Axborot bozor segmenti kimga tegishli?



Download 44 Kb.
bet2/3
Sana29.12.2021
Hajmi44 Kb.
#77356
1   2   3
Bog'liq
Hududiy gazetalar
ikkinchi tartibli egri chiziqlar. (1), Mustaqil ishi, Mustaqil ishi, Tarbiya to'garak hujjat
Kadrlar muammosi – ogʻriqli nuqta

Matbuotni rivojlantirish bilan bogʻliq muammolar ichida eng dolzarblaridan biri ham ana shu. Hududiy nashrlar bosh muharrirlari yoki jurnalistlarining aksariyati oʻrta yoshdan katta yoki keksalar ekanini viloyatlarda oʻtgan uchrashuvlarda koʻrdik. Buning ustiga aksariyat ijodiy xodimlarning teng yarmi, baʼzan undan ham koʻpi jurnalist emas, boshqa soha vakili yoki oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlganlardir. Mana birgina misol. Navoiy viloyatida mavjud 33 ta bosma nashrda hammasi boʻlib 197 nafar ijodiy xodim faoliyat koʻrsatadi. Ularning 28 nafari jurnalist, 43 nafari filolog, 45 nafari boshqa soha mutaxassislari, 81 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega kadrlar! Demak, ijodiy xodimlarning deyarli teng yarmi oliy maʼlumotga ega emas. 

Bunday holat boshqa viloyatlarda ham u yo ki bu darajada kuzatiladi. Binobarin, bu xodimlarning ijodiy imkoniyatini aslo kamsitmagan holda, bunday tarkib bilan gazeta mazmunida oʻzgarish yasash nihoyatda mushkul ekanini qayd etish majburmiz. 

Mamlakatimizda har yili 100 nafardan ortiq oliy maʼlumotli jurnalist kadrlar tayyorlanadi. Bu 1150 dan ortiq bosma nashr uchun juda kam, albatta. Yana OAVning boshqa turlari ham bor. Viloyatlardan oʻqish uchun kelayotgan yoshlar iloji boricha markazda qolishga intilishi allaqachon odatga aylanib boʻldi. Viloyatga qaytganlarni ham u yerdagi sharoit qoniqtirmaydi. Demak, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish uchun bu borada ham erkin raqobat muhitini yaratish zarur. 

Toʻgʻri, yangi tashkil etilgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti jurnalist kadrlar tayyorlash yoʻlida muhim qadam boʻldi. Ammo viloyatlardan hamma ham bu unversitetga kelib oʻqish imkoniyatiga ega emas. Kelganlar esa, bitirgach, qaytgisi kelmay qoladi. Binobarin, hududlarda, hech boʻlmaganda Fargʻona vodiysi, Buxoro yoki Samaraqandda, Qarshi yoki Termizda jurnalistika fakultetlari tashkil etilishini davrning oʻzi taqozo etayapti. Hozircha esa, yechim sifatida tahririyatlar qoshida mahorat maktablari faoliyatini kuchaytirish, unga sohaning yetuk tajribali mutaxassislarini koʻproq jalb qilish zarur. 

Shunday qilib, ikki oy davomida viloyatlarda boʻlib oʻtgan uchrashuvlar, oʻquv seminarlarida juda koʻp mavzular muhokama qilindi, jiddiy muammolar oʻrtaga tashlandi. Hamkasblar bildirgan fikr-mulohazalar, takliflardan barcha hududiy nashrlar faoliyatiga tegishli va kelgusida hal etilishi lozim boʻlgan quyidagi umumiy kachiliklar aniqlandi: 

- tahririyatlar mutasaddi tashkilotlarning tashkiliy-huquqiy qoʻllab-quvvatlashi va muassislarning iqtisodiy koʻmagiga muhtoj; 

- bosma nashrlar faoliyatida muassis va tarqatuvchi oʻrtasidagi munosabatlar qonuniy hal etilmayotgani; 

- aksariyat hududiy nashrlarning oʻziga xos zamonaviy qiyofasi yoʻqligi, bir-biriga oʻxshashi, gazetalar mazmunining gʻaribligi; 

- hududiy nashrlar mahalliy aholi ehtiyojlariga mos xabar va maqolalar eʼlon qilmasligi; 

- gazetalarda reklamadan foydalanish tajribasi yoʻqligi; 

- gazeta va jurnallar veb-saytlari faoliyati yaxshi yoʻlga qoʻyilmagani, internet imkoniyatlaridan foydalanmaslik; 

- axborot bozorida hududiy nashrlarning oʻrni yoʻqligi; 

- bosma nashrlarda kadrlar yetishmasligi

- tahririyatlarda mediamenejment va mediamarketing bilan bogʻliq zamonaviy boshqaruv yoʻlga qoʻyilmagani va hokazo. 

Bizning nazarimizda bu kamchiliklarni bartaraf etishda quyidagi takliflarga jiddiy eʼtibor qaratish zarur. Birinchidan, bosma nashrlar oʻz faoliyatini tubdan qayta koʻrib chiqib, boshqaruvni bozor iqtisodiyoti sharoitida mediabiznes talablari asosida yoʻlga qoʻyishi lozim. Ikkinchidan, mediamarketing, yaʼni axborot bozorini oʻrganish orqali har bir nashr oʻz auditoriyasini aniqlab olishi, ularning qiziqish va ehtiyojini turli sotsiologik usullar, intervyular, anketa soʻrovlari orqali oʻrganish va shunga mos axborot yetkazib berishi zarur. Uchinchidan, gazeta faoliyatiga qoʻshimcha resurslarni jalb qilish, aytaylik, obuna tashkil etishda turli aksiyalar (masalan, Navoiy viloyatining “Doʻstlik bayrogʻi” gazetasi aksiya eʼlon qilib, koʻp obuna boʻlganga mashina va boshqa qimmatbaho buyumlar qoʻygan, Buxoroda “Kitob olami” majmuasi kitobga qoʻshib gazetani bepul tarqatadi) va boshqa mediatexnolgiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Toʻrtinchidan, bosma nashrlar dizaynini zamon talablari asosida qayta koʻrib chiqish, mahalliy hudud hayoti haqidagi voqea-hodisalarni yoritishga, ayniqsa gazeta sahifalarida tahliliy materiallarga koʻproq joy ajratishi zarur. Beshinchidan, reklamadan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish kerak. Oltinchidan, bosma nashrlarning elektron shaklini rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar ochish, mobil ilovalarga koʻproq eʼtibor qaratish lozim. Yettinchidan, kadrlar muammosini hal etish uchun tahririyatlar qoshida mahorat maktablarini doimiy yoʻlga qoʻyish kerak. Sakkizinchidan, gazeta adabiy til meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda, xalq soʻzlashuv tiliga yaqinlashtirish (rasmiy boʻlib ketgan), boshqacha aytganda, oʻqishli qilish kerak. Toʻqqizinchidan, gazetalar sahifalarida imloviy, stilistik xatolarning oldini olish zarur. Oʻninchidan, ijodiy imkoniyatlarga qarab tahririyat xodimlarini ragʻbatlantirib borish maqsadga muvofiqdir. 

ikkinchi tartibli egri chiziqlar. (1)
Mustaqil ishi

Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot