikkilantirish
|
Pechat’ zapis’
|
YOzuvni chop qilish
|
Soxranit’ zapis’
|
YOzuvni saqlash
|
Udalit’ zapis’
|
YOzuvni o‘chirish
|
Rabota s formoy
|
Zakrыt’ formы
|
Formani yopish
|
Otkrыt’ formы
|
Formani ochish
|
Pechat’ formы
|
Formani chop qilish
|
Prilojenie
|
Zapustit’ Excel
|
Excel ni yuklash
|
Zapustit’ Word
|
Word ni yuklash
|
Bundan tashqari formaga turla hil komponentlarni qo‘yishimiz mumkin. Panel’ elementov panelida quyidagi elementlar joylashgan.
Komponentlar nomi (ruschada)
|
Qanday ish qiladi.
|
Nadpis’
|
Sahifaning
|
Pole
|
Maydon
|
Oblast’Dannыx
|
Bir tipdagi buyruqlarni guruxlashda qo‘llaniladi
|
Pereklyuchatel’
|
Belgilash buyrug‘i
|
Flajok
|
Bayroqchali buyruq
|
PoleSoSpiskom
|
Ro‘yxatlar oynasi
|
Spisok
|
Ro‘yxatlar oynasi
|
Knopka
|
Tugma
|
Risunok
|
Rasm
|
Bundan tashqari komponentlar ham bor. Biz asosan shu komponentlardan foydalanamiz.
19-Mavzu: Grafik ob'yektlarni va ularni kompyuterda tasvirlash usullari.
Reja:
Grafik tasvirni kompyuterga kiritish qurilmalari.
Kompyuter grafikasi.
Bektorli va rastrli grafiklar.
Piksel tushunchasi.
Tayanch iboralar.
Grafik tasvir, komp’yuter grafikasi, uning turlari, vektorli va rastrli grafikalar, ularning asosiy elementlari, piksellar, rastr.
Axborotning asosiy qismini inson ko’rish a'zolari orqali oladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo’ladi. Inson tabiatining ana shu xususiyati grafik operatsion tizimlarda ishlatiladi. Ularda axborot grafik ob'ektlar: znachoklar (belgilar), oynalar va rasmlar ko’rinishida tasvirlanadi.
Operatsion tizimning barcha grafik ob'ektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi (atrof) qurilmalari ishlatiladi. Ular bilan siz 3-bobda tanishib chiqqansiz. Yeng ko’p tarqalgan qurilma — bu skanerdir. So’nggi paytda raqamli fotokameralarning ham qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparatlardan farqi shundaki, tasvir kimyoviy yo’l bilan fotoplyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasining mikrosxemalariga yozib qo’yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar ma'lumotlarni fayl sifatida egiluvchan diskka yozib qo’yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kompyuterga o’tkazish unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma-ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasmga olish yoki uni ushlab olish shart emas. Tasvirni kompyuterning o’zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik ob'ektlar va fayllarda bo’lgan nografik ob'ektlar o’rtasida bog’lanish o’rnatishni informatikada kompyuter grafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastrli grafika, vektorli grafika va fraktal grafika. Ular o’rtasidagi asosiy farq nurning displey ekrandan o’tish usulidan iborat. Yeslab qoluvchi elektron-nurli trubka (YeNT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan traektoriya bo’ylab bir marta chopib o’tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilgungacha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi — chiziqdir.
Vektorli grafika bilan ishlovchi dasturiy vositalar birinchi navbatda tasvirlarni yaratishga mo’ljallangan. Bunday vositalar reklama agentliklarida, dizaynerlik byurolarida va nashriyotlarda qo’llaniladi.
Rastrli qurilmalarda esa tasvir ularni tashkil etuvchi nuqtalar majmuasidan vujudga keladi. Bu nuqtalar piksellar (pixels) deb ataladi. Rastr — bu ekranning butun maydonini qoplovchi piksellar matritsasidir. Demak, rastrli grafikaning asosiy elementi nuqtadan iborat.
Rastrli grafika vositalari bilan tayyorlangan tasvirlar kompyuter dasturlar yordamida kamdan-kam holdagina yaratiladi. Ko’pincha ushbu maqsadda rassom tayyorlagan tasvirlar yoki rasmlar skanerlanadi. Rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo’ljallangan ko’pgina grafik muharrirlar asosan tasvirlarga ishlov berishga mo’ljallangan. Internet tizimida ko’proq rastrli tasvirlar qo’llanilmoqda.
Fraktal badiiy kompozitsiyani yaratish — bu tasvirni chizish yoki jihozlash emas, balki uni dasturlashdir, ya'ni bunda tasvirlar formulalar yordamida ko’riladi. Fraktal grafika odatda o’yin dasturlarida qo’llaniladi.
Komp’yuter grafikasi turlari.
Shaxsiy komp’yuterlardan foydalanishda eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlardan biri-bu komp’yuter grafikasidan foydala-nishdir. Bu yo‘nalishda faqatgina professional dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin. Buning uchun maxsus komp’yuter grafikasi programmalari bo‘lishi zarurdir.
Ma’lumki, har qanday korxona yoki firma o‘z faoliyatida gazeta yoki jurnalda reklama e’lonlar berishi, buklet chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. Yirik firma va kompaniyalar bunday ishlarni prfessionallar qo‘liga topshiradilar. Chegaralangan iqtisodiy byudjetga ega bo‘lgan kichik korxonalar esa bu ishni asosan o‘z imkoniyatlariga ko‘ra bajaradilar. Zamonaviy mul’timedia programmalari komp’yuter grafikasisiz ishlay olmaydilar. Ommaviy holda qo‘llaniladigan programmalar ishlab chiqarishning 90% vaqti shu programmalarni bezash uchun sarflanadi.
Komp’yuter grafikasi programmalari 3 turga bo‘linadi:
1.Rastrli grafika
2.Vektorli grafika
3. Fraktal grafika
Bu programmalar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi.
Rastr grafikasi asosan elektron va poligraf nashriyotlarda qo‘llaniladi. Rastr grafikasining asosiy elementi sifatida nuqta qabul qilingan. Agar tasvir ekranda ko‘rilsa, bu nuqta «piksel» deb aytiladi. Komp’yuterda qo‘llaniladigan operatsion tizimlarning imkonitiyaga ko‘ra, 480x640, 800x600, 1024x768 va undan ko‘proq pikselga ega bo‘lgan tasvirlar joylashuvi mumkin. Tasvirning o‘lchamiga ko‘ra uning imkoniyati ham oshib boradi. Ekranning imkoniyati parametrik bo‘lib, bir dyuymdagi nuqtalar soni bilan belgilanadi. Rastr grafikasi uchun kamdan-kam hollarda grafik programmalar yordamida qo‘lda bajarilgan tasvirlar ishlatiladi. Professional rasm yoki fotosuratni rastr grafikasida ko‘proq qo‘llash kuzatiladi. Oxirgi paytda rastr tasvirlarni ekranga kiritish uchun raqamli foto va videokameralar qo‘llanilmoqda. SHu sababli rastr grafikasini asosiy maqsadi tasvirni yaratish emas, balki mavjud tasvirni qayta ishlashdir. Ammo rastrli grafika kamchilardan ham holi emas.
Masalan,
1.Har bir tasvirni aks ettirish va kodlash uchun katta hajmdagi xotira maydonlari talab etiladi.
2. Mayda detallarni ko‘rish uchun tasvirni kattalashtirib bo‘lmaydi.
Vektorli grafika-uning tasvirni aks ettirishda asosiy elementi chiziq bo‘lib hisoblanadi. Komp’yuter xotirasida bu chiziq juda katta joy egallaydi, chunki xotirada chiziqning pa rametrlari ko‘rsatiladi yoki formula orqali beriladi. Unda sodda ob’ektlar murakkab ob’ektlarga birlashtiriladi, shu sababli vektor grafikasini ob’ektga yo‘naltirilgan grafika deb ham aytiladi. Komp’yuter xotirasida vektor grafikasi chiziqlar sifatida saqlanib turishiga qaramasdan, tasvir ekranga nuqtalar sifatida chiqariladi. Tasvirni ekranga chiqarishdan oldin har bir parametrni hisoblab chiqadi. Shu sababli vektor grafikasini hisoblanuvchi grafika deb aytiladi. Vektor grafikasi yordamida sodda turdagi bezash ishlarini olib borish mumkin.
Fraktal grafika-bu matematik tenglamalar yordamida tashkil etiladigan tasvirdir. Eng sodda fraktal ob’ekt sifatida qor uchqunlarini, yoki paporotnik bargini keltirish mumkin. Shuning uchun ham fraktal ob’ekt chizish yoki bezash asosida emas, balki programmalashtirish asosida hosil bo‘ladi. Komp’yuterda tashkil qilingan turli o‘yinlarda ham fraktal grafikasidan foydalaniladi. Fraktal grafikasi komp’yuter xotirasida saqlanib turmaydi. Har bir tasvir tenglama yoki tenglamalar sistemasi asosida quriladi. Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini o‘zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.
Sanab o‘tilgan komp’yuter grafikasi turlarini tashkil qilish va ularni boshqarish uchun bir qator programmalar ishlab chiqilgan.
Komp’yuter grafikasi programmasida ishlashda talabalarni grafika bilan ishlashga qiziqtirish lozim. Mustaqil ish sifatida aloxida, xar bir talabaga topshiriqlar ya’ni xisob-grafik ishlar tayorlash lozim. Amaliy mashgulotda talabalr o‘z varianti asosida turli grafikalar yaratishi lozim. Ma’ruza mashg‘ulotida odatda barcha asosiy tushunchalar, umumiy ma’lumotlar beriladi. Xulosa kilib aytganda, «Komp’yuter grafikachining o‘qitish uslubiyati» mavzusi juda qiziqarli mavzulardan biri va talabalar katta qiziqish bilan programmaning imkoniyatlarini o‘rganadilar. Bunda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish darsning samaradorligini oshiradi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. U.Yu. Yuildashhev, F.M. Zokirova, R.R.Boqiyev “Informatika” “O’qituvchi” Toshkent: 2002yil.
2. I.A.Karimov “Kush bilim va tafakkurda”, Toshkent: “Ma’rifat-madadkor”, 2003y
3. A.V.Mahmudov “MS Ofise Front Page 2003 dasturi yordamida web dizayn asoslari”, Toshkent, “Fan”, 2006y
4. Sh.T.Ermatov “Shaxsiy kompyuterlar: operatsion tizimlar, qurilmalar,
vositalari ”, Toshkent 2006y
5. A.Chekmarev “WINDOWS 2000 i WINDOWS server 2003 administrirovaniye serverov i domenow”, Sankt-Peterburg, “BXV- Peterburg, 2006g
6. A.S.Letin, O.S.Letina, I.E.Pashkovskiy “Kompyuternaya grafika”, Moskva: “Forum”, 2007 g
26. D.F.Mironov “Kompyuternaya grafika v dizayne”, Sankt-Peterburg, “BXV- Peterburg, 2008 g
84, 1, 82, 3, 80, 5, 78, 7, 76, 9, 74, 11, 72, 13, 70, 15, 68, 17, 66, 19, 64, 21, 62, 23, 60, 25, 58, 27, 56, 29, 54, 31, 52, 33, 50, 35, 48, 37, 46, 39, 44, 41
42, 43, 40, 45, 38, 47, 36, 49, 34, 51, 32, 53, 30, 55, 28, 57, 26, 59, 24, 61, 22, 63, 20, 65, 18, 67, 16, 69, 14, 71, 12, 73, 10, 75, 8, 77, 6, 79, 4, 81, 2, 83
Do'stlaringiz bilan baham: |