Axborot haqida tushuncha



Download 3,46 Mb.
bet51/54
Sana26.01.2022
Hajmi3,46 Mb.
#411334
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54
Bog'liq
Ma\'ruza matni (informatika)-2015 1

Nazorat savollari

1.Ma’lumotlar omborining turlarini sanab bering?

2. Sonli ma’lumotlar.

3.Mantiqiy ma’lumotlar.

4.Tizim nima?

17-Mavzu: Malumotlarni ombori boshqarishning relyatsion yondashish

muammolari

Reja.

1.Ma’lumotlarning relyatsiuon ombori.

2. O’zgaruvchi va doimiy ma’lumotlar.

3. O‘zgaruvchi ma’lumotlar.

4. Doimiy ma’lumotlar.

Tayanch iboralar: normallashtirish, o‘zgaruvchan ma’lumotlar, Rekvizitlar,


Ma’lumotlar omboriga relyatsion yondashish muammolari

Oldingi paragraflarda tanishib chiqilgan ma’lumotlar omborini yaratish xususiyatlaridan foydalanib, axborot tizimlarini tuzishga kirishamiz. Masalan, oldingi paragrafda ko‘rilgan ma’lumotlar ombori «Talabnoma» topshirig‘i bilan bog‘liq uchta jadval «Talabnoma», «Talabgorlar lug‘ati» va «Mahsulotlar lug‘ati»ni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumotlar omborini yaratuvchilar ma’lum doirada jadval tuzish va ularning sonini tanlashni amaliyotda mustaqil xal qilishadi (tizimni turli xil usullarda loyihalash mumkin). Bunda ko‘zlangan asosiy maqsad — jadvallar miqdorining mumkin qadar minimal bo‘lishi va turli holatlarni hisobga olgan holda jadvallarni normallashtirishga erishishdir.

Buning mohiyati nimada?

Ma’lumotlar omboridan unumli foydalanish uchun undagi axborotlarni izlash va ulardan foydalanish qulay bo‘lishi kerak. Aks holda ko‘zlangan maqsadga erishish o‘rniga ma’lumotlar o‘rnini topish uchun vaqt sarflashga to‘g‘ri keladi.

Ierarxik yoki tarmokli tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlarni relyatsion kurinishga o‘tkazish jarayoni normallashtirish deyiladi.

Sirtdan qaraganda bu jarayon juda sodda ko‘rinsada, uni amalga oshirish anchagina murakkab vazifadir. Normallashtirish jarayonini «Talabnoma» jadvalini yaratish misolida ko‘rib chiqamiz.

Ma’lumki, ma’lumotlar omborini yaratishda jadvalning asosiy kaliti bo‘lishi kerak. Kerakli axborot ana shu asosiy kalitga ko‘ra izlanadi. Yuqorida ko‘rsatilgan jadvalga «Talabgorniig rekvizitlari» deb ataladigan satr kiritilib, uning qiymati talabgor kodining qiymati bilan aniqlanadi. Lekin talab nomeri — jadval kalitiga bog‘liq emas. Bunday hollarda axborotning yo‘qolishi ro‘y beradi, chunki biror talabgor nomeri yo‘qotilsa, u bilan birga talabgorning rekvizitlari ham yo‘qotiladi. Yana bir muammo shundaki, bir xil rekvizitlarni o‘nlab (balki yuzlab) marta kiritish natijasida nafaqat ortiqcha ishni bajarishingiz, balki ko‘plab xatoliklarga yo‘l qo‘yishingiz mumkin.

Shuning uchun, «Talabnoma» jadvalidan «Rekvizitlar» ustunini olib, uni talabgor nomi bilan Ltaklif lug‘atiga kiritamiz.

Bu lug‘atda muayyan talabgorning rekvizitlari bir marta ko‘rsatiladi. Kelgusida bu rekvizitlar nafaqat «Talabnoma» faylida, balki talabgorning kodi bo‘lgan boshqa fayllarda ham ishlatilishi mumkin.

Etarli ko‘nikmaga ega bo‘lgan odam ma’lumotlarni normallashtirishni amalga oshira oladi. Bunda eng asosiysi, bosh kalit bilan bevosita bog‘lanmagan ustunlarni yo‘qotishdir.

Foydalanuvchilar ma’lumotlarni normallashtirishda, jadvaldagi ustunlar sonini belgilashda qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Misol tariqasida tuzilishi bo‘yicha relyatsion tizimga ega bo‘lgan xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar omborini ko‘rib chiqamiz.

7-jadval.



F.I.Sh.

Tug‘ilgan yili

Ma’lumoti

Mansabi

Maoshi

To‘ychiev T.I.

1970

Oliy

Muhandis

25150

Lafasov S.B.

1965

O‘rta

Montyor

20450

Sobirov F.M.

1980

O‘rta

Farrosh

12150
















Bu fayldagi har bir yozuv aniq ishchiga tegishli ma’lumotlardan iborat.

Ma’lumotlar omborida imkoni boricha ko‘proq ma’lumotlar berilishi lozim. Lekin ma’lumotlar turli xodimlar uchun turlicha bo‘ladi. Masalan, oldingi ish joyi, xizmat vazifasida siljishi, xizmat safarlari, ilmiy unvonlari, kasallikka chalinishi va boshqalar. Umuman olganda, satrlar sonini maksimal qilib olganda, barcha ko‘rsatilgan qismlarni jadvalga («Xodimlar» fayliga) kiritish mumkin. Masalan, biror olim 30 tacha mukofotga ega bo‘lsin. U holda «Xodimlar» ga 60 ustun kiritish kerak: SANA 1, KOD 1, SANA 2, KOD 2, ... bu erda sana — mos holda mukofot berilgan sanani, kod — mukofot kodini anglatadi. Lekin bu satr ko‘pchilik yozuvlarda bo‘sh qolib ketadi.

Obyektning har xil hajmdagi axborotga ega elementlari takrorlanadigan guruhlar deyiladi. Agar har bir takrorlanadigan guruh uchun o‘z kalitiga ega bo‘lgan alohida jadval hosil qilinsa, masalani echish osonlashadi. Masalan, uchta ustundan iborat MUKOFOT jadvalini tuzish mumkin:

8-jadval


Tabel nomeri

Takdim sanasi

Mukofot kodi

…………

………..

………

Bu jadvalda Nomer + Sana jadvalning bosh kaliti xizmatini o‘taydi

Ma’lumotlar omboriga bir vaqtning o‘zida mukofotlar nomlari va kodlari berilgan LMUKOFOT lug‘ati kiritiladi. Unda mukofotlarni quyidagicha kodlash mumkin:

01—Nobelg‘ mukofoti, 02—Beruniy mukofoti, 03—Zulfiya mukofoti, 04— Hamza mukofoti,... .

Ma’lumotlar omborini boshqarish dasturida «Xodimlar» va (LMUKOFOT ni o‘z ichiga olgan) MUKOFOT faylini birlashtirish mumkin.

dbf fayllaridagi ma’lumotlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: o‘zgaruvchan va doimiy ma’lumotlar. Bu guruhlar faqat ma’lumotlarni qayta ishlash va ularning yangilanish chastotasi bilangina bir-biridan farq qiladi.




Download 3,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish