Avzu. Matematik statistikaning predmeti va asosiy masalalari. Tanlanma



Download 424,22 Kb.
bet1/5
Sana18.07.2022
Hajmi424,22 Kb.
#821314
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Tanlanma metodi.. Poligon va gistogramma


Mavzu. Matematik statistikaning predmeti va asosiy masalalari. Tanlanma.
Matematik statistikani qo’llashdan asosiy maqsad ommaviy hodisalar va jarayonlar haqida ularni kuzatish yoki eksperimentlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida xulosalar hosil qilishdan iborat. Bu statistik xulosalar alohida tajribalarga tegishli bo’lmasdan, balki tadqiq qilinayotgan hodisani keltirib chiqaruvchi shart–sharoitlarning doimiy ekanligi farazidagi shu hodisaning umumiy tavsiflari (ehtimolliklari, taqsimot qonunlari va ularning parametrlari, matematik kutilmalari va h.k.) haqidagi da’volardan iborat.
Ommaviy tasodifiy hodisalar bo’ysunadigan qonuniyatlarni aniqlash statistik ma’lumotlarni – kuzatish natijalarini ehtimollar nazariyasi uslublari bilan o’rganishga asoslanadi.
Matematik statistikaning birinchi vazifasi (masalasi) – kuzatishlar yoki maxsus o’tkazilgan eksperimentlar natijasida olingan statistik ma’lumotlarni to’plash va guruhlash usullarini ko’rsatish.
Matematik statistikaning ikkinchi vazifasi (masalasi):
a) hodisaning noma’lum ehtimolligini baholash; noma’lum taqsimot funktsiyasini baholash; ko’rinishi ma’lum bo’lgan taqsimotning parametrlarini baholash; tasodifiy miqdorning boshqa bitta yoki bir nechta tasodifiy miqdorlarga bog’liqligini baholash va h.k.;
b) noma’lum taqsimotning ko’rinishi haqidagi yoki ko’rinishi ma’lum bo’lgan taqsimot parametrlarining kattaligi haqidagi statistik gipotezalarni tekshirish kabi tadqiqot maqsadlariga bog’liq ravishda statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Demak, matematik statistikaning predmeti ilmiy va amaliy xulosalar hosil qilish maqsadida statistik ma’lumotlarni to’plash va qayta ishlash usullarini yaratishdan iborat.
Matematik statistika ehtimollar nazariyasiga tayanadi va uning maqsadi — bosh to’plam tavsiflarini tanlanma ma’lumotlari asosida baholash.
Agar bir jinsli ob’ektlar to’plamini bu ob’ektlarni tavsiflovchi biror belgiga nisbatan o’rganish talab etilsa, u holda yalpi tekshirish o’tkazish, ya’ni to’plamning har bir ob’ektini ushbu belgiga nisbatan tekshirish tabiiy bo’ladi. Biroq, amalda, yalpi tekshirishni o’tkazish u yoki bu sabablarga ko’ra ko’pincha mumkin bo’lmaydi. Bunday hollarda butun to’plamdan chekli sondagi ob’ektlar tasodifiy ravishda tanlanadi va ular o’rganiladi.
Tanlanma to’plam, yoki oddiy qilib, tanlanma deb tasodifiy ravishda tanlab olingan ob’ektlar to’plamiga aytiladi. Bosh to’plam deb tanlanma ajratiladigan ob’ektlar to’plamiga aytiladi. Masalan, agar Soliq akademiyasining barcha talabalari bosh to’plam bo’lsa, u holda biror guruh talabalari tanlanma to’plam bo’ladi.
To’plam (tanlanma yoki bosh to’plam)ning hajmi deb bu to’plamdagi ob’ektlar soniga aytiladi. Masalan, agar 1000 ta detaldan tekshiruv uchun 100 ta detal tanlab olingan bo’lsa, u holda bosh to’plam hajmi , tanlanma hajmi esa bo’ladi.
Tanlanmani tuzishda ikki xil yo’l tutish mumkin: ob’ekt tanlanib, uning ustida kuzatish o’tkazilganidan so’ng, u bosh to’plamga qaytarilish yoki qaytarilmasligi mumkin. Shunga bog’liq ravishda tanlamalar takror va notakror tanlamalarga ajratiladi.
Takror tanlanma deb shunday tanlanmaga aytiladiki, bunda tanlab olingan ob’ekt (keyingisini olishdan oldin) bosh to’plamga qaytariladi. Notakror tanlanma deb tanlab olingan ob’ekt yana bosh to’plamga qaytarilmaydigan tanlanmaga aytiladi.
Tanlanmadagi ma’lumotlar bo’yicha bosh to’plamning bizni qiziqtirayotgan belgisi haqida etarlicha ishonch bilan fikr yuritish uchun tanlanmaning ob’ektlari uni to’g’ri tavsiflashi zarur. Boshqacha aytganda, tanlanma bosh to’plamning mutanosibliklarini to’g’ri tavsiflashi kerak, ya’ni tanlanma reprezentativ (to’laqonli tavsiflovchi) bo’lishi lozim.
Agar bosh to’plam barcha ob’ektlarining tanlanmaga tushish ehtimolliklari bir xil degan farazda tanlanmaning har bir ob’ekti bosh to’plamdan tasodifiy ravishda tanlangan bo’lsa, u holda katta sonlar qonuniga asosan tanlanma reprezentativ bo’ladi deb ta’kidlash mumkin.
Agar bosh to’plamning hajmi etarlicha katta bo’lib, tanlanma esa bu to’plamning uncha katta bo’lmagan qismini tashkil qilsa, u holda takror va notakror tanlanmalar orasidagi farq yo’qolib boradi; cheksiz bosh to’plam qaralib, tanlanma chekli hajmga ega bo’lgan limit holda bu farq yo’qoladi.
Amaliyotda tanlashning turli usullari qo’llaniladi. Bosh to’plamni qismlarga ajratishni talab qilmaydigan tanlash mavjud, masalan, oddiy qaytarilmaydigan tasodifiy tanlash va oddiy qaytariladigan tasodifiy tanlash, shuningdek, bosh to’plam qismlarga ajratilgandan keyin amalga oshiriladigan tanlash (tipik tanlash, mexanik tanlash, seriyali tanlash) ham qo’llaniladi.
Butun bosh to’plamdan ob’ektlar bittalab olinadigan tanlash oddiy tasodifiy tanlash deb ataladi. Agar tanlangan ob’ektlar keyingi tanlovda qatnashishi uchun bosh to’plamga qaytarilsa, bunday tanlash oddiy qaytariladigan tasodifiy tanlash, aks holda esa oddiy qaytarilmaydigan tasodifiy tanlash bo’ladi. Masalan, agar biror hudud bo’yicha o’rtacha oylik ish haqini aniqlash talab etilgan bo’lsa, oddiy qaytarilmaydigan tasodifiy tanlash qo’llaniladi, chunki ayni bir odamning ish haqi faqat bir marta hisobga olinadi. Agar biror tumandagi turli komissiyalarning jinsi, yoshi, ijtimoiy holati, ma’lumoti bo’yicha tarkibini aniqlash talab etilgan bo’lsa, tanlash oddiy qaytariladigan tasodifiy tanlash bo’ladi, chunki ayni bir odam har xil komissiyalarda ishtirok etishi mumkin, binobarin, tanlanmaga bir necha marta tushishi mumkin.
Ob’ektlar butun bosh to’plamdan emas, balki uning har bir tipga tegishli qismlaridan olinsa, bunday tanlash tipik tanlash deb ataladi. Masalan, agar detallar bir nechta stanokda tayyorlanayotgan bo’lsa, u holda tanlash hamma stanoklarda tayyorlangan barcha detallar to’plamidan emas, balki har bir stanok mahsulotidan alohida amalga oshiriladi. Tipik tanlashdan tekshirilayotgan belgi bosh to’plamning turli tiplarga tegishli qismla–rida sezilarli darajada o’zgarib turganda foydalaniladi.
Bosh to’plam tanlanmaga nechta ob’ekt kirishi lozim bo’lsa, kattaligi taxminan bir xil bo’lgan shuncha gruppaga mexanik ravishda ajratilib, har bir gruppadan esa ayni bitta nomerli ob’ekt tanlansa, bunday tanlash mexanik tanlash deb ataladi. Masalan, agar stanokda tayyorlangan detallarning 20% ini tanlab olish lozim bo’lsa, u holda har beshinchi detal tanlanadi; agar detallarning 5% ini tanlab olish talab etilgan bo’lsa, u holda har yigirmanchi detal tanlanadi va h.k. Mexanik tanlash ba’zan tanlanmaning reprezentativligini ta’minlamasligi mumkin.

Download 424,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish