Islom Karimov
2 . Yangi mavzu bayoni .
1-o’quvchi: - O`zbekistonRespublikasi 1991-yilda Mustaqillikka erishdi.
2-o`quvchi: - 1991-yil “Alisher Navoiy yili” deb e`lon qilindi.
Shu o`rinda videoproyektorda AlisherNavoiy siymosi namoyish etiladi. Barcha o`quvchilar hazrat siymosiga hurmat ko`rsatib o`rinlaridan turadilar va jo`rlikda quyidagi satrlar o`qitiladi:
Turk nazmida chu men tortib alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
O`qituvchi tomonidan tayyorlab kelingan ma`lumotlar slayd ko`rinishida navbatma-navbat ko`rsatiladi va tushuntirib boriladi:
-Alisher Navoiy 1441-yilda 9-fevralda Hirotda tug`ilgan.
-Alisher Navoiyning otasi G`iyosiddin Kichkina, onasi Said Changning qizi Halimabonu bo`lgan.
-Alisher Navoiyning tarbiyasiga tog`alari Kobuliy va G`aribiylar mas`ul bo`lishgan. Shoirning ustozlari Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Nizomiy Ganjaviylardir.
-Alisher Navoiy bolaligidayoq Farididdin Attorning “Mantiqut-tayr”, ya`ni “Qush tili” asarini yod bilgan.
-So`z mulkining sultoni “zullisonayn”, ya`ni ikki tilde ijod qilgan shoir hisoblangan. U forsiy tilda “Foniy” va turkiy tilda“Navoiy” taxalluslarida ijod qilgan.
-Shoir 1483-1485-yillar oralig`ida mashhur “Xamsa” asarini yaratadi.
-“Xamsa” beshlik degan ma`noni anglatadi. U “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab`ayi sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlaridan iborat.
O’zbek adabiy tilining asoschisi buyuk mutafakkir Alisher Navoiy 1441 – yil 9- fevralda Hirot shahrida tug’ilgan . Ilmni juda qadrlagan Alisherning otasi G’iyosiddin o’g’liningtarbiyasiga katta ahamiyat bergan . Bolaligidan juda aqlli bo’lgan Alisher adabiyotni sevib o’rgangan va 10 -12 yoshlaridayoq she’rlar yoza boshlagan . Navoiy “Xamsa” ,“Muhokamat ul – lug’atayn” , “Xazoyin ul –maoniy” kabi asarlari , minglab g’azal , ruboiylari bilan jahonga dovrug’ taratgan . Dunyodagi eng sermahsul ijodkorlardan biri hisoblangan Alisher Navoiy so’z mulkining sultoni degan nomga sazovor bo’lgan . Alisher Navoiy 1501 – yil 3 – yanvarda vafot etgan .
Navoiy hayoti va ijodi haqida tushuncha berilgach o’quvchilar diqqati darslikdagi Navoiy haykali rasmiga qaratiladi . Shoir Po’lat Mo’minning “Haykal” she’ri o’qitiladi . raqsm va she’r mazmuni asosida suhbat tashkil qilinadi . Suhbat jarayonidan kelib chiqib , “Klaster” tuziladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |