Masala yechish namunalari
1 - masala. C5H10 empirik formulaga alkenlarning qancha izomerlari muvofiq kelishi
mumkin? Bu izomerlarning struktura formulalarini yozing va ularning
nomini xalqaro va rasional nomenklatura bo’yicha nomlang.
Yechish. C5H10 formulaga muvofiq keladigan alkenlarning asosiy zanjirda beshtadan
uglerod atomlari bor, ikkita izomeri bo‘lishi mumkin:
1 2 3 4 5
CH2=CH-CH2- CH2 –CH3; CH3-CH=CH- CH2- CH3
Penten-1 Penten- 2
Propiletilen Metiletiletilen
Shuningdek, yana asosiy zanjirida to‘rttadan uglerod atomlari bo’lganda uchta izomeri bor. Shunday qilib, C5H10 formulaga beshta alken izomeri muvofiq keladi.
2 - masala. 5,2 g etilen qatori uglevodorodi bilan 32 g brom reaksiyaga kirishadi.
Uglevodorodning molekulyar massasini aniqlang.
5,2 32 g
Yechish. CnH2n + Br CnH2nBr2 32 : 5,2 = 160 : Mr
Mr 160
5,2 × 160
Mr = -------------- = 26 yoki Mr = 26 g /mol
32
3 - masala. Propilenning sulfat kislota bilan reaksiya tenglamasini yozing va
mahsulotni nomlang.
Yechish.
H3C – CH = CH2 + HOSO3H H3C – CH – CH3
|
OSO3H izopropilsufat kislota
4 - masala. C5H8 empirik formulaga alkinlarning qancha izomerlari muvofiq kelishi
mumkin? Bu izomerlarning struktura formulalarini yozing va ularning
nomini xalqaro va rasional nomenklatura bo’yicha nomlang.
Yechish. C5H8 formulaga muvofiq keladigan alkinlarning asosiy zanjirida beshtadan
uglerod atomlari bor ikkita izomeri bo‘lishi mumkin:
1. HC C – CH2 – CH2 – CH3 2. H3C – C C – CH2 – CH3
pentin-1 pentin-2
propilasetilen metiletilasetilen
5 - masala. 1 kg kalsiy karbid suvda eritilganda (n.sh.da) 280 l asetilen ajralib
chiqadi. CaC2 ni texnikaviy karbiddagi massa ulushining foizini aniqlang.
Yechish. 1) avval 280 l asetilen chiqaradigan CaC2 massasi aniqlanadi:
x 280 l
CaC2 + 2H2O ® C2H2 + 2Ca(OH)2
64 kg 22,4 l
yoki 22,4 : 64 = 280 : x
64 × 280
x = -------------- = 800 g
22,4
2) CaC2 ning foiz bo’yicha massa ulushi:
1 kg yoki 1000g :100 % = 800 g : x1;
100 × 800
x1 = ------------- = 80 %
1000
6 - masala. 6,4 g kalsiy karbiddan (n.sh da) 2 l asetilen hosil bo’ladi. Mahsulotning
chiqish unumi nazariy jihatdan olganda necha foizni tashkil etadi?
Yechish. CaC2 + 2 H2O ® Ca(OH)2 + C2H2
64 g ----------- 22,4 l
6,4 g ---------- x l yoki
64 : 22,4 = 6,4 : x
22,4 × 6,4
x1 = ---------------- = 2,24 l : 100 % = 2,0 : x1
64
2× 100 200 25
x1 = ------------- = ------ = ------- = 89,3 %
2,24 2,24 0,28
7 - masala. Uch bog tutgan C5H8 formulaga to’g’ri keluvchi barcha izomerlarning
struktura formulasini yozing va xalqaro nomenklaturada nomlang.
HC C – CH2 – C H2 – C H3 pentin-1
H3C – C C – CH2 – CH3 pentin-2
Do'stlaringiz bilan baham: |