Qanaqa taomlar bo’lgan?
Sitora: Bu, masalan, Evos lavash.
Tomaris: Sushi-yaponamama va Darxonda norin, pizza, fast food.
Sitora: Osha fast food va milliy taomlardan pizza.
Qaysi vaziyatlarda dostavka qildirasizlar?
Tomaris: Ekstrenniy holatlarda, uyga mehmon kelib qoganda.
Sitora: Nastroeniyam bo’lmaganda ham, ovqat qilgim kemidi shuning uchun dostavka qilaman.
Alisher: Man umuman dostavka qimaganman va istamiman.
Nimaga?
Alisher: Baribir uyda qilib yeganga yetmaydi.
Shu bilan umuman foydalanmiman demoqchimisiz?
Alisher: Xa yoq, zarur bo’lsa foydalanishim mumkin. Man nima uchun foydalanmiman, chunki bizlar borib yeishni yaxshi ko’ramiz. 12-1 gacha qolib ketamiz. Joyida boshqacha.
Aziz: Karantin vaqtida 1-2 marta lavash zakaz qildik. Oddiy paytlarda borib otirib yeb kelamiz.
Mahsulotlarni kim zakaz qilgan?
Xusnora: Bizlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |