Avzu: Alisher Navoiy



Download 102,89 Kb.
bet3/3
Sana02.01.2022
Hajmi102,89 Kb.
#307014
1   2   3
Bog'liq
a navoij

Alisher Navoiy

Alisher Navoiy




Shoir




Mutafakkir





Olim



Bunyodkor

Ilm-fan homiysi

Davlat arbobi

1 – mashq . Matnni o’qing . Ajratib ko’rsatilgan so’zlarni o’zi bog’langan so’zlar bilan ko’chirib yozing .



Buyuk mutafakkir

O’zbek xalqi ma’naviy dunyosining shakllanishiga g’oyat kuchli va samarali ta’sir ko’rsatgan ulug’ zotlardan biri – bu Alisher Navoiy bobomizdir . Alisher Navoiy milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi , millatimizning g’ururi , , sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lmas so’z san’atkoridir . Olamda turkiy yoki forsiy tilde so’zlovchi biror- bir inson yo’qki u Navoiyni bilmasa , Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa . Agar bu ulug’ zotni avliyo desak , u avliyolarning avliyosi , mutafakkir desak , mutafakkirlarning mutafakkiri , shoir desak , shoirlarning sultonidir .

3 .Grammatik qoida bayoni

Narsa – buyumning belgisini bildirgan fe’l shakli sifatdosh deb ataladi . Sifatdoshlar –gan qo’shimchasi bilan hosil qilinadi va sifat kabi otga bog’lanib , uning belgisini bildirib keladi . Masalan : o’qilgan kitob , kelgan mehmon .

Sifatdoshlar uzoq o’tgan zamon fe’li bilan shakldosh bo’lib , ular quyidagicha qo’llanadi :

O’quvchi nima qilgan? - O’quvchi –yozgan, o’qigan, javob bergan, kelgan

Nima qilgan o’quvchi? – Yozgan o’quvchi, o’qigan o’quvchi, javob bergan o’quvchi, dam olgan o’quvchi, kelgan o’quvchi -gan qo’shimchasi k tovushi bilan tugagan fe’llarga –kan shaklida , q tovushi bilan tugagan fe’llarga –qan shaklida qo’shiladi . Masalan : Masalan : o’qib chiqqan kitob , kechikkan mehmon .

Sifatdoshlarning bo’lishsiz shakli –ma qo’shimchasi vositasida hosil qilinadi . Masalan : kelmagan bolalar , o’tilmagan mavzu kabi .

4 .Grammatik ma’lumotni mustahkamlash.

4 – mashq . Nuqtalar o’rniga foydalanish uchun berilgan fe’llardan mosini qo’yib yozing .

Badiiy adabiyotni sevgan G’iyosiddin uyida tez – tez she’rxonlik kechalarini o’tkazib turgan . Bunday badiiy muhit Alisherning yetuk shoir va katta olim bo’lishiga sabab bo’lgan . Ko’p o’tmay Alisher she’rlar yoza boshlagan . O’z iste’dodi bilan Lutfiy, Sharafuddin Ali Yazdiy kabi zamondoshlari e’tiborini qozongan . Alisher ilm olishni o’zining asosiy mashg’uloti deb bilgan . Bolaligida Fariddin Attorning “Mantiqut-tayr” asarini sevib o’qigan . Alisher oradan yarim asrlik muddat o’tgach , “Lison ut –tayr” dostonini yaratgan .

3 – topshiriq . Sherni o’qing va mazmunini so’zlab bering .

QUSH TILI

Qushlar , dedim , ketmang uzoq ,

Men qo’ymayman sizga tuzoq .

Kaklik , to’ti , bedana ,

Sepay tariq sedana .

Totuv inoq bo’lgim kelar ,

Tilingizni bilgim kelar ,

Bu bola tantiq demang ,

Ya’ni bemantiq demang .

Ko’nglingizni tuting to’q ,

Qafasga solmayman yo’q .

Tantiqligim emas bu ,

Munaqa o’ylamang xom .

Tilingiz bilarkan –ku ,

Axir Alisher bobom .

Bobomday bo’lsam deyman ,

Qush tilin bilsam deyman .

(Mirtemir)



Har uchala guruh uchun boshqotirmalar taqdim etiladi. To’g’ri va tez bajarilgan ishlar uchun guruhlar rag’batlantirib boriladi.


S































I































F































A




























T































D

























O































SH






























Navosoz” guruhi

1.So’z turkumi.

2. Tartib-…

3.Navoiyning forsiydagi taxallusi

4.Samarqandning qadimiy nomi

5. “Lison ut-…”

6. Ilmli, dono kishi

7. Aqlli


8. She’r yozuvchi



S




























I




























F




























A




























T




























D




























O




























SH



























“Navobaxsh” guruhi

1.”…Iskandariy”

2. Dur, marjon

3. … Attor

4. Ibn Sino tug’ilgan qishloq

5. Maktabda beriladi

6. “Xamsa” yozgan shoirlardan biri

7. Tasanno

8. … Ali Yazdiy
“Dilnavo” guruhi


S
















I
















F
















A
















T
















D
















O
















SH
















1.”Sab’ayi …”

2. Ijodiy yozma ish

3. Alisher Navoiy tug’ilgan oy

4.Sharafiddin … Yazdiy

5. “Mantiq ut-…

6.She’rlar to’plami

7.”Navoiy” romani muallifi

8. Shoir ijodi mahsuli

2- topshiriq . Alisher Navoiyning hikmatlarini o’qing va mazmunini

t
Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz .
ushuntiring .



Insonni so’z ayladi judo hayvondin ,

Bilkim guhari sharifroq yo’q ondin .



Tiling birla ko’nglingni bir tut .

Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz.



Befoyda so’zni ko’p aytma ,

Foydali so’zni ko’p eshiturdin qaytma .

O`z-o`z o`rganib dono bo`lur,

Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur.



Yigitlikda yig` limning mag`zini,

Qarilik chog`ida xarj qilg`il ani.

Odamiy ersang, demagil odami

Onikim, yo`q xalq g`amidin g`ami…



Haq yo`linda kim senga bir harf o`qitmish ranj ila,

Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Alisher Navoiy hikmatli so’zlarining ikkinchi qismini topib yozing .

Bilmaganni so’rab o’rgangan olim , Orlanib so’ramagan o’ziga zolim .

Yoshligingda ol ilmning mahzanin , Qarilik chog’i sarf qilg’il oni .

Sihat tilasang kam ye , Izzat tilasang kam ye .

Hunarni asrabon netkumdir oxir , Olib tuproqqamu ketgumdir oxir .

Guruhlarga berilgan mavzular yuzasidan tarmoqlash vazifasi yuklatiladi.


Alisher Navoiy - shoir






Alisher Navoiy - mutafakkir




Alisher Navoiy - olim


5 . Nutqiy mavzuni mustahkamlash . “Buyuk tarixchi bilan uchrashuv” sahna ko’rinishi sifatida namoyish etiladi.

Xonaqoh hujralaridan birining oldidagi supachada bir nuroniy mo’ysafid o’tiribdi. Uning oldidagi mo’jaz xontaxtada bir choynak-piyola, ikki-uch kitob turibdi. U piyoladagi choydan bir-ikki ho’plab, tizzasidagi kitobni o’qishga tutindi. Shu payt ko’chadan bolalarning shovqini eshitildi. Mo’ysafid horg’in ko’zlarini kitobdan olib, ko’chaga boqdi. Ularni yoniga chaqirdi:

-Qani, bolalarim, bu yoqqa kelinglar-chi.

Bolalar notanish kishining ovozini eshitib, qochib ketishdi. Faqat besh-olti yoshlardagi bola qoldi, xolos. U chopqillab kelib, qo’llarini ko’ksiga qo’yib salom berdi.

-O’g’lim, oting nadur?

-Alisher.

-Maktabga qatnaysanmi?

-Qatnayman.

-Borakallo! Men chaqirganimda o’rtoqlaring qochib ketdi. Sen esa huzurimga kelding. So’roqlarimga yaxshi javob qilding. Buning uchun senga rahmat. Umring uzoq, boshing omon bo’lsin. Fozil bo’lib, yaxshi obro’ga erishgaysan.

-Rahmat, bobo.

Mo’ysafid bilan suhbat qilayotganini bolalar aytgan bo’lsa kerak, Alisherning otasi G’iyosiddin yetib keldi.

-Assalomu alaykum, taqsir. Sog’-salomatmisiz?

-Ajoyib o’g’lingiz bor ekan. Ko’p zukko ko’rinadur.

-Rahmat, taqsir.

Shundan so’ng ota-bola mo’ysafid bilan xayrlashib, karvonsaroy tomon ravona bo’ldilar.

-Otajon, bu kishini taniysizmi?

-Bu kishi mashhur olim, tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiy bo’ladilar!

U o’g’liga olimning xizmatlari haqida so’zlab berdi.

Bu uchrashuv 1447-yilda Taft shahrida bo’lgan edi.

6 .Darsni yakunlash . Mavzu yuzasidan o’quvchilarning fikri tinglanadi . Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi .



Uyga vazifa : “Buyuk tarixchi bilan uchrashuv” matni yuzasidan berilgan savollarga yozma javob yozib kelish , lug’at so’zlarni yozib , yod olib kelish .
Download 102,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish