1-tur 1-variant. “Avtoturistik mexmonxona - motel ” mavzusida
DASTURI VA TOPSHIRIGI (MAKSIMAL – 100 BALL)
Umumiy ma’lumotlar:
Keyingi yillarda Respublikamizga kelib ketuvchi turistlar oqimi ko’payib bormoqda.
Shu munosabat bilan "‘Avtoturistlar uchun kichik mexmonxonalar - motel” tipi ayni dolzarb ob’ektlardan bo’lib, 25 o’ringa mo’ljallangan.
Oddiy mexmonxonalardan farqi shundaki, motellar kam qavatli, bir - biridan ajratilgan xolda kichik xonali - 1 va 2 o’rinli qilib, ayrim xollarda kichik oilaga xam mo’ljallangan bo’lib, bevosita ular yaqinida avtomobillar turish joylari xam ko’zda tutilgan. Motellarda turar joyning tarkibida mo’jazgina oshxonasi, sanuzel, vanna yoki dushxona bo’lishi shart.
Motellarni aloxida pavilon ko’rinishida, bloklashtirilgan xolda - bir qavatlik, ikki qavatlik xolda loyixalash mumkin.
Qanday xolda loyixalashdan qatiy nazar, avtomashinalar turish joyi bino ostida, yonida yoki oldida bo’lishi mumkin.
Xonalarni bir qator bloklashtirishda sanitar uzellari xonaga kiraverish tarafdan, ya’ni avtoturar joyi yotoq qismidan ajratgan xolda yoki xonalar orasida bo’lib, ularga shlyuz orqali kirish mumkin bo’lgan xolatda qilib joylashtirish xam mumkin.
Sanitariya uzellari xonalar ichkarisida joylashganligi ancha iqtisodiy tejamkorlikka ega bo’ladi. Motellarni loyixalashda turar joy xonasining avtomobillar turish joyi bilan bog’lanishi katta axamiyatga ega.
Boshqa bir xolatda ikki qavatli motellarning ikki qavatli turar joy xonalari ostiga joylashtirishda, bunda xonalar derazasidan tashqarining ko’rinishi, yaxshilanadi va qurilish maydonidan tejamkorlik bilan foydalanishni ta’minlaydi.
Arxitekturaviy – rejaviy, tarxiy – fazoviy yechimlari
1 - 2 kishilik motel quyidagi xonalardan iborat:
vestibyul-kirish - 4m ;
sanuzel - 3m2;
dush yoki vannaxona - 3-4m2;
uxlash xonasi 1 yoki 2 xonali – 10-15m2;
oshxona - 4-5m2;
balkon –
avtomobil turish joyi (1 mashina uchun 18-20m2)
Eslatma: barcha xonalar xajmi 5-10% o’zgartirilishi mumkin.
perspektiva.
Barcha grafik materiallar (chizmalar) bitta 55x75 sm lik planshetda bajariladi, ko’ndalang va bo’ylama o’lchamlar ko’rsatilgan xolda, xoxlagan grafik vositalar yordamida badiiy bezatilishi kerak.
Fasad - panorama (umumiy ko’rinishga) anturaj (tabiiy manzara, daraxt va maysazor) bilan ifoda etiladi.
Tushuntirish xati qo’lyozma shaklida bo’lishi kerak. Loyixani bajarish uchun 5 akademik soat vaqt ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |