Avvalambor Assalomu aleykum konferentsiyamiz ishtirokchilari



Download 17,91 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2023
Hajmi17,91 Kb.
#951739
  1   2
Bog'liq
Angola


Avvalambor Assalomu aleykum konferentsiyamiz ishtirokchilari.
Bugun Angola davlati taraqqiyoti dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida, muammolar yechimlari haqida so'z yuritamiz.





Afrikaning Janubiy-g’arbidagi davlat. Atlantika okeani sohilida joylashgan. Ma’muriy jihatdan 18 viloyatga bo’lingan. Maydoni 1246,7 ming kilometr kvadrat, aholisi 11,5 million kishidan ortiq(1999). Poytaxti — Luanda shahri.



Davlat tuzumi. Angola - respublika. 1975 yilda qabul qilingan va 1991 yilda tuzatishlar kiritilgan Konstitusiyaga binoan Angola demokratik, huquqiy davlat, asosiy maqsadi — tinchlik, adolat va ijtimoiy taraqqiyot asosida erkin demokratik jamiyat qurishdan iborat. Davlat boshlig’i — 5 yil muddatga saylanadigan prezident. U yana uch muddatga qayta saylanish huquqiga ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — 220 deputatdan iborat Milliy Assambleya. Ijrochi hokimiyat bosh vazir boshchiligidagi hukumatdir. Uning tarkibini prezident tayinlaydi va Milliy Assambleya tasdiqlaydi. Tabiati. Angola hududining ko’p qismi 1000 — 1500 metr balandliqdagi yassi tog’lardan iborat. G’arbdagi Biye tog’ havzasining eng baland nuqtasi — 2610 metrli Moko cho’qqisi. Atlantika okeani sohili bo’ylab torgina dengiz bo’yi pasttekisligi yastanib yotadi. Iqlimi tropik, qishda issiq, quruq, yozda nam. Eng issiq oydagi o’rtacha harorat 21 dan 29° gacha, eng sovuq oyda 15 dan 22° gacha. Mamlakat ichkarisida yog’ingarchilik 500 — 1500 millimetr, sohilda 50 — 500 millimetr. Eng katta daryolari: Kvanza, Kunene, Kubango va Kongoning irmoqlari — Kasai, Kvango. millimetr hududining bir qismidan Zambezi daryosi oqib o’tadi.



Daryolari ko’p ostonali, gidroenergiya zaxiralari katta. O’simliklari yilning quruq faslida barg tashlaydigan savanna tipli va tropik o’rmonlardan iborat. Milliy bog’lari: Portu-Aleshandri, Kameya, Kisama, Muna. Aholisi. Aholining 96% ga yaqini bantu til oilasi xalqlari: Mbundu, Kongo, ovimbundu, Lugazi va boshqalarga mansub. Portugallar ham yashaydi. Rasmiy tili — portugal tili. Aholining 90% mahalliy an’anaviy dinga e’tiqod qiladi; qolganlari — katoliklar.



Aholining o’rtacha zichligi -1 kilometr kvadratga salkam 5 kishi. Aholining 28% shaharlarda yashaydi. Eng katta shaharlari: Luanda, Lobitu, Uambo. Tarixi. Angola hududida 14 – asrdan Kongo davlati, 15 – asrdan Ndongo, Lundo, Bengela, 17 – asrdan Matamba va Kasanje davlatlari mavjud bo’lgan. 1482 yilda Angolada portugallar paydo bo’ldi. 16 – asrda ular qal’alar, shu jumladan San-Paulu-diluanda qal’asini (1576) barpo etdilar; bu qal’a kelgusida mamlakatni mustamlakaga aylantirish markazi bo’ldi. 17- asrda Ndongo va Matamba davlatlarining ayol hukmdori zinga Mbandi Ngola portugal bosqinchilariga qarshilik ko’rsatish kurashiga boshchilik qildi.



Uning vafotidan keyin Ndongo davlati portugal mustamlakachilarining zarbalari ostida parchalanib ketdi. Lundo davlati 19 – asr oxirigacha mustaqilligini saqlab qoldi. Amalda Portugaliya Angolaning butun hududini 20 – asrning 20 – yillari boshlaridagina egallab oldi. 19 – asr o’rtalarigacha Angolada qul savdosi davom etdi (300 yil mobaynida Angoladan salkam 5 million kishi olib ketildi). 1885 — 99 yillarda Portugaliya, Belgiya, Germaniya va Bukj Britaniya o’rtasida hozirgi Angola chegarasini belgilovchi bitimlar tuzildi. 1951 yilgacha Angola Portugaliyaning mustamlakasi maqomida bo’ldi. 1951 yilda Portugaliyaning “Dengiz orti viloyati” deb e’lon qilindi. Angola xalqi bosqinchilarga qarshi doimo kurashib keldi. 1961 yil Angolada boshlangan qurolli qo’zg’olon keyinchalik mustamlakachilarga qarshi umumxalq kurashiga aylanib ketdi.



Unga uch siyosiy kuch: MPLA (Angola ozodligi xalq harakati), Unita (Angolaning to’la mustaqilligi uchun milliy ittifoq) va FNLA (Angola ozodligi milliy fronti) boshchilik qildi. 70 – yillarga kelib bu tashkilotlar mamlakat sharqidagi va Janubiy-sharqidagi anchagina joylarni ozod qilishga erishdi. 1974 yilda Portugaliyadagi fashistlar diktaturasi ag’darib tashlangach, demokratik hukumat Angola xalqining mustaqillikka bo’lgan huquqini tan oldi. 1975 yilda tuzilgan o’tish hukumatiga MPLA, unita, FNLA vakillari kirdi. Biroq guruhlar o’rtasidagi ixtiloflar natijasida hukumatning faoliyati to’xtab, mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Unita Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)ning madadi bilan MPLAga qarshi kurashdi. MPLA esa Kubadan yordam so’radi. 1988 yil mayda Angola, Kuba, JAR va AQSh o’rtasidagi muzokara yakunida imzolangan bitimga binoan Angoladan JAR va Kuba qo’shinlari olib ketildi.



Xalqaro hamjamiyatning kuch-g’ayratlari tufayli 1991 yil 31 mayda MPLA hukumati va unita vakillari imzolagan hujjatlarga binoan 1992 yil 29 — 30 sentabr kunlari Angolada BMT vakillari kuzatuvida parlament va prezident saylovlari bo’lib o’tdi. Yangilangan Konstitusiya (1991 yil mart) ko’p partiyali demokratiya qoidasini mustahkamladi; 30 dan ortiqroq partiya ro’yxatga olindi. Angola 1976 yildan BMT a’zosi.




Download 17,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish